Ismaylova Ra’no Nuraevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i):“Zo‘ravonlikka uchragan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va psixologik yordam ko‘rsatish texnologiyalarini takomillashtirish”,19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/P57.
Ilmiy maslahatchi: Kadirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori (DSc) professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot institute.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa(muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02. 
Rasmiy opponentlar: Abdullajonova Dilnoza Sultanbekova, psixologiya fanlari doktori, professor;  Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Isakova Muazzam To‘lqinovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zo‘ravonlikka uchragan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha integrativ texnologiyalar samaradorligini aniqlash va ularni takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy zo‘ravonlikka uchragan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha psixoterapevtik yondashuvlarni baholashda SWOT orqali ehtimoliy tahdidlar va ularga terapevtik ta’sir ko‘rsatish vositalarining shaxs ehtiyojlariga ob’ektiv mosligini aniqlash muhimligiga ko‘ra an’anaviy,  noan’anaviy, o‘zaro zo‘ravonlik turlarida analitik, xulq-atvor, gumanistik qarashlarning o‘zaro to‘ldiruvchi, komplementar xususiyatli integrativ kontrasti aniqlangan;
erkak va ayollarning o‘zlariga nisbatan yo‘naltirilgan agressiv xatti-harakatlarga nisbatan differensial munosabati natijasida ayollar bunday holatni zo‘ravonlik va tahdid sifatida qabul qilishlari, o‘zlarining agressiv harakatlariga esa janjal yoki tushunmovchilik sifatida qarab, buni hissiy va kommunikativ qiyinchiliklar bilan izohlashlari, erkaklar esa o‘zlariga nisbatan amalga oshirilgan agressiv xatti-harakatlarni oiladagi janjal, tushunmovchilik yoki nazorat vositasi sifatida izohlashlari, o‘zlarining agressiv xatti-harakatlarini oilada tartib-intizom va ierarxiyani ta’minlash funksiyasi deb qabul qilishlari tufayli zo‘ravonlikdan xoli muloqot strategiyalarini gender sezgirlik asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan psixologik yordam texnikalarini ishlab chiqish zarurati dalillangan;
zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning turmush o‘rtog‘ida jismoniy erkinlikni haddan ortiq nazorat qilish, umumiy beqarorlashtirish, ustunlik qilish, muammolarni noadekvat hal etish kabi salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari namoyon bo‘lishi tufayli rolli kutilmalar va da’vogarlik darajasining shaxs ichki ziddiyatlarining kuchayishi ta’sirida ortishi hamda salbiy emosional-psixologik holatlarning vujudga kelishi aniqlangan;
zo‘ravonlik qurbonlarini psixologik qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish modeli oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsda ichki resurslarni izlash, adekvat fikrlash va o‘zini qabul qilish, hissiy holatni tartibga solish qobiliyatini rivojlantirish muhimligiga ko‘ra xavotirlanish darajasini pasaytirishga, ijobiy kognitiv va emosional xulq-atvor shakllarini barqarorlashtirish komponentlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
oilaviy zo‘ravonlikka uchragan erkak va ayollar uchun alohida psixologik qo‘llab-quvvatlash va yordam modellarini ishlab chiqish zarurati har ikkala jins vakillarining ijtimoiy rollari, psixologik xususiyatlari, og‘ir ijtimoiy vaziyatni va jarohatni boshdan kechirishdagi tajribalari, shuningdek, sub’ektlikni tiklashga bo‘lgan o‘ziga xos ehtiyojlarining namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqligiga ko‘ra ichki agressiv dunyodan affektiv reaksiyalarga kognitiv va somatik darajada ta’sir etish orqali sog‘lom “Men”ni ajratib olish bilan bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Zo‘ravonlikka uchragan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va psixologik yordam ko‘rsatish texnologiyalarini takomillashtirish”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
erkak va ayollarning oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanish holatida xotin yoki uning ota-onasi tomonidan oilaning moddiy ta’minlanishi turmush o‘rtog‘ida xo‘jalik-maishiy, emotsional-psixoterapevtik va tashqi jalb etuvchanlik rollarini bajarish bo‘yicha kutilmalarning ortishi, ichki ziddiyatlarining kuchayishi hamda salbiy psixologik va emotsional holatlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lishi aniqlangan yangilik  “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 34-son buyrug‘iga asosan Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” va “Oila psixologiyasi” modullariga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 12-dekabr PM-285 a-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida mahalla, oila bilan ishlash sohasida tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarini shakllantirish hamda oilaviy zo‘ravonlik va uning jabrlanuvchilari bilan ishlash bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
oilada qo‘shimcha daromadning mavjud emasligi sheriklarning jinsiy munosabatlar, xo‘jalik-maishiy, ota-onalik va tarbiyaviy, ijtimoiy faollik, emotsional-psixoterapevtik, tashqi jalb etuvchanlik rollarini bajarishlari bo‘yicha kutilmalari hamda da’vogarlik darajasining ortishiga olib kelishi isbotlangan yangilik “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 34-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy  psixologiya. Etnopsixologiya” va “Oila psixologiyasi” modullariga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 12-dekabr PM-285 a-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida ta’lim, mahalla, ijtimoiy ish, oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish sohasida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan samarali ijtimoiy-psixologik ish bo‘yicha ilmiy-metodik ta’minotining boyitilishiga erishilgan;
oilada turmush o‘rtog‘ining giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish kabi salbiy omillar moslashuv ziddiyati, depressiya, er-xotin muammolarini noadekvat hal etish, vaziyatga reaksiya sifatida bostirib kirish, qochish, qo‘zg‘aluvchanlik, ustunlik qilish kabi noadekvat pozisiyalar shakllanishiga turtki bo‘lishi dalillangani haqidagi taklifi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 34-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” va “Oila psixologiyasi” modullariga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 12-dekabr PM-285 a-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanishi natijasida amaliy psixologiya raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda gender zo‘ravonlik va oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan samarali ish olib borish bo‘yicha ilmiy-metodik ta’minotining boyitilishiga erishilgan;
oilaviy zo‘ravonlikka uchragan erkaklarda ijtimoiy hayotga moslashuv ziddiyati, depressiya, jizzakilik, reaktiv agressiya, shaxsiy identifikatsiya noadekvatligi, emotsional psixoterapevtik kutilmalarning ortishi, ustunlik qilish, jarohatdan keyingi stress buzilishi kabi psixologik muammolar vujudga kelishining isbotlangani bilan bog‘liq taklif Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 34-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy  psixologiya. Etnopsixologiya” va “Oila psixologiyasi” modullariga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 12-dekabr PM-285 a-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanishi natijasida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda gender zo‘ravonlik va oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan samarali ish olib borish bo‘yicha ilmiy-metodik ta’minotining boyitilishiga erishilgan. Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarda zo‘ravonlikka nisbatan barqarorlikning namoyon bo‘lishini prognoz qilish imkoniyatlari kengaytirilgan va bo‘lajak amaliy psixologlarning kelgusidagi amaliy faoliyatini samarali tashkil etishda kasbiy imkoniyatlarining oshirilishiga erishilgan;
oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning ichki resurslarni izlash, adekvat fikrlash va o‘zini o‘zi qabul qilish, hissiy holatni tartibga solish qobiliyatini rivojlantirish orqali xavotirlanish darajasini pasaytirishga, ijobiy kognitiv va emotsional xulq-atvor shakllarini rivojlantirishga qaratilgan psixokorreksion model ishlab chiqilgan va uning amaliy imkoniyatlari asoslangani to‘g‘risidagi yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 34-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy  psixologiya. Etnopsixologiya”  va “Psixokorreksiya” modullariga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 12-dekabr PM-285 a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oilaviy zo‘ravonlikka uchragan shaxslarning psixologik muammolarini aniqlash va tuzatish hamda amaliyotga joriy bo‘yicha manzilli amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish