Axrorova Nilufar Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqalarda talabalar turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari (Markaziy Osiyo mamlakatlari misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3661
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.08.03 
Rasmiy opponentlar: Qodirov Aziz Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor,  Mirzaev Abdulla Tapilovich,  iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.   
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyo misolida mintaqalarda talabalar turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Talabalar turizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’limning raqamli, inklyuziv, barqaror hamda raqobatbardosh rivojlanish xususiyatlariga asoslangan holda akademik mobillik, madaniy singdirilish, shaxsiy rivojlanish hamda tajriba orttirish komponentlari asosida ko‘p darajali ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tizim sifatida takomillashtirilgan;
tizimli yondashuvga ko‘ra Markaziy Osiyoda talabalar turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini uch darajali (makro, mezo, mikro) boshqaruv tuzilmasiga asoslangan raqamli platformalar orqali multiplikativ iqtisodiy samaraga erishish mumkinligi dalillangan; 
 talabalar mobilligini baholashda siyosiy-institutsional ochiqlik, iqtisodiy mavqelik, ijtimoiy-madaniy integratsiya, texnologik infratuzilma, huquqiy muhit  besh subindeksi bo‘yicha “integral baholash tizimi va shkalasiga asolangan “21 ko‘rsatkichli TTMI (Talabalar turizmi mobillik indeksi)"  monitoring qilish mualliflik usuli taklif etilgan;
talabalar turizmiga ta’sir etuvchi omillarni iqtisodiy baholash orqali Markaziy Osiyo davlatlariga keladigan xorijiy talabalar sonining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqalarda talabalar turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
“Talabalar turizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’limning raqamli, inklyuziv, barqaror hamda raqobatbardosh rivojlanish xususiyatlariga asoslangan holda akademik mobillik, madaniy singdirilish, shaxsiy rivojlanish hamda tajriba orttirish komponentlari asosida ko‘p darajali ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tizim sifatida takomillashtirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabr 543-son “2022–2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-oktyabrdagi 03-10-17-10691-sonli ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida talabalar turizmi sohasida xizmatlar sifati va diversifikatsiyasi darajasi oshirilgan;
tizimli yondashuvga ko‘ra Markaziy Osiyoda talabalar turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini uch darajali (makro, mezo, mikro) boshqaruv tuzilmasiga asoslangan raqamli platformalar orqali multiplikativ iqtisodiy samaraga erishish mumkinligi bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentyabrdagi PQ-269-son “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-oktyabrdagi 03-10-17-10691-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida talabalar turizmini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish va raqamli transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish imkoni yaratilgan; 
 talabalar mobilligini baholashda siyosiy-institutsional ochiqlik, iqtisodiy mavqelik, ijtimoiy-madaniy integratsiya, texnologik infratuzilma, huquqiy muhit  besh subindeksi bo‘yicha “integral baholash tizimi va shkalasiga asolangan “21 ko‘rsatkichli TTMI (Talabalar turizmi mobillik indeksi)”  monitoring qilish mualliflik usuli taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli farmonining “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish bo‘yicha “YoʻL XARITASI”” 6-ilovasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-oktyabrdagi 03-10-17-10691-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Markaziy Osiyo mamlakatlarida talabalar mobilligini kompleks baholash va monitoring qilish imkoniyati yaratilgan;
talabalar turizmiga ta’sir etuvchi omillarni iqtisodiy baholash orqali Markaziy Osiyo davlatlariga keladigan xorijiy talabalar sonining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentyabrdagi PQ-269-son “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-oktyabrdagi 03-10-17-10691-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida talabalar turizmi rivojlanishini strategik rejalashtirish va investisiya loyihalarini asoslash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish