Kurbonov Xayrilla Abdurasulovichnning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlari muvozanatlashgan moliyaviy barqarorligini boshqarish uslubiyotini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt987.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01
Rasmiy opponentlar: Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida muvozanatlashgan moliyaviy barqarorlikni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Aksiyadorlik jamiyatlari muvozanatlashgan moliyaviy barqarorligini boshqarish uslubiyotini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
milliy miqyosda yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirishga shart-sharoit yaratuvchi yangi texnologik uskunalar, «yashil energiya» yoki raqamlashtirish jihozlari uchun 1-3 yillik tezkor amortizatsiya me’yorlari asosidagi amortizatsiya hisoblash tizimini joriy etish orqali aksiyadorlik jamiyatlarida investisiya va modernizatsiya manbaini takomillashtirish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida aktivlar va majburiyatlar o‘zgarishlari barqarorlik reyting tizimi uslubiyoti jami aktivlar (JA) va majburiyatlar (M) o‘zgarish dinamikasini “geometrik” yoki “kompaund yillik o‘sishi” (CAGR) usulida baholash orqali takomillashtirilgan;
pul mablag‘larini boshqarishga zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash asosida likvidlilik zaxirasining «dempfer» buferlari me’yoridan ortiqcha pul mablag‘larini reinvestisiyalash orqali ichki moliyaviy salohiyatni oshirish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy barqarorligini baholashda qo‘llaniladigan skoring modellari prediktiv quvvatini ilk bor kompleks empirik testlar yordamida baholash orqali taklif etilgan ko‘p omilli logistik “meta-model”ning sinergetik integratsiyasi asosida defolt ehtimoli aniqligini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
“Navoiyazot” va “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatlarining muvozanatlashgan moliyaviy barqarorligini boshqarish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
milliy miqyosda yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirishga shart-sharoit yaratuvchi yangi texnologik uskunalar, “yashil energiya” yoki raqamlashtirish jihozlari uchun 1-3 yillik tezkor amortizatsiya me’yorlari asosidagi amortizatsiya hisoblash tizimini joriy etish orqali aksiyadorlik jamiyatlarida investisiya va modernizatsiya manbaini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 10-apreldagi 03/09-1-17/-1511-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tannarx tarkibida yirik nominal qiymatga ega bo‘lgan amortizatsiya ajratmalari hisobiga investisiyalarni ichki moliyalashtirishning barqaror, manzilli manbaini yaratish mexanizmining konseptual-imitatsion modeli ishlab chiqilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida aktivlar va majburiyatlar o‘zgarishlari barqarorlik reyting tizimi uslubiyoti jami aktivlar (JA) va majburiyatlar (M) o‘zgarish dinamikasini “geometrik” yoki “kompaund yillik o‘sishi” (CAGR) usulida baholash orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 10-apreldagi 03/09-1-17/-1511-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tahlil qilingan sanoat tarmog‘idagi aksiyadorlik jamiyatlarining ishbilarmon faollik ko‘rsatkichlari (asosan aktivlar o‘sish sur’ati) qarz kapitalining o‘sish sur’atiga bog‘liq holda turkumlanib, ular uchun moliyaviy barqarorlikni ta’minlash imkoni yaratilgan;
pul mablag‘larini boshqarishga zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash asosida likvidlilik zaxirasining «dempfer» buferlari me’yoridan ortiqcha pul mablag‘larini reinvestisiyalash orqali ichki moliyaviy salohiyatni oshirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 10-apreldagi 03/09-1-17/-1511-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tahlil qilingan 5 ta sanoat korxonalarida me’yordan ortiqcha pul mablag‘larini reinvestisiyalash orqali olinishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha foydaning nominal qiymatini 2024-yilda 10215,9 mln. so‘mga oshirish yoki 2023-yilga nisbatan sof foydani yillik 106,2 foizga o‘sish imkoniyatlari mavjud bo‘lganligi ishda asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy barqarorligini baholashda qo‘llaniladigan skoring modellari prediktiv quvvatini ilk bor kompleks empirik testlar yordamida baholash orqali taklif etilgan ko‘p omilli logistik “meta-model” ning sinergetik integratsiyasi asosida defolt ehtimoli aniqligini oshirish taklifi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 10-apreldagi 03/09-1-17/-1511-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangi nazariy va amaliy tavsifdagi uslubiy yondashuv orqali har bir korxona uchun texnik defolt ehtimolligini oldindan aniqlash imkoniyatini beradi.
“Navoiyazot” va “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatlarining muvozanatlashgan moliyaviy barqarorligini boshqarish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 10-apreldagi 03/09-1-17/-1511-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Navoiyzot” va “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatlari muvozanatlashgan moliyaviy barqarorligini boshqarish jarayonlarining o‘rta muddatli davrdagi istiqbol ko‘rsatkichlari o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoniyati asoslangan.