Muradova Malika Saidaxrorovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Curunkali buyrak kasalligida asab tizimi zararlanishining klinik-patogenetik mexanizmlarini o‘rganish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3558.
Ilmiy rahbar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Mirxotam Mirxoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aliqulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi III-IV bosqichlarida nevrologik patologiya rivojlanishining klinik va patogenetik mexanizmlarini aniqlash va davolashni optimillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligining III–IV bosqichlarida periferik va markaziy nevrologik buzilishlar spektri tizimlashtirilib, ularning kasallik og‘irligi va diabetik etiologiyaga bog‘liq holda progressiyalanishi asoslangan;
psixonevrologik defisit va qonning spesifik biomarkerlari (NGF, HIF-1α, VEGF, angiotenzin) hamda elektrolitlar disbalansi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar va surunkali buyrak kasalligi diabetik va nodiabetik guruhlar uchun farqlanuvchi klinik-laborator profillar shakllantirilgani asoslangan;
monosialotetrageksozilgliozid preparatini qo‘llash asosidagi kompleks terapiyaning kognitiv funksiyalar va nerv o‘tkazuvchanligini tiklashdagi samaradorligi klinik-biokimyoviy indikatorlar orqali isbotlangan;
curunkali buyrak kasalligida nevrologik asoratlarni erta tashxislash, differensial davolash va monitoring qilishning bosqichma-bosqich diagnostik-terapevtik mezonlari va amaliy tavsiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
SBKda asab tizimi disfunksiyasi: klinik-biokimyoviy rivojlanish mexanizmlari, tashxislash va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligining III–IV bosqichlarida periferik va markaziy nevrologik buzilishlar spektri tizimlashtirilib, ularning kasallik og‘irligi va diabetik etiologiyaga bog‘liq holda progressiyalanishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ilmiy kengashining 2025-yil 20-maydagi 10-sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Surunkali buyrak kasalligida polineyropatiyalarning klinik va neyrofiziologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanomaci mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2025-yil 02 maydagi № 51 sonli, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani sog‘liqni saqlash bo‘limining 2025-yil 02 maydagi №1339 sonli sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi 14/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SBKda asab tizimi disfunksiyasi uchun xavf omillarini jinsga bog‘liq farqlarini hisobga olgan holda aniqlash va tahlil qilish bemorlarning jismoniy faolligi, hayot sifati va ruhiy holatini yaxshilashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar asosida SBKda asab tizimi disfunksiyasini erta tashxislash bir bemor uchun 4170000 so‘mni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni SBKda asab tizimi disfunksiyasi bilan kasallangan bemorlarda qo‘llash bir bemor uchun 4170000 so‘mni iqtisod qilishga erishiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: psixonevrologik defisit va qonning spesifik biomarkerlari (NGF, HIF-1α, VEGF, angiotenzin) hamda elektrolitlar disbalansi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar va surunkali buyrak kasalligi diabetik va nodiabetik guruhlar uchun farqlanuvchi klinik-laborator profillar shakllantirilgani asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ilmiy kengashining 2025-yil 20-maydagi 10-sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Surunkali buyrak kasalligida polineyropatiyalarning klinik va neyrofiziologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanomaci mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2025-yil 02 maydagi № 51 sonli, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani sog‘liqni saqlash bo‘limining 2025-yil 02 maydagi №1339 sonli sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi 14/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SBK bilan og‘rigan bemorlarda psixonevrologik buzilishlarni erta aniqlash va diabetik va nodiabetik guruhlar uchun farqlangan biomarker-psixonevrologik profillarning ishlab chiqilishi individuallashtirilgan davolashni ta’minlab, terapiya samaradorligini oshiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar asosida SBKda asab tizimi disfunksiyasini erta tashxislash bir bemor uchun 4170000 so‘mni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni SBKda asab tizimi disfunksiyasi bilan kasallangan bemorlarda qo‘llash bir bemor uchun 4170000 so‘mni iqtisod qilishga erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: monosialotetrageksozilgliozid preparatini qo‘llash asosidagi kompleks terapiyaning kognitiv funksiyalar va nerv o‘tkazuvchanligini tiklashdagi samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ilmiy kengashining 2025-yil 20-maydagi 10-sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Surunkali buyrak kasalligida polineyropatiyalarning klinik va neyrofiziologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanomaci mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2025-yil 02 maydagi № 51 sonli, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani sog‘liqni saqlash bo‘limining 2025-yil 02 maydagi №1339 sonli sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi 14/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SBKda asab tizimi disfunksiyasini erta tashxislash va uning progressiyasini oldini olishni optimallashtiradigan prognostik mezonlar ishlab chiqilishi, kasallikni boshlang‘ich bosqichda aniqlash, davolash taktikasini erta belgilash hamda simptomlarning kuchayishini oldini olishga katta ijtimoiy ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar asosida SBKda asab tizimi disfunksiyasi erta tashxislash bir bemor uchun 4170000 so‘mni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni SBKda asab tizimi disfunksiyasi bilan kasallangan bemorlarda qo‘llash bir bemor uchun 4170000 so‘mni iqtisod qilishga erishiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: curunkali buyrak kasalligida nevrologik asoratlarni erta tashxislash, differensial davolash va monitoring qilishning bosqichma-bosqich diagnostik-terapevtik mezonlari va amaliy tavsiyalari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ilmiy kengashining 2025-yil 20-maydagi 10-sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Surunkali buyrak kasalligida polineyropatiyalarning klinik va neyrofiziologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanomaci mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2025-yil 02 maydagi № 51 sonli, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani sog‘liqni saqlash bo‘limining 2025-yil 02 maydagi №1339 sonli sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi 14/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SBKda asab tizimi disfunksiyasi bemorlarning hayot sifati, uyqu sifati va psixologik holatiga ta’sir qiluvchi jiddiy holat ekanligi ilmiy dalillar asosida isbotlandi. Tadqiqot natijalari SBK bilan og‘rigan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks dasturlar ishlab chiqishga zamin yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar asosida SBKda asab tizimi disfunksiyasi erta tashxislash bir bemor uchun 4170000 so‘mni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni SBKda asab tizimi disfunksiyasi bilan kasallangan bemorlarda qo‘llash bir bemor uchun 4170000 so‘mni iqtisod qilishga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish