Abduganieva Arofat Ermaxamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir ichak infeksiyalarining epidemiologik xususiyatlari taxlili asosida profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5264.
Ilmiy rahbar: Fattaxov Nusratullo Xamidullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.06/2025.27.12.Tib.21.02.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xatam Xasanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boltaboev Ulug‘bek Abdusalimovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir ichak infeksiyalarining zamonaviy ko‘rinishlarini tavsiflash hamda epidemiologik tahlili asosida profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyatida o‘tkir ichak infeksiyalari tuzilmasida yuqori kontagiozli Norovirus (GII genotiplari), Rotavirus A (G9, G12 shtammlari), Astrovirus, Sapovirus, Adenovirus F40/F41, Aichivirus (Kobuvirus) va Human bocavirus enterotrop viruslarning yetakchi etiologik omil sifatida infeksiyani qo‘zg‘atuvchi va epidemik jarayonni shakllantiruvchi roli aniqlangan;
o‘tkir ichak infeksiyalari tuzilmasida yuqori kontagiozli virus agentlarining ichak epiteliysiga tropizmi, enterotsitlarda intensiv replikatsiyasi va sitopatik ta’siri qilishi orqali enterotsit destruksiyasi, disaxaridaz etishmovchiligi, sekretor IgA va interferonlar nisbiy samarasiz faollashuvi hamda yallig‘lanish mediatorlari kaskadining kuchayishi natijasida intoksikatsiya rivojlanib, infeksion jarayon shakllanishi patogenetik jihatdan asoslangan;
o‘tkir ichak infeksiyalari kasalligida bir vaqtning o‘zida 8 ta virus va bakteriya qo‘zg‘atuvchilarini aniqlovchi molekulyar diagnostika klinik amaliyotga tadbiq etilib kasallikni yashirin davrda verifikatsiya qilish va statsionar davolanish muddatini (koyka-kunini) qisqartirish imkonini beruvchi yuqori samarali diagnostik usul sifatida asoslangan;
moslashtirilgan SIRS epidemiologik-matematik modeli o‘tkir ichak infeksiyalarining epidemik jarayoni transformatsiyasini prognozlash, o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarning prognostik samaradorligini miqdoriy ko‘rsatkichlarda verifikatsiyalash hamda aholining demografik va ijtimoiy determinantlari asosida xavf guruhlarini stratifikatsiyalash imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona viloyatida o‘tkir ichak infeksiyalari bilan og‘rigan bemorlarning klinik-epidemiologik, laborator tashhisot tekshiruv usullari ko‘rsatkichlari ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona viloyatida o‘tkir ichak infeksiyalari tuzilmasida yuqori kontagiozli Norovirus (GII genotiplari), Rotavirus A (G9, G12 shtammlari), Astrovirus, Sapovirus, Adenovirus F40/F41, Aichivirus (Kobuvirus) va Human bocavirus enterotrop viruslarning yetakchi etiologik omil sifatida infeksiyani qo‘zg‘atuvchi va epidemik jarayonni shakllantiruvchi roli aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan yilning 29-maydagi №01-02/u-t-07-son bilan tasdiqlangan «O‘tkir bakterial va virusli ichak infeksiyalarida laborator tahlilni olib borish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 26.11.2024 yildagi 111-son hamda Farg‘ona viloyat 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasining 16.01.2024 yildagi 9A–sonli va Marg‘ilon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasining 05.01.2024 yildagi 3K-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir ichak infeksiyalarini erta tashhislashga, og‘ir darajadagi suvsizlanishni oldini olishga qaratilgan tibbiy xizmat sifatini oshirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: 1 bemorning o‘rtacha davolanish davomiyligi bakteriologik tahlildan so‘ng davolanish uchun tadqiqotda ko‘rsatib o‘tilgan 4,5 kundan PZR testidan keyin 3,9 kunga qisqargan;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir ichak infeksiyalari tuzilmasida yuqori kontagiozli virus agentlarining ichak epiteliysiga tropizmi, enterotsitlarda intensiv replikatsiyasi va sitopatik ta’siri qilishi orqali enterotsit destruksiyasi, disaxaridaz etishmovchiligi, sekretor IgA va interferonlar nisbiy samarasiz faollashuvi hamda yallig‘lanish mediatorlari kaskadining kuchayishi natijasida intoksikatsiya rivojlanib, infeksion jarayon shakllanishi patogenetik jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan yilning 29-maydagi №01-02/u-t-07-son bilan tasdiqlangan «O‘tkir bakterial va virusli ichak infeksiyalarida laborator tahlilni olib borish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 26.11.2024 yildagi 111-son hamda Farg‘ona viloyat 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasining 16.01.2024 yildagi 9A–sonli va Marg‘ilon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasining 05.01.2024 yildagi 3K-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Profilaktik chora-tadbirlarning optimallashtirilishi infeksion jarayon shakllanishini to‘xtatadi va kasallanish darajasini kamaytirishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikning diagnostikasi, davolash va profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarining kamayishiga erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir ichak infeksiyalari kasalligida bir vaqtning o‘zida 8 ta virus va bakteriya qo‘zg‘atuvchilarini aniqlovchi molekulyar diagnostika klinik amaliyotga tadbiq etilib kasallikni yashirin davrda verifikatsiya qilish va statsionar davolanish muddatini (koyka-kunini) qisqartirish imkonini beruvchi yuqori samarali diagnostik usul sifatida asoslanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan yilning 29-maydagi №01-02/u-t-07-son bilan tasdiqlangan «O‘tkir bakterial va virusli ichak infeksiyalarida laborator tahlilni olib borish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 26.11.2024 yildagi 111-son hamda Farg‘ona viloyat 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasining 16.01.2024 yildagi 9A–sonli va Marg‘ilon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasining 05.01.2024 yildagi 3K-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘IIni erta tashxislashda PZRning yuqori samaradorligi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: natijani olish muddati 12 soatgacha qisqardi, kasalxonada yotish davomiyligi 0,6-0,9 kunga, davolanish xarajatlari esa 13,8-15,4% ga qisqardi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: moslashtirilgan SIRS epidemiologik-matematik modeli o‘tkir ichak infeksiyalarining epidemik jarayoni transformatsiyasini prognozlash, o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarning prognostik samaradorligini miqdoriy ko‘rsatkichlarda verifikatsiyalash hamda aholining demografik va ijtimoiy determinantlari asosida xavf guruhlarini stratifikatsiyalash imkonini berishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan yilning 29-maydagi №01-02/u-t-07-son bilan tasdiqlangan «O‘tkir bakterial va virusli ichak infeksiyalarida laborator tahlilni olib borish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 26.11.2024 yildagi 111-son hamda Farg‘ona viloyat 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasining 16.01.2024 yildagi 9A–sonli va Marg‘ilon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasining 05.01.2024 yildagi 3K-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kasallikga erta tashxis qo‘yish, izolyasiya qilish sharoitida infeksiyaning yuqish koeffisienti pasayadi. Iqtisodiy samaradorligi: Sog‘ayish tezligining oshishi (p2 > 0,5) infeksiyaning to‘liq eliminatsiyasiga hissa qo‘shadi, bu esa profilaktikaning potensial 100% samaradorligini ko‘rsatadi.