Xolmatova Zarnigor Dilmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda o‘tkir gerpetik va kandidozli stomatitlarni davolash kompleksini optimallashtirish» 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2856.
Ilmiy rahbar: Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc. 06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Bekjanova Ol`ga Esenevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ermuxanova Guljan Tleumxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Y.A.Vagner nomidagi Perm davlat tibbiyot universiteti, (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda o‘tkir gerpetik va kandidozli stomatitini kompleks davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir gerpetik va kandidozli stomatitda virus - zamburug‘ assotsiatsiyaning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga kompleks ta’siri natijasida, mahalliy immun himoya tizimi faoliyatida lizotsim miqdorining 35%ga, sekretor IgA (sIgA) ning 45%ga hamda fagotsitoz faolligining 35%ga pasayishi aniqlangan;
o‘tkir gerpetik va kandidozli stomatitli bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mikroflora tarkibidagi (c. tropicalis, c. glabrata, c. krusei va c.parapsilosis) turlari sababli ushbu shtammlarining o‘zaro biotrofik aloqalar natijasida barqaror bioplyonka hosil qilishi mikrobiologik jihatdan asoslangan;
ishlab chiqilgan kompleks davolash usulini amaliyotga tatbiq etish natijasida 96,7% bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining nospesifik immun himoya mexanizmlari faollashishi, 81,8% bemorlarda disbiotik o‘zgarishlarning kamayishi va yallig‘lanish mediatorlari miqdorining 2 baravar pasayishi va regeneratsiya jarayonlarining jadallashishi isbotlangan;
o‘tkir gerpetik va kandidozli stomatit bilan kasallangan bolalarda klinik-immunologik va mikrobiologik ko‘rsatkichlar tahlili asosida tashxislash hamda kompleks davolashning takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda o‘tkir gerpetik va kandidozli stomatitlarni davolash kompleksini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar joriy kilinishi (O‘zbekiston respublikasi cog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 15 sentyabrdagi №18/07-son xulosasi) asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir gerpetik va kandidozli stomatitda virus va zamburug‘ assotsiatsiyaning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga kompleks ta’siri natijasida mahalliy immun himoya tizimi faoliyatida lizotsim miqdorining 35%ga, sekretor IgA (sIgA) ning 45%ga hamda fagotsitoz faolligining 35%ga pasayishi aniqlanganligi Buxoro viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi va Xorazm viloyati bolalar stomatologiyasi poliklinikasi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 15 sentyabrdagi №18/07-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir gerpetik va kandidoz stomatit bilan kasallangan bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi hamda shilliq qavat shikastlanishlari aniqlanganligini hisobga olgan holda, ularning sabab omillarini erta aniqlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar asosida kasallikni erta tashxislashga erishildi; iqtisodiy samaradorlik: o‘tkir gerpetik va kandidoz stomatit bilan kasallangan bolalarda aniqlangan klinik-morfologik belgilar asosida qo‘shimcha tekshiruv usullariga bo‘lgan ehtiyoj kamaydi, natijada har bir bemor hisobiga o‘rtacha 150000 so‘m iqtisodiy samara yaratildi. Xulosa: o‘tkir gerpetik va kandidoz stomatit bilan og‘rigan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ining mahalliy immun himoyasi sezilarli darajada pasaygani aniqlandi (lizotsim, sIgA va fagotsitoz ko‘rsatkichlari). Bu o‘zgarishlar kasallikning og‘ir kechishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularni hisobga olgan holda erta tashxis qo‘yish va to‘g‘ri davolashni tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Shu orqali davolash samaradorligi oshdi va ortiqcha tekshiruvlarga ehtiyoj kamaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir gerpetik va kandidozli stomatitli bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mikroflora tarkibidagi (c. tropicalis, c. glabrata, c. krusei va c.parapsilosis) turlari sababli ushbu shtammlarining o‘zaro biotrofik aloqalar natijasida barqaror bioplyonka hosil qilishi mikrobiologik jihatdan asoslanganligi Buxoro viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi va Xorazm viloyati bolalar stomatologiyasi poliklinikasi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 15 sentyabrdagi №18/07-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasini aniq o‘rganish va shtammlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni bilish orqali kasallik sabablarini ertaroq aniqlash va davolashni to‘g‘ri tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha laborator tekshiruvlarga ehtiyoj kamaydi, natijada har bir bemor uchun o‘rtacha 185000 so‘m iqtisodiy samaraga erishildi. Xulosa: o‘tkir gerpetik va kandidoz stomatitli bolalarda Candida turlarining birga uchrashi va bioplyonka hosil qilishi kasallikning kechishiga ta’sir qiladi. Bu ma’lumotlar asosida kasallikni erta aniqlash va davolashni maqsadli tashkil etish mumkin bo‘ldi, bu esa davolash samaradorligini oshirishga yordam berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan kompleks davolash usulini amaliyotga tatbiq etish natijasida 96,7% bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining nospesifik immun himoya mexanizmlari faollashishi, 81,8% bemorlarda disbiotik o‘zgarishlarning kamayishi va yallig‘lanish mediatorlari miqdorining 2 baravar pasayishi va regeneratsiya jarayonlarining jadallashishi isbotlanganligi Buxoro viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi va Xorazm viloyati bolalar stomatologiyasi poliklinikasi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 15 sentyabrdagi №18/07-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tashxis va kompleks davolash usulini amaliyotga joriy qilish orqali kasallikni erta aniqlash, davolash samaradorligini oshirish, qayta kasallanish holatlarini kamaytirish va bolalarning sog‘ayish muddatini qisqartirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: ortiqcha tekshiruvlar va dori vositalariga ehtiyoj kamaydi, davolash muddati qisqardi va asoratlarni davolash bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlar oldi olindi. Natijada har bir bemor uchun o‘rtacha 650000 so‘m iqtisodiy samaraga erishildi. Xulosa: ul`trabinafsha nurlar qo‘llanilgan kompleks davolash bolalarda mahalliy immunitetni faollashtirishga, yallig‘lanishni kamaytirishga va to‘qimalar tiklanishini tezlashtirishga yordam beradi. Bu esa davolash samaradorligini oshirib, kasallikning tezroq bartaraf bo‘lishiga xizmat qiladi.
turtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir gerpetik va kandidozli stomatit bilan kasallangan bolalarda klinik-immunologik va mikrobiologik ko‘rsatkichlar tahlili asosida tashxislash hamda kompleks davolashning takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilganligi Buxoro viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi va Xorazm viloyati bolalar stomatologiyasi poliklinikasi amaliyotiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 15 sentyabrdagi №18/07-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kompleks davolashda ul`trabinafsha nurlardan foydalanish orqali kasallikni davolash muddati qisqardi, og‘riq va yallig‘lanish tezroq kamaydi. Bu bolalarning tezroq sog‘ayishiga, qayta kasallanishning oldini olishga va hayot sifati yaxshilanishiga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: davolashga ul`trabinafsha nurlarni qo‘shish orqali yallig‘lanishni bartaraf etish, to‘qimalar tiklanishini tezlashtirish va mikroflorani normal holatga keltirishda yaxshi natijalarga erishildi. Davolash muddati va dori vositalari kamaydi, qo‘shimcha xizmatlarga ehtiyoj qisqardi. Natijada har bir bemor uchun o‘rtacha 850000 so‘m iqtisodiy samaraga erishildi. Xulosa: ishlab chiqilgan tashxis va kompleks davolash algoritmi bolalarda kasallikni samarali nazorat qilishga yordam beradi. Ul`trabinafsha nurlar qo‘llanilishi davolashni tezlashtiradi, og‘riq va yallig‘lanishni kamaytiradi hamda kasallikning qayta qaytish xavfini pasaytiradi. Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bolalarda gerpetik va kandidoz stomatitlarni erta tashxislash hamda kompleks davolash sifatini oshirishga, asoratlar ulushini kamaytirishga, sog‘lomlashish muddatini qisqartirishga va bolalarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi.