Alimardonov Zoxid Shukurillaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ofiserlarda metakommunikativ kompetensiyalarni samarali shakllantirishning ijtimoiy-psixologik determinantlari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/P269.
Ilmiy maslahatchi: Abdullajanova Dilnozaxon Sultanbekovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.2712.P.03.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Hayitov Oybek Eshboevich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Dushanov Rustam Xo‘janovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Profi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak ofiserlarda metakommunikativ kompetensiyalarni samarali shakllantirishning ijtimoiy-psixologik determinantlarini empirik jihatdan tadqiq etish orqali meta xususiyatlarni takomillashtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ofiserlarda metakommunikativ kompetensiyalarning shakllanish jarayoni gender neytral ijtimoiy-psixologik tizimning rol va ierarxik pozisiyalar orqali boshqarilishi natijasida kursant qizlarda «empatiya», «ijtimoiy moslashuvchanlik va refleksiv qabulchanlik» komponentlari, kursant o‘g‘il bolalarda esa «o‘zini boshqarish», «volitiv barqarorlik va liderlik tendensiyasi»ning gender atributlar differensiatsiyasiga bog‘liq yuqoriligi aniqlangan;
bo‘lajak ofiserlardagi ustuvor metakommunikativ kompetensiyalarga ko‘ra kommunikativ muloqot strategiyalari (axborot-kommunikativ, interaktiv, empatik, nizoni boshqarish) kauzal ta’sir etishi tufayli JXU kursantlarida konfidensial ijtimoiy-psixologik aloqa, IIVA kursantlarida emotsional-kommunikativ kompetensiya, FVVA kursantlarida operativ kommunikativ strategiyaning dominantligi tufayli metakommunikativ madaniyatning samarali strategiyalari sub’ektlarning operatsion profil determinanti ekanligi isbotlangan;
bo‘lajak ofiserlarni nizoli vaziyatlarda xulq-atvor strategiyalarini namoyon etishda ekstremal vaziyatlardagi stressni boshqarish va jamoaviy hamkorlikni kuchaytirishi kasbiy muloqot shakllanishidagi shaxsiy omillar bilan bevosita bog‘liqligi tufayli, noodatiy vaziyatlarni idrok etish va ularga moslashish jarayoni konativ (xulq-atvoriy), kognitiv (bilish jarayonlariga oid) va emotsional (hissiy-ruhiy) sohalarning integratsiyasi asosida yuzaga chiqishi dalillangan;
bo‘lajak ofiserlarning xizmat faoliyati davridagi metakommunikativ kompetensiyalarini ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ko‘ra ijtimoiy vaziyatni to‘g‘ri talqin qilish, stress fonida ongli muloqot yuritish, ierarxik tizimda axborotni boshqarishning integral ta’siri tufayli metakommunikativ kompetentlikning (tovush, jest, mimika orqali axborot uzatish) shaxs psixologik barqarorligi asosida rivojlanganligi refleksiv baholash (o‘zini kuzatish, anglash, o‘z-o‘ziga tahliliy munosabat) qobiliyatini kuchli ifodalanishiga ta’sir etishi isbotlangan;
bo‘lajak ofiserlarda samarali metakommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlariga ko‘ra «adolatli tanqid – konstruktivlik», «adolatsiz tanqid – tobelik va passivlik» kabi birliklarni muloqotda ifodalanishi natijasida irodaviy, kognitiv va konativ komponentlar integratsiyasi orqali harbiy metakommunikativ klassikaning psixologik mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ofiserlarda metakommunikativ kompetensiyalarni samarali shakllantirishning ijtimoiy-psixologik determinantlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak ofiserlarda metakommunikativ kompetensiyalarning shakllanish jarayoni gender neytral ijtimoiy-psixologik tizimning rol va ierarxik pozisiyalar orqali boshqarilishi natijasida kursant qizlarda «empatiya», «ijtimoiy moslashuvchanlik va refleksiv qabulchanlik» komponentlari, kursant o‘g‘il bolalarda esa «o‘zini boshqarish», «volitiv barqarorlik va liderlik tendensiyasi»ning gender atributlar differensiatsiyasiga bog‘liq yuqoriligi aniqlangan yangilik O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi Ilmiy uslubiy kengashining 2025-yil 25-noyabrdagi PM-173-son buyrug‘iga asosan psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-noyabrdagi PM-173-son ma’lumotnoma). Natijada bo‘lajak ofiserlarda muloqot kompetensiyalarini samarali shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillarini asosiy komponentlarini ilmiy jihatdan asoslash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak ofiserlardagi ustuvor metakommunikativ kompetensiyalarga ko‘ra kommunikativ muloqot strategiyalari (axborot-kommunikativ, interaktiv, empatik, nizoni boshqarish) kauzal ta’sir etishi tufayli JXU kursantlarida konfidensial ijtimoiy-psixologik aloqa, IIVA kursantlarida emotsional-kommunikativ kompetensiya, FVVA kursantlarida operativ kommunikativ strategiyaning dominantligi tufayli metakommunikativ madaniyatning samarali strategiyalari subektlarning operatsion profil determinanti ekanligi isbotlanganligiga doir yangilik O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi Ilmiy uslubiy kengashining 2025-yil 25-noyabrdagi PM-173-son buyrug‘iga asosan psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-noyabrdagi PM-173-son ma’lumotnoma). Natijada bo‘lajak ofiserlarda muloqot kompetensiyalarini samarali shakllantirishda xizmat faoliyati, xizmatdan (ishdan) tashqari va fuqarolar bilan muomala madaniyatii bo‘yicha odob-axloq qoidalari, psixolog kasbiy etikasining tamoyillari va mezonlarining tashkiliy, metodik tizimini takomillashtirish mexanizmlarini qoʻshimcha psixologik chora-tadbirlari empirik jihatdan asoslangan;
bo‘lajak ofiserlarni nizoli vaziyatlarda xulq-atvor strategiyalarini namoyon etishda ekstremal vaziyatlardagi stressni boshqarish va jamoaviy hamkorlikni kuchaytirishi kasbiy muloqot shakllanishidagi shaxsiy omillar bilan bevosita bog‘liqligi tufayli, noodatiy vaziyatlarni idrok etish va ularga moslashish jarayoni konativ (xulq-atvoriy), kognitiv (bilish jarayonlariga oid) va emotsional (hissiy-ruhiy) sohalarning integratsiyasi asosida yuzaga chiqishi dalillanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarining harbiy qism va muassasalari hamda Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlari Milliy gvardiyasi boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug huzuridagi «Ilmiy-tadqiqot» ilmiy-amaliy va uslubiy markazining 2025-yil 17-oktyabrdagi 1/28-sonli ma’lumotnomasi. Natijada bo‘lajak ofiserlarda muloqot kompetensiyalarini samarali shakllantirishda shaxs xususiyatlari, shaxslararo munosabatlarda yoʻnalganlik, hissiy-emotsional holatlarni empirik tadqiq etish usullari ochib berilgan;
bo‘lajak ofiserlarning xizmat faoliyati davridagi metakommunikativ kompetensiyalarini ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ko‘ra ijtimoiy vaziyatni to‘g‘ri talqin qilish, stress fonida ongli muloqot yuritish, ierarxik tizimda axborotni boshqarishning integral ta’siri tufayli metakommunikativ kompetentlikning (tovush, jest, mimika orqali axborot uzatish) shaxs psixologik barqarorligi asosida rivojlanganligi refleksiv baholash (o‘zini kuzatish, anglash, o‘z-o‘ziga tahliliy munosabat) qobiliyatini kuchli ifodalanishiga ta’sir etishi isbotlangani haqidagi yangilik O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarining harbiy qism va muassasalari hamda Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlari Milliy gvardiyasi boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug huzuridagi «Ilmiy-tadqiqot» ilmiy-amaliy va uslubiy markazining 2025-yil 17-oktyabrdagi 1/28-sonli ma’lumotnomasi. Natijada bo‘lajak ofiserlarda muloqot kompetensiyalarini samarali shakllantirishda ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash orqali «Jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subektlarda muloqotning ijtimoiy-psixologik omillari» modeli ishlab chiqilgan;
bo‘lajak ofiserlarda samarali metakommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlariga ko‘ra «adolatli tanqid – konstruktivlik», «adolatsiz tanqid – tobelik va passivlik» kabi birliklarni muloqotda ifodalanishi natijasida irodaviy, kognitiv va konativ komponentlar integratsiyasi orqali harbiy metakommunikativ klassikaning psixologik mezonlari takomillashtirilgan yangilik O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarining harbiy qism va muassasalari hamda Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlari Milliy gvardiyasi boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug huzuridagi «Ilmiy-tadqiqot» ilmiy-amaliy va uslubiy markazining 2025-yil 17-oktyabrdagi 1/28-sonli ma’lumotnomasi. Natijada bo‘lajak ofiserlarda muloqot kompetensiyalarini samarali shakllantirish mezonlarini aniqlash hamda amaliyotga joriy etish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.