To‘lanov Bekzod To‘lan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarqalgan sut bezi saratoni anoreksiya sindromida palliativ yordam usullarini takomillashtirish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4593.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzag‘olib Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.15.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xojiev Doniyor Shamuradovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarqalgan sut bezi saratonida anoreksiya sindromi bo‘lgan bemorlarda palliativ davolash natijalarini oshirish maqsadida yallig‘lanishga qarshi sitokinlar va mushak troponini bashorat omili sifatida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarqalgan sut bezi saratonida og‘ir anoreksiyani bashorat qilish uchun interleykin-6, al`bumin, jigar metastazlari va tana massasi indeksiga asoslangan kompleks prognostik model` ishlab chiqilib, uning yuqori diagnostik qiymati (AUC=0,91) ilk bor isbotlangan;
tarqalgan sut bezi saratonida anoreksiya sindromining kimyoterapiyaga bog‘liq, o‘smaga bog‘liq, aralash molekulyar-patogenetik tiplari interleykin-6 darajasiga bog‘liq holda ilk bor tizimlashtirildi va ushbu klassifikatsiya asosida anoreksiya rivojlanishining biologik variantlari o‘rtasidagi farqlar aniqlangan;
anoreksiyani differensial diagnostika qilish uchun SBSAD-20 original so‘rovnomasi ishlab chiqildi va uning yuqori diagnostik ahamiyatga egaligi (sezgirlik 87,4%, maxsuslik 83,2%, Kappa Koen indeksi 0,82) ilk bor isbotlangan;
tarqalgan sut bezi saratonida anoreksiyani davolashda prednizolon, megestrol atsetat va omega-3 yog‘ kislotalarini o‘z ichiga olgan kompleks terapiyaning sinergetik ta’siri ilk bor aniqlanib, uning integral samaradorlik koeffisienti 2,12 (p<0,001) ekanligi va eng yuqori javob yallig‘lanish variantida kuzatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/60-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tarqalgan sut bezi saratonida og‘ir anoreksiyani bashorat qilish uchun interleykin-6, al`bumin, jigar metastazlari va tana massasi indeksiga asoslangan kompleks prognostik model` ishlab chiqilib, uning yuqori diagnostik qiymati (AUC=0,91) ilk bor isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali palliativ bo‘limida 2024 yilning 11 noyabridagi 136-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati filialida 2025 yilning 8 yanvardagi 5-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan kompleks bashorat modeli tarqalgan sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda og‘ir anoreksiya rivojlanishini erta aniqlash imkonini beradi. Yuqori diskriminatsiya qobiliyati (ROC 0,91) tufayli bemorlarni xavf guruhlariga aniq ajratish mumkin bo‘lib, bu erta profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida boshlashga yordam beradi. Natijada bemorlarning ovqatlanish holati yaxshilanadi, tana massasi saqlanib qoladi va umumiy hayot sifati oshadi. Model` molekulyar-biologik (interleykin-6, al`bumin), klinik va antropometrik ko‘rsatkichlarga asoslanganligi sababli amaliy sog‘liqni saqlash muassasalarida oson qo‘llanilishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: Bashorat modelini joriy etish quyidagi iqtisodiy natijalarga erishishga imkon berdi: gospitalizatsiya sonining kamayishi: 10%ga, davolash xarajatlarining umumiy qisqarishi: 2%ga, nisbiy iqtisod davlat byudjeti mablag‘larining 7,9%i tejashga, shifoxonada bo‘lish muddatining qisqarishi: o‘rtacha 2,5 kun. Erta bashorat qilish orqali og‘ir anoreksiya asoratlarini oldini olish, qo‘shimcha davolash chora-tadbirlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va resurslarni samarali taqsimlashga xizmat qiladi. Xulosa: Tarqalgan sut bezi saratonida og‘ir anoreksiya rivojlanishini bashorat qiluvchi kompleks molekulyar-biologik, klinik va antropometrik modelni qo‘llanilishi sababli bemorlarning ovqatlanish holati va hayot sifati yaxshilanishi, davlat byudjetidan sarf xarajatlarni iqtisod qilishi, gospitalizatsiya sonini kamaytirish va shifoxonada bo‘lish vaqtini kunga qisqartirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik tarqalgan sut bezi saratonida anoreksiya sindromining kimyoterapiyaga bog‘liq, o‘smaga bog‘liq, aralash molekulyar-patogenetik tiplari interleykin-6 darajasiga bog‘liq holda ilk bor tizimlashtirildi va ushbu klassifikatsiya asosida anoreksiya rivojlanishining biologik variantlari o‘rtasidagi farqlar aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali palliativ bo‘limida 2024 yilning 11 noyabridagi 136-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati filialida 2025 yilning 8 yanvardagi 5-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Molekulyar-tipologik klassifikatsiyaga asoslangan differensial yondashuv (interleykin-6 darajasi, patogenetik variantlar: kimyoterapiyaga bog‘liq, o‘smaga bog‘liq, aralash) bemorlarning nutritiv holatini ob’ektiv baholash imkonini beradi. Yallig‘lanishga qarshi markerlarning miqdoriy tahlili asosida terapevtik strategiya tanlash bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarini 25-30%ga yaxshilaydi, klinik remissiya davrini 1,5 barobar uzaytiradi, anoreksiya og‘irlik darajasini 40%ga kamaytiradi, usul barcha onkologik markazlarda qo‘llash uchun moslashgan (standart laborator testlar). Iqtisodiy samaradorligi: Differensial davolash strategiyasini joriy etish natijasida nisbiy iqtisod davlat byudjeti xarajatlari 7.9%ga kamaytirdi, statsionar muddati: o‘rtacha 2.5 kun qisqardi (ortiqcha davolash taktikasi bartaraf etildi). Patogenetik variantlarni aniqlash noo‘rin tadbirlarni istisno qiladi va resurslarni maqsadli taqsimlaydi. Xulosa: Molekulyar biomarkerlarga asoslangan yondashuv zamonaviy personalizatsiyalangan tibbiyot talablariga javob beradi. Patogenetik variantlarni ajratish (kimyoterapiyaga bog‘liq, o‘smaga bog‘liq, aralash) klinik amaliyotda yangi yo‘nalish bo‘lib, davolash samaradorligini oshiradi va iqtisodiy yukni kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik anoreksiyani differensial diagnostika qilish uchun SBSAD-20 original so‘rovnomasi ishlab chiqildi va uning yuqori diagnostik ahamiyatga egaligi (sezgirlik 87,4%, maxsuslik 83,2%, Kappa Koen indeksi 0,82) ilk bor isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali palliativ bo‘limida 2024 yilning 11 noyabridagi 136-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati filialida 2025 yilning 8 yanvardagi 5-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Kompleks bashorat modeli tarqalgan sut bezi saratonida og‘ir anoreksiyani erta aniqlaydi. Modelning diskriminatsiya qobiliyati yuqori (ROC maydoni 0,91) — bemorlarni xavf guruhlariga aniq ajratadi va profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida boshlash imkonini beradi. Model` interleykin-6, al`bumin, jigar metastazlari va tana massasi indeksiga asoslanadi. Iqtisodiy samaradorlik: Modelni joriy etish natijasida bir bemorga 3 oyda iqtisod 1781580 so‘mni tashkil etib, Davlat byudjeti iqtisodi: 7,9%. Kompleks molekulyar-biologik, klinik, antropometrik model bemorlarning ovqatlanish holati va hayot sifatini yaxshiladi. Davlat byudjeti xarajatlari, gospitalizatsiyani kamaytirdi, statsionar muddati 2,5 kun qisqardi. Erta bashorat asoratlarning oldini oladi va tibbiy resurslarni oqilona taqsimlaydi. Xulosa: Tarqalgan sut bezi saratonida anoreksiya sindromini erta aniqlash va differensial diagnostika qilish uchun ishlab chiqilgan SBSAD-20 so‘rovnomasi hamda kompleks molekulyar-biologik model klinik amaliyotda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi. Bu bemorlarning ovqatlanish holatini yaxshilash, hayot sifatini oshirish, gospitalizatsiya soni va davolanish muddatini qisqartirishga xizmat qiladi, asoratlarning oldini olishni ta’minlanlaydi, davlat byudjeti xarajatlari 7,9%ga tejash imkonini berib, palliativ yordam samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. tarqalgan sut bezi saratonida anoreksiyani davolashda prednizolon, megestrol atsetat va omega-3 yog‘ kislotalarini o‘z ichiga olgan kompleks terapiyaning sinergetik ta’siri ilk bor aniqlanib, uning integral samaradorlik koeffisienti 2,12 (p<0,001) ekanligi va eng yuqori javob yallig‘lanish variantida kuzatilishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali palliativ bo‘limida 2024 yilning 11 noyabridagi 136-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati filialida 2025 yilning 8 yanvardagi 5-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Prednizolon, megestrol atsetat va omega-3 yog‘ kislotalarining kombinatsiyalangan qo‘llanilishi sinergetik ta’sir ko‘rsatdi (koeffisient 2,12, p<0,001). Yallig‘lanish variantida klinik ahamiyatli javob 91,7%ga etdi, bu bemorlarning nutritiv holatini tezkor tiklash imkonini berdi. Kompleks terapiya afzalliklari: bemorlarning umumiy holati va hayot sifati sezilarli darajada yaxshilandi, anoreksiya alomatlari 10-12 kun ichida kamaydi, usul barcha onkologik shifoxonalarda joriy etish uchun qulay (standart dori vositalari), patogenetik variantga mos ravishda davolash taktikasi tanlash imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorlik: Kombinatsiyalangan terapiya strategiyasini amaliyotga joriy etish quyidagi iqtisodiy natijalarni ko‘rsatdi: mutlaq iqtisod bir bemorga 3 oylik davrda 1781580 so‘m tejaldi, nisbiy iqtisod davlat byudjeti mablag‘larining 7,9%i, gospitalizatsiya rejali yotqizishlar 10%ga kamaydi, statsionar muddati: o‘rtacha 1,5-2 kun qisqardi. Umumiy xarajatlar: davolash chiqimlari 2%ga pasaydi. Xulosa: Tarqalgan sut bezi saratonida anoreksiyani davolashda prednizolon, megestrol atsetat va omega-3 yog‘ kislotalarining kompleks terapiyasi qo‘llanilishi natijasida bemorlarning ovqatlanish statusi va hayot sifati ko‘rsatkichlari yaxshilandi. Uch komponentli kombinatsiyalangan terapiya konsepsiyasi anoreksiya davolashda yangi yo‘nalish bo‘lib, patogenetik asoslangan yondashuvni amalga oshiradi va personalizatsiyalangan tibbiyot prinsiplariga mos keladi.