Abduraxmanov Sherzod Nazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik-psixologik asoslari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1188.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Telemuradovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik-psixologik asoslarini o‘rganish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning vatanparvarlik xususiyatini tarbiyalashda oila, Vatan oldidagi xatti-harakatlar uchun javobgarlikni his qilish, yurt farovonligi uchun faollik ko‘rsata olishda jamiyat hamda shaxsiy manfaatlarini anglay olish qobiliyatini rivojlanishiga erishish muhimligi tufayli “mas’uliyat” va “tashabbuskorlik” sifatlarini ijtimoiy identifikatsiya asosidagi ijtimoiy ustanovkalarga bog‘liq namoyon bo‘lishi zarurligi isbotlangan;
o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘zaro munosabatlardagi mas’uliyat, tashabbuskorlikning burch hissiga bog‘liq ravishda o‘smirlarni o‘zini tahlil qilish hamda introspeksiya sifatini shakllanishiga ta’sir etishiga asoslanib shaxs refleksiv xususiyatlarini konstruktiv men obrazi orqali rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun mustaqil fikrlash, millat manfaati uchun kurashga tayyorlik, muloqotchanlik sifatlarini tashabbuskorlik va mas’uliyatlilik xususiyatlariga uyg‘un namoyon bo‘lishiga erishish muhimligi tufayli shaxsning guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasiga asoslangan ijtimoiy identifikatsiyani rivojlantirish muhimligi dalillangan;
o‘quvchilarda vatanparvarlikni rivojlantirishda shaxsdagi individualizmni introspeksiya orqali ijtimoiy refleksiyaga transformatsiyalashuvi yurt taqdiriga qayg‘urish bilan bog‘liq shaxsiy muhim qadriyatlarni shakllanishini ta’minlaganligi tufayli internal lokus nazoratning milliy-etnik identifikatsiyaga bog‘liq axloqiy hislarda namoyon bo‘lishi muhimligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik-psixologik asoslarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
o‘quvchilarning vatanparvarlik xususiyatini tarbiyalashda oila, Vatan oldidagi xatti-harakatlar uchun javobgarlikni his qilish, yurt farovonligi uchun faollik ko‘sata olishda jamiyat hamda shaxsiy manfaatlarini anglay olish qobiliyatini rivojlanishiga erishish muhimligi tufayli “mas’uliyat” va “tashabbuskorlik” sifatlarini ijtimoiy identifikatsiya asosidagi ijtimoiy ustanovkalarga bog‘liq namoyon bo‘lishi zarurligi isbatlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-370-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-370a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘zaro munosabatlardagi mas’uliyat, tashabbuskorlikning burch hissiga bog‘liq ravishda o‘smirlarni o‘zini tahlil qilish hamda introspeksiya sifatini shakllanishiga ta’sir etishiga asoslanib shaxs refleksiv xususiyatlarini konstruktiv men obrazi orqali rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-370-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-370a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ta’sir etuvchi omillar samaradorligini asoslab berilgan;
o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun mustaqil fikrlash, millat manfaati uchun kurashga tayyorlik, muloqotchanlik sifatlarini tashabbuskorlik va mas’uliyatlilik xususiyatlariga uyg‘un namoyon bo‘lishiga erishish muhimligi tufayli shaxsning guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasiga asoslangan ijtimoiy identifikatsiyani rivojlantirish muhimligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-370-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-370a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tadqiq qilishga oid psixodiagnostik tekshiruvlarni amalga oshirish va tizimlashtirilgan;
o‘quvchilarda vatanparvarlikni rivojlantirishda shaxsdagi individualizmni introspeksiya orqali ijtimoiy refleksiyaga transformatsiyalashuvi yurt taqdiriga qayg‘urish bilan bog‘liq shaxsiy muhim qadriyatlarni shakllanishini ta’minlaganligi tufayli internal lokus nazoratning milliy-etnik identifikatsiyaga bog‘liq axloqiy hislarda namoyon bo‘lishi muhimligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-370-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-370a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda vatanparvarlikning yetakchi strategiyalari haqidagi tasavvurga asoslanib, shaxs sohasiga korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishning yangi mazmundagi amaliy-uslubiy ta’minotini shakllantirish.