Jabbor Alisher Musirmon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni adekvat idrok etish va tushunishning psixologik mexanizmlari”, 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/P260.
Ilmiy maslahatchi: Akramov Mirmuxsin Rustamovich. psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xazrat Xusenovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Rasulov Abdimo‘min Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ostonov Shuxrat Sharifovich psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Profi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni idrok etish va tushunishning psixologik mexanzimlarini empirik jihatdan asoslash hamda axborotlarni adekvat talqin etish imkoniyatlarini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    shaxsning ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunish jarayonida kognitiv maydondan mustaqil uslub axborotni qidirish strategiyasi, axborot ishonchliligini baholash, tanqidiy fikrlash hamda axborot etikasi bilan ijobiy bog‘liqligiga asoslanib, mustaqil va egiluvchan fikrlash tizimi metakognitiv xususiyatlar orqali markaziy psixologik mexanizm sifatida aniqlangan;
    ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni adekvat tushunish va idrok etish imkoniyatlari tanqidiy fikrlash, axborot manbalarini verifikatsiya qilish va ishonchliligini baholashning uyg‘unlashuviga asoslanib, metakognitiv nazoratning differensial auditoriyaga mos kognitiv uslubi orqali belgilanishi dalillangan;
    ijtimoiy tarmoqlardan muammoli foydalanishning differensial xususiyatlariga ko‘ra onlayn muloqotni afzal ko‘rish, kognitiv qotib qolish va nazoratning sustligi kognitiv faollik bilan teskari bog‘lanishga ega bo‘lganligi tufayli, raqamli muhitdagi onlayn moslashuv orqali axborotni baholash mexanizmlarini zaiflashtiruvchi psixologik blok sifatida namoyon bo‘lganligi isbotlangan;
    ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunishda tafakkur tezligi, tafakkur egiluvchanligi, axborotni tanqidiy baholash va axborot manbalarini tekshirish orasidagi ijobiy bog‘lanish tufayli axborotni konstruktiv tushunishning ma’lumotlarga nisbatan hissiy ta’sirchanlik orqali tizimli va barqaror kognitiv mexanizm sifatida namoyon bo‘lganligi asoslangan;
    ijtimoiy tarmoqlarda axborotlarni adekvat idrok etish va tushunishning psixologik mexanizmlari kognitiv maydondan mustaqillik-tafakkur egiluvchanligi, tanqidiy baholash-manba tekshiruvi, hissiy barqarorlik hamda muammoli foydalanish (salbiy asos) integratsiyasiga asoslanib, kognitiv, emotsional, ijtimoiy-madaniy va texnologik-psixologik tuzilmalarni algoritmik idrok bosqichlari orqali modellashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni adekvat idrok etish va tushunishning psixologik mexanzimlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxsning ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunish jarayonida kognitiv maydondan mustaqil uslub axborotni qidirish strategiyasi, axborot ishonchliligini baholash, tanqidiy fikrlash hamda axborot etikasi bilan ijobiy bog‘liqligiga asoslanib, mustaqil va egiluvchan fikrlash tizimi metakognitiv xususiyatlar orqali markaziy psixologik mexanizm sifatida aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi Ilmiy uslubiy kengashining 2025-yil 14- oktyabrdagi PM-145 son buyrug‘iga asosan psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 14- oktyabrdagi PM-145 son ma’lumotnoma). Natijada, markaz tarkibidagi psixologik laboratoriyalar faoliyatining psixologik ilmiy-nazariy ta’minotini oshirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni adekvat tushunish va idrok etish imkoniyatlari tanqidiy fikrlash, axborot manbalarini verifikatsiya qilish va ishonchliligini baholashning uyg‘unlashuviga asoslanib, metakognitiv nazoratning differensial auditoriyaga mos kognitiv uslubi orqali belgilanishi dalillanganligiga oid natijalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi Ilmiy uslubiy kengashining 2025-yil 14- oktyabrdagi PM-145 son buyrug‘iga asosan psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 14- oktyabrdagi PM-145 son ma’lumotnoma). Natijada, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunishga doir psixodiagnostik metodik testlarning nazariy metodik ta’minotini boyitishga xizmat qilgan;
ijtimoiy tarmoqlardan muammoli foydalanishning differensial xususiyatlariga ko‘ra onlayn muloqotni afzal ko‘rish, kognitiv qotib qolish va nazoratning sustligi kognitiv faollik bilan teskari bog‘lanishga ega bo‘lganligi tufayli, raqamli muhitdagi onlayn moslashuv orqali axborotni baholash mexanizmlarini zaiflashtiruvchi psixologik blok sifatida namoyon bo‘lganligi isbotlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi Ilmiy uslubiy kengashining 2025-yil 14- oktyabrdagi PM-145 son buyrug‘iga asosan psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 14- oktyabrdagi PM-145 son ma’lumotnoma). Natijada, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni konstruktiv aniqlashning diagnostik imkoniyatlarini takomillashtirishga erishilgan;
ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunishda tafakkur tezligi, tafakkur egiluvchanligi, axborotni tanqidiy baholash va axborot manbalarini tekshirish orasidagi ijobiy bog‘lanish tufayli axborotni konstruktiv tushunishning ma’lumotlarga nisbatan hissiy ta’sirchanlik orqali tizimli va barqaror kognitiv mexanizm sifatida namoyon bo‘lganligi asoslanganligiga doir natijalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi Ilmiy uslubiy kengashining 2025-yil 14- oktyabrdagi PM-145 son buyrug‘iga asosan psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 14- oktyabrdagi PM-145 son ma’lumotnoma). Natijada, turli yoshdagi shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunish darajasini aniqlashga erishilgan;
ijtimoiy tarmoqlarda axborotlarni adekvat idrok etish va tushunishning psixologik mexanizmlari kognitiv maydondan mustaqillik-tafakkur egiluvchanligi, tanqidiy baholash-manba tekshiruvi, hissiy barqarorlik hamda muammoli foydalanish (salbiy asos) integratsiyasiga asoslanib, kognitiv, emotsional, ijtimoiy-madaniy va texnologik-psixologik tuzilmalarni algoritmik idrok bosqichlari orqali modellashtirish asosida aniqlashtirilganligiga doir natijalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi Ilmiy uslubiy kengashining 2025-yil 14- oktyabrdagi PM-145 son buyrug‘iga asosan psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 14- oktyabrdagi PM-145 son ma’lumotnoma). Natijada, ta’lim muassasalari pedagog jamoalarining psixologik ilmiy-nazariy tayyorligini oshirishga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish