Mamirova Feruza Sulaymonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eshitishda nuqsoni mavjud o‘quvchilarda kognitiv jarayonlar rivojlanishining psixologik xususiyatlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/P1451.
Ilmiy rahbar: Kuvandikova Gulnora Gulamovna, Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Karamyan Marietta Xachaturovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Bafaev Muxiddin Muxammatovich psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eshitishda nuqsoni mavjud o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda kognitiv jarayonlar rivojlanishining psixologik xususiyatlarini diagnostika qilish va psixokorreksion trening dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eshitishda nuqsoni mavjud o‘smir o‘quvchilardagi kognitiv farqlanishlarga ko‘ra qizlarda mantiqiy xotira, tanqidiy fikrlash, ko‘rsatmalarni bajarish, jumla to‘ldirish, analogiya o‘rnatish, tushunchalarni qiyoslash va timsollar bilan ishlash, yigitlarda arifmetik amallar va sonlar bilan ishlash ko‘nilmalarining yuqoriligiga asoslanib qizlarda verbal-mantiqiy qayta ishlashga tayanadigan kognitiv, o‘g‘il bolalarda esa hisob-amaliy qayta ishlash strategiyalarining yetakchi harakterga ega ekanligi aniqlangan;
eshitishda nuqsoni mavjud o‘smir o‘quvchilarning kognitiv rivojlanish xususiyatlaridagi differensial farqlarga ko‘ra tug‘ma kar o‘quvchilarda sensor-obrazli qayta ishlashga tayanadigan kognitiv funksiyalar ko‘ruv, taktil va obrazli xotira, tanlovchan diqqat ustunligi, zaif eshituvchi o‘quvchilarda esa verbal-mantiqiy qayta ishlashga bog‘liq kognitiv funksiyalar mantiqiy va mexanik xotira, tanqidiy fikrlash, analogik va arifmetik operatsiyalar nisbatan yuqori rivojlangani isbotlangan;
eshitishda nuqsoni mavjud o‘smir o‘quvchilarda eshitish qobiliyatining tibbiy tasnifiga muvofiq kognitiv rivojlanishning differensial xususiyatlariga bog‘liq holda eshitish qoldig‘ining nisbatan saqlanganligi tufayli 3-darajali o‘quvchilarda mantiqiy va mexanik xotira, mantiqiy tafakkur hamda arifmetik faoliyat ko‘nikmalarining, eshitishning chuqur darajada cheklangan 4-darajali o‘quvchilarda ko‘ruv idroki, obrazli xotira va obrazli tafakkur ko‘rsatkichlari yuqoriligi dalillangan;
eshitishda nuqsoni mavjud o‘smir o‘quvchilarda kognitiv jarayonlarni rivojlantirish uchun psixik funksiyalardagi o‘zgarishlar dinamikasini ta’minlash muhimligiga asoslanib, o‘quvchilarning idrok, diqqat, xotira va tafakkur jarayonlarida ijobiy o‘zgarishlarga korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim muhiti orqali refleksiv-kognitiv boglanish asosida erishish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi “Eshitishda nuqsoni mavjud o‘quvchilarda kognitiv jarayonlar rivojlanishining psixologik xususiyatlari”ni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eshitishda nuqsoni mavjud o‘smir o‘quvchilardagi kognitiv farqlanishlarga ko‘ra qizlarda mantiqiy xotira, tanqidiy fikrlash, ko‘rsatmalarni bajarish, jumla to‘ldirish, analogiya o‘rnatish, tushunchalarni qiyoslash va timsollar bilan ishlash, yigitlarda arifmetik amallar va sonlar bilan ishlash ko‘nilmalarining yuqoriligiga asoslanib qizlarda verbal-mantiqiy qayta ishlashga tayanadigan kognitiv, o‘g‘il bolalarda esa hisob-amaliy qayta ishlash strategiyalarining yetakchi harakterga ega ekanligi aniqlanganligiga oid natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markaz qoshidagi qayta tayorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 17-dekabrdagi PM-199-sonli ma’lumotnomasi) hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatiga tatbiq etildi (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2025-yil 29 apreldagi 02/79-sonli malumotnoma). Natijada, tanlangan psixodiagnostik vositalar o‘rganilayotgan hodisaning hozirgi rivojlanish holatini o‘rganish imkonini bergan;
eshitishda nuqsoni mavjud o‘smir o‘quvchilarning kognitiv rivojlanish xususiyatlaridagi differensial farqlarga ko‘ra tug‘ma kar o‘quvchilarda sensor-obrazli qayta ishlashga tayanadigan kognitiv funksiyalar ko‘ruv, taktil va obrazli xotira, tanlovchan diqqat ustunligi, zaif eshituvchi o‘quvchilarda esa verbal-mantiqiy qayta ishlashga bog‘liq kognitiv funksiyalar mantiqiy va mexanik xotira, tanqidiy fikrlash, analogik va arifmetik operatsiyalar nisbatan yuqori rivojlangani isbotlanganligiga oid ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markaz qoshidagi qayta tayorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Psixofiziologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 17-dekabrdagi PM-199-sonli ma’lumotnomasi) hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatiga tatbiq etildi (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2025-yil 29-apreldagi 02/79-sonli malumotnoma). Natijada, tanlangan psixodiagnostik vositalar o‘rganilayotgan hodisaning hozirgi rivojlanish holatini o‘rganish imkonini bergan;
eshitishda nuqsoni mavjud o‘smir o‘quvchilarda eshitish qobiliyatining tibbiy tasnifiga muvofiq kognitiv rivojlanishning differensial xususiyatlariga bog‘liq holda eshitish qoldig‘ining nisbatan saqlanganligi tufayli 3-darajali o‘quvchilarda mantiqiy va mexanik xotira, mantiqiy tafakkur hamda arifmetik faoliyat ko‘nikmalarining, eshitishning chuqur darajada cheklangan 4-darajali o‘quvchilarda ko‘ruv idroki, obrazli xotira va obrazli tafakkur ko‘rsatkichlari yuqoriligi dalillanganligiga oid ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markaz qoshidagi qayta tayorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Psixofiziologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 17-dekabrdagi PM-199-sonli ma’lumotnomasi) hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatiga tatbiq etildi (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2025-yil 29-apreldagi 02/79-sonli malumotnoma). Natijada, tanlangan psixodiagnostik vositalar o‘rganilayotgan hodisaning hozirgi rivojlanish holatini o‘rganish imkonini bergan;
eshitishda nuqsoni mavjud o‘smir o‘quvchilarda kognitiv jarayonlarni rivojlantirish uchun psixik funksiyalardagi o‘zgarishlar dinamikasini ta’minlash muhimligiga asoslanib, o‘quvchilarning idrok, diqqat, xotira va tafakkur jarayonlarida ijobiy o‘zgarishlarga korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim muhiti orqali refleksiv-kognitiv boglanish asosida erishish zarurligi asoslangan ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markaz qoshidagi qayta tayorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 17-dekabrdagi PM-199-sonli ma’lumotnomasi) hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatiga tatbiq etildi (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2025-yil 29-apreldagi 02/79-sonli malumotnoma). Natijada, eshitishda nuqsoni mavjud o‘quvchilarning kognitv jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan psixokorreksion trening dasturiy taminoti yaratilgan.