Nizamova Shoira Isamiddinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy taraqqiyot sharoitida oliy ta’lim tizimini boshqarishni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1818.
Ilmiy maslaxatchi: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar sifatida iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Qorieva Yoqutxon Karimovna, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Abdulloev Asliddin Junaydulloevich tavsiya etilsin.
Yetakchi tashkilot: I.Karimov nomidagi Toshkent davalt texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zamonaviy taraqqiyot sharoitida oliy ta’lim tizimini boshqarishni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim tizimini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim muassasalarining byudjet va nobyudjet mablag‘lari, investisiyalar, inson kapitali hamda axborot resurslaridan samarali foydalanish orqali ta’lim sifati indeksi, xarajat-daromad nisbati va samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadigan, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va innovatsion taraqqiyotni ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy munosabatlar tizimi nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimini strategik rivojlantirishda ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi indikatorlarning tasnifi akademik, moliyaviy, tashkiliy va innovatsion asosiy guruhlar tarkibiga raqamlashtirilgan ta’limdan foydalanish darajasi (e-learning coverage index), xalqaro reytinglardagi ishtiroki (international ranking participation), innovatsion startaplar va tijoratlashtirilgan loyihalar soni (innovation & commercialization index) xususiy ko‘rsatkichlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimini boshqarishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tenglik (T q 0,23), inklyuzivlik (Ink q 0,28), innovatsiyalar (Inn q 0,35) va barqaror rivojlanish (BR q 0,14) tamoyillariga asoslangan baholash tizimining dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda tamoyillararo maqbul nisbatni ta’minlash orqali samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarida bilimga asoslangan iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda iqtisodiy (tijoratlashtirish), tashkiliy (menejment o‘zgarishlari) va pedagogik (yangi o‘qitish usullari) yo‘nalishlarni qamrab olgan ta’lim, ilm va tijorat integratsiya tizimini joriy etish orqali universitetlarning tijorat faoliyati ulushini kamida 25% ga oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda oliy ta’limni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy taraqqiyot sharoitida oliy ta’lim tizimini boshqarishni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim tizimini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ta’lim muassasalarining byudjet va nobyudjet mablag‘lari, investisiyalar, inson kapitali hamda axborot resurslaridan samarali foydalanish orqali ta’lim sifati indeksi, xarajat-daromad nisbati va samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadigan, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va innovatsion taraqqiyotni ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy munosabatlar tizimi nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Menejment asoslari” darsligi mazmuniga singdirilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ta’lim sifati indeksi, xarajat-daromad nisbati va samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadigan iqtisodiy munosabatlar tizimi nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan “oliy ta’lim tizimini boshqarish” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tizimini strategik rivojlantirishda ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi indikatorlarning tasnifi akademik, moliyaviy, tashkiliy va innovatsion asosiy guruhlar tarkibiga raqamlashtirilgan ta’limdan foydalanish darajasi (e-learning coverage index), xalqaro reytinglardagi ishtiroki (international ranking participation), innovatsion startaplar va tijoratlashtirilgan loyihalar soni (innovation & commercialization index) xususiy ko‘rsatkichlarni kiritish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 02/02-01-556-son ma’lumotnomasi, O'zbekiston Respublikasi Adliya VazirligI № DGU 55209-raqamli guvohnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi indikatorlarning tasnifini akademik, moliyaviy, tashkiliy va innovatsion asosiy guruhlar tarkibiga xususiy ko‘rsatkichlarni kiritish asosida takomillashtirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tizimini boshqarishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tenglik (T q 0,23), inklyuzivlik (Ink q 0,28), innovatsiyalar (Inn q 0,35) va barqaror rivojlanish (BR q 0,14) tamoyillariga asoslangan baholash tizimining dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda tamoyillararo maqbul nisbatni ta’minlash orqali samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 02/02-01-556-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida baholash tizimining dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda tamoyillararo maqbul nisbatni ta’minlash orqali samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bilimga asoslangan iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda iqtisodiy (tijoratlashtirish), tashkiliy (menejment o‘zgarishlari) va pedagogik (yangi o‘qitish usullari) yo‘nalishlarni qamrab olgan ta’lim, ilm va tijorat integratsiya tizimini joriy etish orqali universitetlarning tijorat faoliyati ulushini kamida 25% ga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5- dekabrdagi 02/02-01-556-son ma’lumotnomasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 1-apreldagi 10G‘167-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, ilm va tijorat bo‘yicha integratsiya tizimini joriy etish orqali universitetlarning tijorat faoliyati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda oliy ta’limni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 02/02-01-556-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’limni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar va ko‘rsatkichlarning istiqboldagi parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali boshqarish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.