Aslonov Mexridin Nuridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasining og‘ir shaklini o‘tkazgan bemorlarda poliorgan etishmovchiligining rivojlanish mexanizmi», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2809.
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Saida Akramjonovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Aminjon Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yariev Alisher Olimjonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: Covid-19 bilan kasallangan bemorlarda ichki a’zolar kasalliklarini klinikagacha tashhislash asosida poliorgan etishmovchilik rivojlanishining murakkab biokimyoviy va immunokimyoviy mexanizmlarini o‘rganish va patogenetik korreksiya usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor koronavirus infeksiyasidan keyingi postkovid buzilishlarning rivojlanish xususiyatlari komorbid holatlarning mavjudligi va yo‘qligiga qarab kompleks baholanib, komorbid fon va kasallikning og‘ir kechishi ichki a’zolar disfunksiyasining shakllanishida yetakchi omillardan biri ekanligi isbotlangan;
yallig‘lanish oldi markerlari (IL-6, IL-8, SRB, D-dimer) darajasining yuqoriligi va limfopeniya nafaqat COVID-19 ning o‘tkir davri og‘irligi bilan, balki keyinchalik poliorgan postkovid buzilishlar rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlarning kasallikning noxush kechishini belgilovchi erta prognoz mezonlari sifatidagi patogenetik ahamiyati isbotlangan;
ilk bor IgG klassidagi organospesifik autoantitanalarning (miokard, buyrak, o‘pka to‘qimasi, oshqozon osti bezi antigenlariga nisbatan) nisbiy miqdoriy o‘zgarishlari a’zolar disfunksiyasining klinik belgilari namoyon bo‘lishidan oldin aniqlanishi mumkinligi hamda ular SARS-CoV-2 infeksiyasidan keyin ichki a’zolarning klinik oldi shikastlanishini baholovchi sezgir immunologik marker ekanligi asoslangan;
postkovid buzilishlar rivojlanish xavf omillarini (60 yoshdan yuqori yosh, erkak jinsi, TMI>29,9, noxush premorbid fon, limfopeniya, SRB miqdorining oshishi) hisobga oladigan ball tizimiga hamda immunokimyoviy tahliliga asoslangan visseral o‘zgarishlarni erta tashxislash va postkovid poliorgan buzilishlar shakllanishini prognozlash tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Poliorgan etishmovchilik rivojlanishining murakkab biokimyoviy va immunokimyoviy mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor koronavirus infeksiyasidan keyingi postkovid buzilishlarning rivojlanish xususiyatlari komorbid holatlarning mavjudligi va yo‘qligiga qarab kompleks baholanib, komorbid fon va kasallikning og‘ir kechishi ichki a’zolar disfunksiyasining shakllanishida yetakchi omillardan biri ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 22.12.2023 yilda 12-23/219-t-son bilan tasdiqlangan “Sposob doklinicheskoy diagnostiki narusheniy vnutrennix organov u patsientov, perenesshix COVID-19 s pomoshh`yu immunoximicheskogo analiza Eli-vissero testa” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 02.11.2023 yildagi 55-2/ch-son hamda Andijon bekati birlashgan shifoxonasi bo‘yicha 02.11.2023 yildagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.02.2025 yildagi 12/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasallikning koviddan keyingi davrini kompleks baholash poliorgan etishmovchilik rivojlanishini bashorat qilishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2490000 so‘m mablag‘lar koviddan keyingi bemorlarni kasalxonaga yotqizishning birinchi kunidan boshlab patogenetik jihatdan asoslangan o‘z vaqtida davolashni tanlash orqali koviddan keyingi davrning nohush oqibatlarini o‘z vaqtida bashoratlash va korreksiya qilish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yallig‘lanish oldi markerlari (IL-6, IL-8, SRB, D-dimer) darajasining yuqoriligi va limfopeniya nafaqat COVID-19 ning o‘tkir davri og‘irligi bilan, balki keyinchalik poliorgan postkovid buzilishlar rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlarning kasallikning noxush kechishini belgilovchi erta prognoz mezonlari sifatidagi patogenetik ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 22.12.2023 yilda 12-23/219-t-son bilan tasdiqlangan “Sposob doklinicheskoy diagnostiki narusheniy vnutrennix organov u patsientov, perenesshix COVID-19 s pomoshh`yu immunoximicheskogo analiza Eli-vissero testa” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 02.11.2023 yildagi 55-2/ch-son hamda Andijon bekati birlashgan shifoxonasi bo‘yicha 02.11.2023 yildagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.02.2025 yildagi 12/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar qon zardobida turli a’zo va to‘qimalar oqsillariga nisbatan IgG sinfidagi auto-AT nisbiy miqdorini aniqlash ichki a’zolar tomonidan koviddan keyingi buzilishlarning oqibati va kechishini bashorat qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1810000 so‘m mablag‘lar koviddan keyingi davrda bemorlarni tashhislash samaradorligini oshirish, asoratlar rivojlanish ehtimolini bashorat qilish va kasalxonada davolanish muddatini 10 kundan 7 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor IgG klassidagi organospesifik autoantitanalarning (miokard, buyrak, o‘pka to‘qimasi, oshqozon osti bezi antigenlariga nisbatan) nisbiy miqdoriy o‘zgarishlari a’zolar disfunksiyasining klinik belgilari namoyon bo‘lishidan oldin aniqlanishi mumkinligi hamda ular SARS-CoV-2 infeksiyasidan keyin ichki a’zolarning klinik oldi shikastlanishini baholovchi sezgir immunologik marker ekanligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 22.12.2023 yilda 12-23/219-t-son bilan tasdiqlangan “Sposob doklinicheskoy diagnostiki narusheniy vnutrennix organov u patsientov, perenesshix COVID-19 s pomoshh`yu immunoximicheskogo analiza Eli-vissero testa” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 02.11.2023 yildagi 55-2/ch-son hamda Andijon bekati birlashgan shifoxonasi bo‘yicha 02.11.2023 yildagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.02.2025 yildagi 12/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda ichki a’zolar buzilishlarini klinik oldi tashhislash usulini Eli-Vissero-Test bilan qo‘llash kasallik kechishi va poliorgan etishmovchiligi rivojlanish ehtimolini prognozlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1400000 so‘m mablag‘lar bemorlarga adekvat davolashni tayinlash orqali kasallikning og‘irligini kamaytirish, asoratlar xavfini kamaytirish va statsionarda davolanish muddatini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: postkovid buzilishlar rivojlanish xavf omillarini (60 yoshdan yuqori yosh, erkak jinsi, TMI>29,9, noxush premorbid fon, limfopeniya, SRB miqdorining oshishi) hisobga oladigan ball tizimiga hamda immunokimyoviy tahliliga asoslangan visseral o‘zgarishlarni erta tashxislash va postkovid poliorgan buzilishlar shakllanishini prognoz qilish tartibi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 22.12.2023 yilda 12-23/219-t-son bilan tasdiqlangan “Sposob doklinicheskoy diagnostiki narusheniy vnutrennix organov u patsientov, perenesshix COVID-19 s pomoshh`yu immunoximicheskogo analiza Eli-vissero testa” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 02.11.2023 yildagi 55-2/ch-son hamda Andijon bekati birlashgan shifoxonasi bo‘yicha 02.11.2023 yildagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.02.2025 yildagi 12/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: poliorgan etishmovchilik rivojlanishining xavf guruhini ajratish buzilishlarni erta tashhislash va tezkor ravishda korreksiya qilishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1232000 so‘m mablag‘lar COVIDdan keyingi davrda bemorlarda poliorgan etishmovchilik rivojlanishining xavf guruhini erta aniqlash orqali dori vositalarini patogenetik asoslangan holda qo‘llash, davolashni korreksiya qilish va asoratlarning oldini olish natijasida iqtisod qilinadi.