Jamoldinova Odinaxon Rasulovnaning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /pedagogika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Ped95
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Yoshlar sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik tamoyillari amal qilishining pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: O.M.Musurmanova, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 16.07.2013.Red.04.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: M.Quronov, pedagogika fanlari doktori, professor, G.V.Novikova, pedagogika fanlari doktori, psixologiya fanlari doktori, professor, S.T.Tursunov, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlar sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik tamoyillari amal qilishining pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotningilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: yoshlar sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik tamoyillari amal qilishining pedagogik mexanizmlarini falsafiy, psixologik, huquqiy, ijtimoiy yondashuvlar asosida takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan;
yoshlarda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, sog‘lom turmush kechirish zaruratini tushunish va anglash, o‘zi va yon-atrofidagilarning sog‘lom turmush madaniyatiga rioya qilishlarini inobatga olgan holda uning rivojlanganlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor yoshlar sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy loyihalar mazmuni va samaradorligi baholangan;
barkamol avlodni tarbiyalashning «oila, mahalla, maktab hamkorligi» konsepsiyasi mazkur jarayonda ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini e’tiborga olgan holda oila, mahalla, ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligi tarzida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik tamoyillari amal qilishining takomillashtirilgan pedagogik mexanizmi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatiga tatbiq etilgan («Kamolot» YoIH MK IQ 2012 yil 10 yanvardagi 01-04/10-sonli qarori). Mazkur mexanizm asosida yoshlarning sog‘lom hayot kechirishi, jismoniy va ma’naviy salomatligini ta’minlashda ishtirok etuvchi 20 ga yaqin tuzilmalar faoliyatida uzviy hamkorlikka hamkorlikka erishilgan, ijtimoiy sheriklik ta’minlangan;
ijtimoiy-pedagogik jihatdan asoslab berilgan yoshlar sog‘lom turmush madaniyatining rivojlanganlik darajasini aniqlash ko‘rsatkichlari «Kamolot» YoIH MK IQ 2012 yil 10 yanvardagi 01-04/10-sonli qarori bilan tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan. Mazkur ko‘rsatkichlar asosida monitoring ishlarini amalga oshirish va maqsadli tashkil etish natijasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi 1,5 barobarga ortgan va yoshlar orasida aniqlangan salbiy holatlar 0,5 martaga kamaygan;
yoshlar sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishda ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini ta’minlashga doir ilmiy-nazariy xulosalardan «Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligi mexanizmi» konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi «Oila, mahalla va ta’lim muassasasi» Jamoat kengashining 2012 yil 19 iyuldagi 1-sonli qarori). Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla, ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini maqsadli, yaxlit pedagogik texnologiya asosida tashkil etish imkoni yaratilgan;
tadqiqotning ilmiy tavsiyalari asosida «Kamolot» YoIH MK 2010 yil 22 apreldagi 01-03/51-sonli qarori bilan Harakatning markaziy va hududiy tuzilmalarida «Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» bo‘limi tashkil etilgan va yoshlar sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishga erishilgan.