Xusainov Xasan Baratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Byudjet tashkilotlarida ichki auditni takomillashtirish”, 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt1908.
Ilmiy rahbar: Mexmonov Sultonali Umaralievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Byudjet tashkilotlarida ichki auditni samarali tashkil etish va uning uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
byudjet tizimi byudjetlarida takroriy va asossiz moliyaviy nazorat tadbirlarini o‘tkazishning oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalarini Hisob palatasi bilan majburiy tartibda kelishish taklif etilgan;
2025-yildan boshlab ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlar faoliyatini ichki auditdan o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida smeta xarajatlarini rejalashtirish, tasdiqlash va ijro etish jarayonlarining shaffofligini oshirish maqsadida ichki audit tizimi samaradorligini baholashda dekadalar kesimidagi ekspress-audit ko‘rsatkichlarini qo‘llash mexanizmini ishlab chiqish taklif etilgan;
byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmati tomonidan ichki nazorat tizimining samarali yo‘lga qo‘yilishini baholashda xalqaro COSO “Internal Control - Integrated Framework” baholash modelidan foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Byudjet tashkilotlarida ichki auditni samarali tashkil etish va uning uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
byudjet tizimi byudjetlarida takroriy va asossiz moliyaviy nazorat tadbirlarini o‘tkazishning oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalarini Hisob palatasi bilan majburiy tartibda kelishish tizimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PF-100-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi”ning 2025-yil 10-noyabrdagi 05-9060-sonli ma’lumotnomasi). byudjet tizimi doirasida takroriy va asossiz moliyaviy nazorat tadbirlarining oldi olinadi. Natijada, davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlari faoliyati Hisob palatasi bilan muvofiqlashtirilishi orqali bir xil obektlarni qayta-qayta tekshirish holatlari kamayishiga xizmat qilgan.
2025-yildan boshlab ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlar faoliyatini ichki auditdan o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-100-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi”ning 2025-yil 10-noyabrdagi 05-9060-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklifni amaliyotga joriy etish orqali davlat ishtirokidagi xo‘jalik subektlarida moliyaviy intizom va shaffoflik darajasini oshirish, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash hamda ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirishga xizmat qilgan.
oliy ta’lim muassasalarida smeta xarajatlarini rejalashtirish, tasdiqlash va ijro etish jarayonlarining shaffofligini oshirish maqsadida ichki audit tizimi samaradorligini baholashda dekadalar kesimidagi ekspress-audit ko‘rsatkichlarini qo‘llash mexanizmini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-100-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi”ning 2025-yil 10-noyabrdagi 05-9060-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi oshadi. Xarajatlar har 10 kunlik davr kesimida monitoring qilinishi natijasida mablag‘larning harakati ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi. Bu esa smeta ijrosi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni erta bosqichda aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish imkonini beradi.
byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmati tomonidan ichki nazorat tizimining samarali yo‘lga qo‘yilishini baholashda xalqaro COSO “Internal Control - Integrated Framework” baholash modelidan keng foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025-2027 yillarda Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 16-iyuldagi 446-son qarorini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 17-noyabrdagi 27-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi ortib, moliyaviy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanish ta’minlanadi, ortiqcha va asossiz xarajatlarning oldi olinadi. COSO modeli asosida risklarni boshqarish tizimining takomillashuvi esa moliyaviy va operatsion xavflarni minimallashtirish imkonini beradi.