Rasulov Abdimumin Ibragimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxs psixodiagnostikasi metodikalarining ilmiy-amaliy asoslari”, 19.00.01–Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/P3.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019. P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ergashev Po‘lat Sobirovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Shoira Hamidovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi psixologlarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga ko‘ra shaxs psixodiagnostikasi metodikalarining ilmiy-amaliy asoslarini ta’minlash usullari, tamoyillari va talablari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini empirik jihatdan asoslash hamda shaxs so‘rovnomalarini mahalliy muhitda tatbiq etish istiqbollari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixologlar kasbiy tayyorgarligining turli bosqichlarida shaxs to‘g‘risida ma’lumot olishning “L-ma’lumot” (Life record data), “T-ma’lumot” (Objective test data) va “Q-ma’lumot” (Questionnaire data) usullari shaxs psixodiagnostikasi metodikalari bilan samarali ishlashini ta’minlovchi omil ekanligi aniqlangan;
shaxsning psixodiagnostika metodikalarini moslashtirish tadbirlari asosida R.B.Kettellning 13 PG‘ so‘rovnomasi, V.M.Mel`nikov va L.T.Yampol`skiylarning “Psixodiagnostik test”ining mahalliy muhitga moslashtirilgan varianti shakllantirilgan;
shaxs psixodiagnostikasi metodikalarining natijalarni qayta ishlash tizimini unifikatsiyalash asosida “Individuallikning rasmiy dinamik so‘rovnomasi”, EPI, FPI, “Temperament tuzilmasi” so‘rovnomalarining javoblarini qayta ishlash tizimi takomillashtirilgan;
shaxsni tadqiq etish so‘rovnomalarining natijalarini qayta ishlash tizimini unifikatsiyalash asosida samaradorlik, operativlik, qulaylilik va foydalilik xususiyatlarini baholash ko‘rsatchilari shakllantirilgan;
shaxs psixodiagnostikasi metodikalaridan foydalanuvchilarning so‘rovnomalarni moslashtirish va javoblarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq faoliyatlarini samarali tashkil etishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaxs psixodiagnostikasi metodikalarining ilmiy-amaliy asoslarini o‘rganishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
psixologlar kasbiy tayyorgarligining turli bosqichlarida shaxs to‘g‘risida ma’lumot olishning “L-ma’lumot” (Life record data), “T-ma’lumot” (Objective test data) va “Q-ma’lumot” (Questionnaire data) usullari shaxs psixodiagnostikasi metodikalari bilan samarali ishlashini ta’minlovchi omil ekanligi haqidagi ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatida joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 19 noyabrdagi P-M-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlar qayta tayyorlash kursi o‘quv jarayonida psixodiagnostika kursi dasturini ishlab chiqish va tinglovchilarning bitiruv loyiha ishlarida tadqiqot metodikalarini tatbiq qilish faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
shaxsning psixodiagnostik metodikalarini moslashtirish tadbirlari asosida R.B.Kettellning 13 PG‘ so‘rovnomasi, V.M.Mel`nikov va L.T.Yampol`skiylarning “Psixodiagnostik test”ining mahalliy muhitga moslashtirilgan varianti shakllantirilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish va o‘quv jarayonida joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 19 noyabrdagi P-M-9b-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarning shaxsni psixologik baholash, shaxs so‘rovnomalarini qo‘llash, natijalarini qayta ishlash, tahlil va talqin qilishi bo‘yicha uslubiy ta’minoti shakllantirilgan;
shaxs psixodiagnostikasi metodikalarining natijalarni qayta ishlash tizimini unifikatsiyalash asosida “Individuallikning rasmiy dinamik so‘rovnomasi”, EPI, FPI, “Temperament tuzilmasi” so‘rovnomalarining javoblarini qayta ishlash tizimi takomillashtirilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish va o‘quv jarayonida tatbiq qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 19 noyabrdagi P-M-9b-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarni qayta tayyorlash kursi ishlarida metodikalarning javob varaqlarini qayta ishlash tizimini unifikatsiyalash bo‘yicha faoliyatlari samaradorligini oshirishga yordam berilgan;
shaxsni tadqiq etish so‘rovnomalarining natijalarini qayta ishlash tizimini unifikatsiyalash asosida samaradorlik, operativlik, qulaylik va foydalilik xususiyatlarini baholash ko‘rsatkichlari shakllantirilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mintaqaviy markazi o‘quv jarayonida joriy qilingan hamda “Umumiy psixologiya” nomli darslik ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 avgustdagi 89-03-3265-son ma’lumotnomasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-son buyrug‘i, 531-270 raqamli guvohnoma). Natijada psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari va kurs tinglovchilarida metodikalardan tejamkorona va operativ foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining samaradorligini oshishiga erishilgan;
shaxs psixodiagnostikasi metodikalaridan foydalanuvchilarning so‘rovnomalarni moslashtirish va javoblarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq faoliyatlarini samarali tashkil etishga doir tavsiyalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish va o‘quv jarayonida tatbiq qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 19 noyabrdagi P-M-9b-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurs tinglovchilarining so‘rovnomalarni moslashtirish va javoblar blankini takomillashtirish bilan bog‘liq faoliyatlari samarasi oshirilgan.