Ataismatov Iqboljon Zumratjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”; 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5204
Ilmiy rahbar: Kadirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.19.05.
Rasmiy opponentlar: Kambarov Jamolldin Xikmatillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini resurslar va natijalar nisbatini aniqlash hamda har bir iqtisodiy zonaning boshqaruv samaradorligini indekslar asosida guruhlash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
erkin iqtisodiy zonalarni boshqaruvida institutsional mexanizmlarni takomillashtirish maqsadida “Shaffoflik”, “Hisobdorlik”, “Adaptivlik” va “inklyuzivlik” tamoyillariga asoslangan “EIZ Rivojlantirish maslahat kengashi” modeli taklif etilgan;
EIZ direksiyasi tarkibiy tuzilmasi erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yuritayotgan biznes subektlari uchun loyihalarni baholash, eksportga ko‘maklashish, xalqaro sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil qilingan boshqaruv tuzilmasini kiritish orqali takomillashtirilgan;
erkin iqtisodiy zonalar boshqaruv faoliyatini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellar orqali baholash asosida “Qo‘qon” EIZda mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi EIZlar faoliyatini boshqarishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini resurslar va natijalar nisbatini aniqlash hamda har bir iqtisodiy zonaning boshqaruv samaradorligini indekslar asosida guruhlash uslubiyoti bo‘yicha berilgan taklif Erkin iqtisodiy zonalar direksiyasi faoliyatida foydalanilgan(“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zona direksiyasi davlat muassasi 2026-yil 14-apreldagi Fr/-02.312-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida EIZda resurslardan foydalanish samaradorligini aniqlash, samarali va samarasiz zonalarni guruhlash, drayver zonalarni ajratish, resurslar sig‘imi va natijalar oqimini hamda EIZlar kesimida boshqaruv samaradorligi darajasini baholash imkoniyatlari yaxshilanib, har bir zona bo‘yicha investision siyosatga oid strategiyani takomillashuviga xizmat qilgan;
erkin iqtisodiy zonalarni boshqaruvida institutsional mexanizmlarni takomillashtirish maqsadida “Shaffoflik”, “Hisobdorlik”, “Adaptivlik” va “inklyuzivlik” tamoyillariga asoslangan “EIZ Rivojlantirish maslahat kengashi” modeli bo‘yicha berilgan taklif Erkin iqtisodiy zonalar direksiyasi faoliyatida foydalangan(“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zona direksiyasi davlat muassasi 2026-yil 14-apreldagi Fr/-02.312-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi shaffof axborot siyosati va inklyuziv muloqotning shakllanishiga va bu o‘z navbatida investorlar faolligi kuchayib, investisiya oqimlarini ortishiga, hisobdorlik va tahliliy nazoratni kuchayishi esa resurslardan samarali foydalanish darajasini yaxshilanishiga xizmat qilib, erkin iqtisodiy zonalarda boshqaruv samaradorligi va loyihalar natijadorligini ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
EIZ direksiyasi strukturasi tarkibiga erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yuritayotgan biznes subektlari uchun loyihalarni baholash, eksportga ko‘maklashish, xalqaro sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil qilingan boshqaruv tuzilmasini kiritish taklifi Erkin iqtisodiy zonalar direksiyasi faoliyatida foydalangan(“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zona direksiyasi davlat muassasi 2026-yil 14-apreldagi Fr/-02.312-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi boshqaruvda byurokratik omillarni kamayishiga, qaror qabul qilish jarayonini tezlashishiga, zamonaviy boshqaruv usullardan foydalanishga ijobiy ta’sir etib, xarajatlarni optimallashtirishga, loyihalar samaradorligini oshirishga va investision muhitni yaxshilanishiga xizmat qilgan;
erkin iqtisodiy zonalar boshqaruv faoliyatini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellar orqali baholash asosida “Qo‘qon” EIZda mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Erkin iqtisodiy zonalar direksiyasi faoliyatida foydalangan(“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zona direksiyasi davlat muassasi 2026-yil 14-apreldagi Fr/-02.312-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi hududning iqtisodiy rivojlanishining o‘rta va uzoq muddatli yo‘nalishlarini aniq belgilash, resurslarni maqsadli taqsimlash, mehnat bozorini rivojlantirish, ya’ni zarur kadrlar tayyorlash strategiyalarni ishlab chiqishga ta’sir ko‘rsatib, infratuzilmalarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirishga xizmat qilgan.