Ibragimov Aziz Tulkunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda kasbiy-shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning psixologik asoslari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P916.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Dustqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Baratov Xumoyun Sharifovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: talabalarda kasbiy-shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning psixologik asoslarini empirik jihatdan o‘rganish hamda mazkur asosni shakllantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kasbiy-shaxsiy sifatlari «o‘zini kasbda ko‘rish», «kasbiy maqsadlarni avvaldan belgilash», «kasbiy mas’uliyat», «kasbiy progressiya» xususiyatlarining ta’lim jarayoniga bog‘liq shakllanishiga asoslanib, kasbiy faoliyatga konstruktiv hissiy munosabatning professional yo‘nalganlik negizida namoyon bo‘lishiga identiv rivojlanishi  isbotlangan;
talabalarda muloqot uslubi kasbiy-shaxsiy sifatlarni rivojlantirishda muhim psixologik determinant ekanligiga asoslanib, sub’ekt-sub’ekt munosabatlaridagi professional kommunikativ moslashuvchanlik demokratik yondashuv ta’sirida kasbiy identifikatsiyaga bog‘liq vektorli namoyon bo‘lishi aniqlangan;
talabalarda shaxsiy yo‘nalganligiga ko‘ra odamlarga va faoliyatga yo‘nalganlikning o‘zini kasbda ko‘rish, professional maqsadlar belgilash va mas’uliyat hissi bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib kasbiy-shaxsiy sifatlarni pedagogik identifikatsiya orqali rivojlantirishda muhim psixologik omil ekanligi aniqlangan;
talabalarda kasbiy-shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda o‘zini kasbda ko‘rish retrospektiv va perspektiv, professional maqsadlarni anglash esa vaziyatli introspeksiya bilan bog‘liq namoyon bo‘lishiga asoslanib pedagogik faoliyatga tayyorlik orqali shakllanuvchi refleksiv xususiyatlar muhim determinant ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda kasbiy-shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning psixologik asoslarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda kasbiy-shaxsiy sifatlari «o‘zini kasbda ko‘rish», «kasbiy maqsadlarni avvaldan belgilash», «kasbiy mas’uliyat», «kasbiy progressiya» xususiyatlarining ta’lim jarayoniga bog‘liq shakllanishiga asoslanib, kasbiy faoliyatga konstruktiv hissiy munosabatning professional yo‘nalganlik negizida namoyon bo‘lishiga identiv rivojlanishi  isbotlangan ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-472-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-472-a-sonli maʼlumotnomasi). Natijada talabalarlarining kasbiy-shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi muhim omillar aniqlangan.
talabalarda muloqot uslubi kasbiy-shaxsiy sifatlarni rivojlantirishda muhim psixologik determinant ekanligiga asoslanib, sub’ekt-sub’ekt munosabatlaridagi professional kommunikativ moslashuvchanlik demokratik yondashuv ta’sirida kasbiy identifikatsiyaga bog‘liq vektorli namoyon bo‘lishi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-472-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-472-a-sonli maʼlumotnomasi). Natijada talabalarning kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishning psixologik mexanizmlarini takomillashtirish ahamiyati ochib berilgan. 
talabalarda shaxsiy yo‘nalganligiga ko‘ra odamlarga va faoliyatga yo‘nalganlikning o‘zini kasbda ko‘rish, professional maqsadlar belgilash va mas’uliyat hissi bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib kasbiy-shaxsiy sifatlarni pedagogik identifikatsiya orqali rivojlantirishda muhim psixologik omil ekanligi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-472-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-472-a-sonli maʼlumotnomasi). Natijada talabalarining kasbiy-shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi kommunikativ qobiliyatlar, refleksiya, emotsional holatlarning ahamiyati aniqlashtirilgan. 
talabalarda kasbiy-shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda o‘zini kasbda ko‘rish retrospektiv va perspektiv, professional maqsadlarni anglash esa vaziyatli introspeksiya bilan bog‘liq namoyon bo‘lishiga asoslanib pedagogik faoliyatga tayyorlik orqali shakllanuvchi refleksiv xususiyatlar muhim determinant ekanligi aniqlanganligiga doir ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-472-sonli buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-472-a-sonli maʼlumotnomasi). Natijada talabalarda o‘zini anglash, kasbiy motivatsiya, kommunikativ qobiliyatlar, refleksiya va emotsional barqarorlikni rivojlantirish mexanizmlari ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish