Yuldasheva Ra’no Abdurashidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chigitida (+)-gossipol miqdori yuqori hamda qimmatli xo‘jalik belgilarning ijobiy majmuasiga ega bo‘lgan g‘o‘za navlari seleksiyasi”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Qx 56.
Ilmiy maslahatchi: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mamaraximov Bunyod Ikramovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Rizaeva Safiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekologik-geografik va genetik uzoq chatishtirish orqali yaratilgan duragaylar chigitidagi (+)-gossipol miqdori hamda xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi, shakllanishi va korrelyasiyasining tahlili asosida ushbu belgilarning ijobiy majmuasiga ega, genetik jihatdan boyitilgan g‘o‘za navlari va seleksion ashyolarini yaratish hamda chigitidan parrandalar ratsionida ozuqa sifatida foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AQSh namunalariga xos chigitdagi yuqori (+)-gossipol miqdorining F1  avlodda dominant tarzda irsiylanishi, F2-F3 avlodlarda belgi bo‘yicha ijobiy transgressiya yuz berishi hamda chigitida (+)-gossipol miqdori va xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning yuqori ijobiy majmuasiga ega bo‘lgan o‘simliklarni tanlash asosida ushbu belgilar bo‘yicha qimmatli seleksion ashyolar yaratilgan;
yuqori avlod g‘o‘za duragaylari chigitidagi (+)-gossipol miqdori va xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning shakllanish hamda barqarorlashuv jarayonini tahlil qilish asosida ushbu belgilarning aksariyati F4–F8 avlodlarda barqarorlashishi asoslangan;
yaratilgan duragaylar chigitidagi (+)-gossipol miqdori bilan ayrim xo‘jalik uchun qimmatli belgilar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar asosan kuchsiz salbiy va kuchsiz ijobiy ekanligi aniqlangan;
yuqori avlod duragaylari o‘simliklarida erkin aminokislotalar miqdorining oshishi vilt kasalligiga bardoshliligi yuqori bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
tarkibida umumiy va (+)-gossipol miqdori turlicha bo‘lgan chigitdan broyler jo‘jalarning ozuqa ratsioniga qo‘shishning patologik ta’sirini o‘rganish asosida (+)-gossipol miqdori 92% va umumiy gossipoli 0,02% bo‘lgan chigitdan tayyorlangan kunjaradan 5% va 10% miqdorda dastlabki 3 hafta mobaynida jo‘jalarning ozuqa ratsioniga qo‘shib boqishdan tayyorlangan jo‘ja go‘shti biokiyoviy va bakteriologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sog‘lom jo‘ja go‘shtiga mos kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘za genetikasi va seleksiyasi borasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
o‘rta tolali g‘o‘zaning “S-7306” navi yaratilib, mazkur navga Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan patent (26.11.2019y. NAP 00248) olingan va 2019 yilda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga qarashli Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq nav sinash uchastkasida gruntnazorat sinovidan o‘tkazilib, davlat nav sinash shahobchalarida boshlang‘ich ashyo sifatida amaliy seleksiya jarayonlariga tatbiq etilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markazining 2019 yil 11 dekabrdagi 02/020-4190-son ma’lumotnomasi). Natijada navning navdorligi 97% ni tashkil etgan.
o‘rta tolali g‘o‘zaning chigiti tarkibida (+)-gossipol miqdori yuqori bo‘lgan, Verticillium dahliae Kleb.ga bardoshli, hosildor, tezpishar, tola chiqimi yuqori bo‘lgan “S-7301” va “S-7306” navlari Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Oq oltin tumanlari, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani hamda Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq nav sinash uchastkasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Markazining 2019 yil 11 dekabrdagi 02/020-4190-son ma’lumotnomasi). Natijada dastlabki urug‘ ko‘paytirish xo‘jaliklarida nav bo‘yicha 3-5 s/ga qo‘shimcha hosil olingan va rentabellik darajasi 25-30 foizga etkazilgan;
“S-7301” navi 2019 yilda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Mirzaobod universal trade cluster” MChJ paxtachilik klasterining 12 gektar maydonida ekilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markazining 2019 yil 11 dekabrdagi 02/020-4190-son ma’lumotnomasi). Natijada jami 118 t urug‘lik paxta hosili etishtirilib, ushbu urug‘lik paxtadan 65 t, ya’ni 2020 yilda 1300 gektarga etadigan urug‘lik chigit olishga erishilgan;
ekologik-geografik uzoq duragaylash uslublari orqali yaratilgan T-421/34, T-225/34 va T-960-70 tizmalari amaliy seleksiya jarayoniga tatbiq etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 02/020-4190-son ma’lumotnomasi). Natijada andoza “S-6524” naviga nisbatan 4,5–5,0 s/ga yuqori hosildorlikka va 2–3 kunga tezpisharlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish