Abdulxafizov Abduraxmon Abdurasul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Migrenoz insul`tning prediktorlari va yuqori xavf guruhidagi shaxslar uchun profilaktik tadbirlar”, 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6153.
Ilmiy rahbar: Muradimova Al`fiya Rashidovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.06/2025.27.12.Tib.21.02.
Rasmiy opponenetlar: Suyarkulova Madhiya Erkinovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Alijanova Durdona Abdullajanovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: migrenli insul`tning asosiy prediktorlarini aniqlash va uning rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar uchun samarali profilaktika choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
migrenoz insul`t yosh va mehnatga layoqatli ayollarda yukori dozadagi estrogenlar endotelial funksiyaga salbiy ta’siri natijasida azot oksidi (NO) sintezining kamayishi, proinflamator sitokinlar faolligining oshishi va trombotsitlar agregatsiyasining kuchayishi CSD to‘lqinining osonroq yuzaga kelishiga va davomli vazospazm mexanizmlarini faollashtirishi orqali migrenoz insul`t rivojlanish xavfini patogenetik jihatdan keskin oshirishi aniqlangan; 
migrenoz insul`tda kortikal spreding depressiya (CSD) va tranzitor vazospazmdan keyingi reperfuziya hamda kollateral qon aylanishining yuqori funksional zahirasi nevrologik defisitning engil va o‘rtacha darajada (NIHSS 0-15 ball) kechishini ta’minlovchi ijobiy prognostik omillar sifatida asoslangan va bemorlarda funksional tiklanish imkoniyatlari yuqoriligini (Renkin 0-2 ball) oldindan aytish hamda individual reabilitatsiya va ikkilamchi profilaktika choralarini optimallashtirish imkonini berishi asoslangan;
aurali migren` bilan og‘rigan bemorlarda qon ivish vaqti va AChTV qisqargani va fibrinogen darajasi oshgani natijasida giperkoagulyasion holat shakllanishi migrenoz insul`t rivojlanishining asosiy prediktori sifatida isbotlangan va ishemik asoratlarning oldini olish va profilaktik skrining o‘tkazish zaruratini patogenetik jihatdan asoslangan; 
aurali migren` bilan og‘rigan ayollarda qon zardobidagi endotelin-1 (ET-1) miqdorining patologik ortishi (≥ 12,0 fmol/l) serebral angiospazm va mahalliy ishemiya shakllanishining asosiy determinanti hamda migrenoz insul`tning erta diagnostik markeri sifatida isbotlangan, va qon aylanish tizimining endotelinergik reaksiyalarini nazorat qilish orqali ishemik asoratlar xavfini yuqori bo‘lgan bemorlarni profilaktik skrining qilish va individual prognozlash zarurati isbotlangan;
migrenoz insul`tda dominant yarim shardagi yuqori metabolik faollik va vazoreaktivlik natijasida ishemik o‘zgarishlarning asosan chap o‘rta miya arteriyasi havzasida lokalizatsiyalanishi hamda tepa va ensa bo‘laklarining medial qismlarida lokal ishemik o‘choqlar shakllanishi patogenetik jihatdan asoslangan va mazkur neyrogemodinamik va laborator markerlar asosida ishlab chiqilgan binar logistik regressiya modeli yosh ayollarda ishemik asoratlar xavfini individual baholash, bemorlarni tibbiy skrining jarayonida tabaqalashtirish va yuqori aniqlikdagi erta profilaktikani ta’minlash imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Migrenoz insul`t bilan og‘rigan bemorlarda olingan klinik-nevrologik, neyropsixologik, biokimyoviy, dopplerografik va neyrovizualizatsion ko‘rsatkichlar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: migrenoz insul`t yosh va mehnatga layoqatli ayollarda yukori dozadagi estrogenlar endotelial funksiyaga salbiy ta’siri natijasida azot oksidi (NO) sintezining kamayishi, proinflamator sitokinlar faolligining oshishi va trombotsitlar agregatsiyasining kuchayishi CSD to‘lqinining osonroq yuzaga kelishiga va davomli vazospazm mexanizmlarini faollashtirishi orqali migrenoz insul`t rivojlanish xavfini patogenetik jihatdan keskin oshirishi aniqlangan. Mazkur natijalar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025-yil 04-iyuldagi 01-02/u-t-68-son qarori bilan tasdiqlangan “Aurali migren` bilan kasallangan bemorlarda migrenli insul`tni erta tashxislashni optimallashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Taqdim etilgan takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (07.07.2025-yildagi 74/1-sonli buyruq) hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomidagi klinikasi (28.08.2025-yildagi 111 i/sh-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 2-dekabrdagi 20/11-son xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan diagnostik yondashuv migrenoz insul`t rivojlanishini erta prognoz qilish imkonini beradi hamda insul`tdan keyingi asoratlar sifatida depressiya, kognitiv va psixoemotsional buzilishlar rivojlanish xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kognitiv buzilishlarni kompleks tashxislash uchun taklif etilgan algoritmni joriy etish an’anaviy usulga nisbatan iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi: iqtisodiy samaradorlik koeffisienti K = 0,5 bo‘lganda bitta bemor uchun 620000 so‘mni, 65 kishidan iborat butun kontingent uchun esa 40300000 so‘mni tashkil etadi, bu esa ushbu usulni klinik amaliyotda qo‘llashning oqilonaligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Bu taklif etilgan usullarning nafaqat klinik samaradorligini, balki ularning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini ham tasdiqlaydi. Xulosa: taklif etilgan diagnostik yondashuv yosh ayollarda estrogen bilan induksiyalangan endotelial disfunksiyaning CSD, vazospazm hamda migrenoz insul`t rivojlanish xavfi ortishidagi rolini tasdiqlaydi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: migrenoz insul`tda kortikal spreding depressiya (CSD) va tranzitor vazospazmdan keyingi reperfuziya hamda kollateral qon aylanishining yuqori funksional zahirasi nevrologik defisitning engil va o‘rtacha darajada (NIHSS 0-15 ball) kechishini ta’minlovchi ijobiy prognostik omillar sifatida asoslangan va bemorlarda funksional tiklanish imkoniyatlari yuqoriligini (Renkin 0-2 ball) oldindan aytish hamda individual reabilitatsiya va ikkilamchi profilaktika choralarini optimallashtirish imkonini berishi asoslangan. Olingan natijalar nevrologik ko‘rinishlarning xususiyatlarini yaxshiroq tushunishga imkon berdi. Mazkur natijalar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025-yil 04-iyuldagi 01-02/u-t-68-son qarori bilan tasdiqlangan “Aurali migren` bilan kasallangan bemorlarda migrenli insul`tni erta tashxislashni optimallashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Taqdim etilgan takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (07.07.2025-yildagi 74/1-sonli buyruq) hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomidagi klinikasi (28.08.2025-yildagi 111 i/sh-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 2-dekabrdagi 20/11-son xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan diagnostik usul migrenoz insul`t kechishini prognozlashni yaxshilashga, qulay prognozga ega bemorlarni ajratishga hamda individual reabilitatsiyani optimallashtirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kognitiv buzilishlarni kompleks tashxislash uchun taklif etilgan algoritmni joriy etish an’anaviy usulga nisbatan iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi: bitta bemor uchun 620000 so‘mni, 65 kishidan iborat butun kontingent uchun esa 40300000 so‘mni tashkil etadi, bu esa ushbu usulni klinik amaliyotda qo‘llashning oqilonaligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Xulosa: taklif etilgan diagnostik yondashuv bemorlarda kognitiv buzilishlarni kompleks baholashda yuqori iqtisodiy samaradorlikni namoyon etadi, an’anaviy usullar bilan solishtirganda diagnostika xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi va uning klinik amaliyotga joriy etilishining ratsionalligi hamda maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: aurali migren` bilan og‘rigan bemorlarda qon ivish vaqti va AChTV qisqargani va fibrinogen darajasi oshgani natijasida giperkoagulyasion holat shakllanishi migrenoz insul`t rivojlanishining asosiy prediktori sifatida isbotlangan va ishemik asoratlarning oldini olish va profilaktik skrining o‘tkazish zaruratini patogenetik jihatdan asoslangan. Mazkur natijalar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025-yil 04-iyuldagi 01-02/u-t-68-son qarori bilan tasdiqlangan “Aurali migren` bilan kasallangan bemorlarda migrenli insul`tni erta tashxislashni optimallashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Taqdim etilgan takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (07.07.2025-yildagi 74/1-sonli buyruq) hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomidagi klinikasi (28.08.2025-yildagi 111 i/sh-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 2-dekabrdagi 20/11-son xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan diagnostik usul migren` aurasi bilan og‘rigan bemorlarda giperkoagulyasion o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi, bu esa ishemik asoratlarning erta profilaktikasini ta’minlaydi, migrenoz insul`t xavfini kamaytiradi va mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida nogironlik darajasini pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kognitiv buzilishlarni kompleks tashxislash uchun taklif etilgan algoritmni joriy etish an’anaviy usulga nisbatan iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi: iqtisodiy samaradorlik bitta bemor uchun 620000 so‘mni, 65 kishidan iborat butun kontingent uchun esa 40300000 so‘mni tashkil etadi, bu esa ushbu usulni klinik amaliyotda qo‘llashning oqilonaligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Xulosa: taklif etilgan diagnostik usul giperkoagulyasion holat migrenoz insul`tning muhim prediktori ekanligini tasdiqlaydi, bu esa migren` aurasi bilan og‘rigan bemorlarda profilaktik skrining o‘tkazish zarurligini asoslaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: aurali migren` bilan og‘rigan ayollarda qon zardobidagi endotelin-1 (ET-1) miqdorining patologik ortishi (≥ 12,0 fmol/l) serebral angiospazm va mahalliy ishemiya shakllanishining asosiy determinanti hamda migrenoz insul`tning erta diagnostik markeri sifatida isbotlangan, va qon aylanish tizimining endotelinergik reaksiyalarini nazorat qilish orqali ishemik asoratlar xavfini yuqori bo‘lgan bemorlarni profilaktik skrining qilish va individual prognozlash zarurati isbotlangan. Mazkur natijalar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025-yil 04-iyuldagi 01-02/u-t-68-son qarori bilan tasdiqlangan “Aurali migren` bilan kasallangan bemorlarda migrenli insul`tni erta tashxislashni optimallashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Taqdim etilgan takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (07.07.2025-yildagi 74/1-sonli buyruq) hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomidagi klinikasi (28.08.2025-yildagi 111 i/sh-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 2-dekabrdagi 20/11-son xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan diagnostik usul migren` aurasi bilan og‘rigan ayollarda endotelin-1 darajasining oshishini aniqlash imkonini beradi, bu esa serebral angiospazm va ishemik asoratlar xavfini erta diagnostika qilishni ta’minlaydi, migrenoz insul`t uchrashish chastotasini kamaytiradi va yuqori xavf guruhida profilaktikani yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: kognitiv buzilishlarni kompleks tashxislash uchun taklif etilgan algoritmni joriy etish an’anaviy usulga nisbatan iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi: iqtisodiy samaradorlik koeffisienti K = 0,5 bo‘lganda bir bemor uchun 620000 so‘mni, 65 kishidan iborat butun kontingent uchun esa 40300000 so‘mni tashkil etadi, bu esa ushbu usulni klinik amaliyotda qo‘llashning oqilonaligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Xulosa: taklif etilgan diagnostik usul endotelin-1 darajasining oshishi (≥ 12,0 fmol/l) angiospazm va lokal ishemiyaning erta belgisi ekanligini tasdiqlaydi, bu esa uni profilaktik skrining va migrenoz insul`t xavfini individual prognozlashda qo‘llashning asoslanganligini ko‘rsatadi.
beshinchi ilmiy yangilik: migrenoz insul`tda dominant yarim shardagi yuqori metabolik faollik va vazoreaktivlik natijasida ishemik o‘zgarishlarning asosan chap o‘rta miya arteriyasi havzasida lokalizatsiyalanishi hamda tepa va ensa bo‘laklarining medial qismlarida lokal ishemik o‘choqlar shakllanishi patogenetik jihatdan asoslangan va mazkur neyrogemodinamik va laborator markerlar asosida ishlab chiqilgan binar logistik regressiya modeli yosh ayollarda ishemik asoratlar xavfini individual baholash, bemorlarni tibbiy skrining jarayonida tabaqalashtirish va yuqori aniqlikdagi erta profilaktikani ta’minlash imkonini berishi isbotlangan.  Mazkur natijalar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025-yil 04-iyuldagi 01-02/u-t-68-son qarori bilan tasdiqlangan “Aurali migren` bilan kasallangan bemorlarda migrenli insul`tni erta tashxislashni optimallashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Taqdim etilgan takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (07.07.2025-yildagi 74/1-sonli buyruq) hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomidagi klinikasi (28.08.2025-yildagi 111 i/sh-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 2-dekabrdagi 20/11-son xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan diagnostik usul yosh ayollarda ishemik zararlanish zonalarini erta aniqlashni va individual xavfni baholashni yaxshilash imkonini beradi, bu esa asoratlarning o‘z vaqtida oldini olishga, nogironlik darajasini kamaytirishga hamda skrining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: kognitiv buzilishlarni kompleks tashxislash uchun taklif etilgan algoritmni joriy etish an’anaviy usulga nisbatan iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi: iqtisodiy samaradorlik koeffisienti K = 0,5 bo‘lganda bir bemor uchun 620000 so‘mni, 65 kishidan iborat butun kontingent uchun esa 40300000 so‘mni tashkil etadi, bu esa ushbu usulni klinik amaliyotda qo‘llashning oqilonaligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Xulosa: ishlab chiqilgan matematik modelni migren` aurasi bilan og‘rigan bemorlarda ishemik insul`tni prognoz qilishda qo‘llash tekshiruvlarni optimallashtirish va bemorlarni maqsadli monitoring qilish hisobiga diagnostikaning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish