Eshchanova Go‘zal Bakpo‘latovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali limfoleykozlarda klinik nevrologik va neyropsixologik buzilishlar dinamikasi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3827.
Ilmiy rahbar: Matmurodov Rustambek Jumanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Nargiza Obidjonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Po‘latov Sadriddin Sayfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi curunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlar dinamikasini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda vestibulo-ataktik sindromning 1,9 barobar, xotira buzilishining 1,6 barobar va psixoemotsional noturg‘unlikning 1,7 barobar ko‘p uchrashi va ushbu buzilishlarning bir vaqtda namoyon bo‘lishi kasallik progressiyasini baholashdagi diagnostik ahamiyati isbotlangan;
surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlarning kuchayishiga yoshga bog‘liq subklinik xavotirlik va bog‘liq bo‘lmagan subklinik depressiyaning ustunligi, psixoemotsional buzilishlarga esa bemorlarning ma’lumot darajasi kuchli ta’sir qilishi asoslangan;
surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlari baholanishida jismoniy, ijtimoiy/oilaviy omillarning modullarining ustunlik qilishi, bemorlarning yoshi va jinsi, kasallik xavfi va hayot sifati umumiy darajasi o‘rtasida kuchli salbiy korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarni dinamikada maqsadli kuzatib borish uchun klinik-nevrologik va neyropsixologik tekshiruvlarga o‘z vaqtida kechiktirilmaydigan differensial yondashuv tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surunkali limfoleykozlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlar dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda vestibulo-ataktik sindromning 1,9 barobar, xotira buzilishining 1,6 barobar va psixoemotsional noturg‘unlikning 1,7 barobar ko‘p uchrashi va ushbu buzilishlarning bir vaqtda namoyon bo‘lishi kasallik progressiyasini baholashdagi diagnostik ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar “Surunkali limfoleykozlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarni baholash usuli” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 27 oktyabrdagi 10-25/739-t-son ma’lumotnomasi). Surunkali limfoleykozlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlar dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi U. Xalmurotov nomidagi respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining №31/09 17 dekabr 2025 yildagi xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarning klinik-funksional va psixonevrologik komponentlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash xastalikni erta tashxislash va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu usul tadbiq etilgunga qadar bemorlarning xastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlarining o‘rtacha soni 10 kunni tashkil etgan; taklif etilgan diagnostik usulidan foydalanish natijasida Einv = (2676000-868800) x (5-3) x (20-12/100) x 0,6 x 59 / 5-3 = 38182847 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarning xavotir va depressiya belgilarini erta aniqlash, kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish, bemorlar hayot tarzini uzaytirish moddiy xarajatlar miqdorini 38182847 so‘m iqtisod qilishga olib keladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: limfoproliferativ jarayonlar fonida bemorlarda xotira va diqqat pasayishida yosh oshishi va xavotir darajasining yuqoriligi ustun ta’sir ko‘rsatib, ushbu omillar kognitiv buzilishlarning shakllanishida yetakchi ahamiyatga ega ekanligi, kasallik davomiyligi, jins va tashxis qo‘yilish vaqti kognitiv ko‘rsatkichlarga ishonchli ta’sir ko‘rsatmasligi, yoshga bog‘liq subklinik xavotirlik va yoshga bog‘liq bo‘lmagan subklinik depressiya ustunligi esa bemorlarning ma’lumot darajasiga bog‘liq holda o‘zgarishi bo‘yicha takliflar “Surunkali limfoleykozlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarni baholash usuli” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 27 oktyabrdagi 10-25/739-t-son ma’lumotnomasi). Surunkali limfoleykozlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlar dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi U. Xalmurotov nomidagi respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining №31/09 17 dekabr 2025 yildagi xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarning xususiyatlarini o‘rganish va differensial yondashuv chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarning xavotir va depressiya belgilarini erta aniqlash, kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish, bemorlar hayot tarzini uzaytirish moddiy xarajatlar miqdorini 38182847 so‘m iqtisod qilishga olib kelgan. Xulosa: taklif etilgan usulning qo‘llanilishi natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini moddiy xarajatlar miqdorini 35,6% ga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifatining baholanishida jismoniy, ijtimoiy-oilaviy, hissiy farovonlik modullarining ustunligi, funksional farovonlik moduli esa ahamiyatga ega emasligi, bemorlar yoshi va jinsi o‘rtasida, shuningdek kasallik xavfi va hayot sifatining umumiy darajasi o‘rtasida kuchli salbiy korrelyasiya kuzatilishi bo‘yicha takliflar “Surunkali limfoleykozlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarni baholash usuli” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 27 oktyabrdagi 10-25/739-t-son ma’lumotnomasi). Surunkali limfoleykozlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlar dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi U. Xalmurotov nomidagi respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining №31/09 17 dekabr 2025 yildagi xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarning xavotir va depressiya belgilarini erta aniqlash, kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish, bemorlar hayot tarzini uzaytirish moddiy xarajatlar miqdorini 38182847 so‘m iqtisod qilishga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: xarajat-samaradorlik koeffisienti (XSK) quyidagicha ifodalanishi mumkin: XSK = effekt/xarajat=Cyil/Z = 50310000/5229700 = 9,62. Bu erda Cyil – amalga oshirish hajmi uchun hisoblangan diagnostika usullarini o‘rtacha yillik tejash qiymati; Z– Surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarni baholash algoritmini ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirish xarajatlarining narxi. Xulosa: Surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarning xavotir va depressiya belgilarini erta aniqlash, kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 9,62 barobar iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda vestibulo-ataktik sindromning 1,9 barobar, xotira buzilishining 1,6 barobar va psixoemotsional noturg‘unlikning 1,7 barobar ko‘p uchrashi va ushbu buzilishlarning bir vaqtda namoyon bo‘lishi kasallik progressiyasini baholashdagi diagnostik ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar “Surunkali limfoleykozlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarni baholash usuli” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 27 oktyabrdagi 10-25/739-t-son ma’lumotnomasi). Surunkali limfoleykozlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlar dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi U. Xalmurotov nomidagi respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining №31/09 17 dekabr 2025 yildagi xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarning kognitiv, vegetativ buzilishlari mavjud bemorlarni dinamikada olib borish mezonlarini ishlab chiqish orqali erta nogironlikning oldini olish, bemorlarning mehnatga layoqatsizlik kunlarining sonini qisqartirish, hamda hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda xavotir va depressiya belgilarini aniqlash har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini 1200000 so‘mga tejaydi. Xulosa: Surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarning xavotir va depressiya belgilarini erta aniqlash, kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish, bemorlar hayot tarzini uzaytirish moddiy xarajatlar miqdorini 35,6% kamayishiga olib keladi.