Ostanaqulov Sherzod Faxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kalamushlarda tajribaviy nefrolitiazni asab tizimining individual xususiyatlariga bog‘liq ravishda rivojlanishi», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5173.
Ilmiy rahbar: Axmedov Kamoliddin Hakimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Aminjon Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Jo‘raeva Moxigul Agzamjonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribaviy nefrolitiazni asab tizimining individual xususiyatlariga bog‘liq ravishda rivojlanishini patogenetik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribaviy nefrolitiaz sharoitida organizmning emotsional foni biokimyoviy jarayonlarni o‘zgartiruvchi muhim omil ekanligi, uning asab tizimining individual xususiyatlariga bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishi, xususan, yuqori emotsional (YuE) va past emotsionallilarda (PE) mos ravishda AST +36% va +7% ga, mochevina +97% va +22% ga, IF +78% va +56% ga ortishi eksperimental jihatdan isbotlangan;
tajribaviy nefrolitiazda lipidlarning peroksidli oksidlanish jarayonlari asab tizimining emotsional faolligi turlicha bo‘lgan organizmlarda o‘ziga xos dinamikada kechib, har ikkala guruhda ham jarayonning erta faollashishi, keyinchalik antioksidant himoya tizimining zo‘riqib holdan toyishi kuzatilib, oksidativ stressning eng yaqqol ifodalanishi 27-kunda qayd etilishi va mazkur davr buyrak to‘qimalarining oksidativ shikastlanishi patogenezida hal qiluvchi bosqich ekanligi isbotlangan;
turlicha emotsional faollikdagi tajriba hayvonlarida nefrolitiaz jarayonini UTT orqali dinamik baholash natijasida tosh hosil bo‘lishning bosqichlari (mikrolitiaz → prelitiaz → nefrokal`sinoz → nefrolitiaz) uchun xos ul`trasonografik belgilari yuqori emotsional faollikdagi organizmlarda past emotsional guruhga nisbatan ertaroq va yaqqolroq namoyon bo‘lishi asoslangan;
turlicha emotsional faollikdagi hayvonlarda tajribaviy nefrolitiaz rivojlanishida buyraklardagi patomorfologik o‘zgarishlar xususiyatlari, jumladan, yuqori emotsional hayvonlarda stressga moyillik, gumoral va vegetativ reaksiyalarning ustunligi tufayli kasallikning ilk bosqichlaridanoq kuchli distrofik o‘zgarishlar rivojlanishi, keyinchalik nefrokal`sinoz va konkrement shakllanishining tezlashishi, past emotsional hayvonlarda esa patologik jarayon nisbatan sekin kechishi va distrofik o‘zgarishlar kamroq darajada ifodalanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tajribaviy nefrolitiazni asab tizimining individual xususiyatlariga bog‘liq ravishda rivojlanishini patogenetik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tajribaviy nefrolitiaz sharoitida organizmning emotsional foni biokimyoviy jarayonlarni o‘zgartiruvchi muhim omil ekanligi, uning asab tizimining individual xususiyatlariga bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishi, xususan, yuqori emotsional (YuE) va past emotsionallilarda (PE) mos ravishda AST +36% va +7% ga, mochevina +97% va +22% ga, IF +78% va +56% ga ortishi eksperimental jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 14.02.2025 yilda 93-25-son bilan tasdiqlangan «Asab tizimining individual xususiyatlariga bog‘liq ravishda tajribaviy nefrolitiazni dinamikada baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 21.10.2025 yildagi 272-T-son hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikasi bo‘yicha 29.09.2025 yildagi 26-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 05.03.2026 yildagi 04/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turlicha emotsional faollikdagi tajribaviy nefrolitiazning rivojlanish dinamikasida qon va siydikdagi biokimiyoviy o‘zgarishlar hamda ularning organizm emotsional foniga bog‘lik jihatlari qiyosiy izohlab berilgan. Litogenez rivojlanish bosqichida qaysi muddat patogenezda muhim o‘rin tutishi hamda ularni koorreksiya qilish chora-tadbirlari tavsiyalar nazariy jihatdan patogenetik asoslash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun srflanadigan o‘rtacha 1890000 so‘m miqdorida mablag‘lar tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida klinik protokollarga asoslangan ratsional yondashuvni joriy etish, ortiqcha tekshiruvlar va takroriy laborator tahlillarni cheklash, resurslar taqsimotini samarali boshqarish orqali iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: tajribaviy nefrolitiazda lipidlarning peroksidli oksidlanish jarayonlari asab tizimining emotsional faolligi turlicha bo‘lgan organizmlarda o‘ziga xos dinamikada kechib, har ikkala guruhda ham jarayonning erta faollashishi, keyinchalik antioksidant himoya tizimining zo‘riqib holdan toyishi kuzatilib, oksidativ stressning eng yaqqol ifodalanishi 27-kunda qayd etilishi va mazkur davr buyrak to‘qimalarining oksidativ shikastlanishi patogenezida hal qiluvchi bosqich ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 14.02.2025 yilda 93-25-son bilan tasdiqlangan «Asab tizimining individual xususiyatlariga bog‘liq ravishda tajribaviy nefrolitiazni dinamikada baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 21.10.2025 yildagi 272-T-son hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikasi bo‘yicha 29.09.2025 yildagi 26-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 05.03.2026 yildagi 04/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tajribaviy nefrolitiaz lipidlarning peroksidli oksidlanish jarayonlarining erta faollashishi, keyinchalik antioksidant tizimning zo‘riqib holdan toyishi, shuningdek, yaqqol o‘zgarishlar 27-kunda qayd etilishi hamda ushbu muddatni buyrak to‘qimalarining oksidativ shikastlanishi patogenezida muhim o‘rin tutishini nazariy jihatdan yoritilishi xastalikni erta tashxislash orqali uning natijasida yuzaga keladigan asoratlarning oldini olishga sharoit yaratilganligi va xastalikni samarali davolash tizimini shakllantirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va nogironlikni oldini olishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun srflanadigan o‘rtacha 1890000 so‘m miqdorida mablag‘lar tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida klinik protokollarga asoslangan ratsional yondashuvni joriy etish, ortiqcha tekshiruvlar va takroriy laborator tahlillarni cheklash, resurslar taqsimotini samarali boshqarish orqali iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: turlicha emotsional faollikdagi tajriba hayvonlarida nefrolitiaz jarayonini UTT orqali dinamik baholash natijasida tosh hosil bo‘lishning bosqichlari (mikrolitiaz → prelitiaz → nefrokal`sinoz → nefrolitiaz) uchun xos ul`trasonografik belgilari yuqori emotsional faollikdagi organizmlarda past emotsional guruhga nisbatan ertaroq va yaqqolroq namoyon bo‘lishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 14.02.2025 yilda 93-25-son bilan tasdiqlangan «Asab tizimining individual xususiyatlariga bog‘liq ravishda tajribaviy nefrolitiazni dinamikada baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 21.10.2025 yildagi 272-T-son hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikasi bo‘yicha 29.09.2025 yildagi 26-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 05.03.2026 yildagi 04/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turlicha emotsional faollikdagi tajriba hayvonlarida nefrolitiaz jarayoni UTT tekshiruvi yordamida baholashda tosh hosil bo‘lishning har-bir bosqichlari (mikrolitiaz → prelitiaz → nefrokal`sinoz → nefrolitiaz) uchun xos ul`trasonografik ko‘rsatkichlar asoslanilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun srflanadigan o‘rtacha 1890000 so‘m miqdorida mablag‘lar tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida klinik protokollarga asoslangan ratsional yondashuvni joriy etish, ortiqcha tekshiruvlar va takroriy laborator tahlillarni cheklash, resurslar taqsimotini samarali boshqarish orqali iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: turlicha emotsional faollikdagi hayvonlarda tajribaviy nefrolitiaz rivojlanishida buyraklardagi patomorfologik o‘zgarishlar xususiyatlari, jumladan, yuqori emotsional hayvonlarda stressga moyillik, gumoral va vegetativ reaksiyalarning ustunligi tufayli kasallikning ilk bosqichlaridanoq kuchli distrofik o‘zgarishlar rivojlanishi, keyinchalik nefrokal`sinoz va konkrement shakllanishining tezlashishi, past emotsional hayvonlarda esa patologik jarayon nisbatan sekin kechishi va distrofik o‘zgarishlar kamroq darajada ifodalanishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 14.02.2025 yilda 93-25-son bilan tasdiqlangan «Asab tizimining individual xususiyatlariga bog‘liq ravishda tajribaviy nefrolitiazni dinamikada baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 21.10.2025 yildagi 272-T-son hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikasi bo‘yicha 29.09.2025 yildagi 26-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 05.03.2026 yildagi 04/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turlicha emotsional faollikdagi tajribaviy nefrolitiazning rivojlanishda buyraklardagi patomorfologik jarayonlar yuqori emotsional oorganizmlarda ilk bosqichlardanoq kuchli distrofik o‘zgarishlarga, keyinchalik esa nefrokal`sinoz va konkrement shakllanishining tezlashishiga olib kelishi hamda past emotsional organizmlarda esa patologik jarayon sekinroq kechib, distrofik o‘zgarishlar nisbatan engilroq kechishi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun srflanadigan o‘rtacha 1890000 so‘m miqdorida mablag‘lar tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida klinik protokollarga asoslangan ratsional yondashuvni joriy etish, ortiqcha tekshiruvlar va takroriy laborator tahlillarni cheklash, resurslar taqsimotini samarali boshqarish orqali iqtisod qilinadi.