Saodatov Alimardon Abduraxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish omillari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal997
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02. 
Ilmiy rahbar: Xudaynazarov Samad Xudayberdievich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Omonov Bahodir Nurillaevich, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning (ekologik ong – ekologik qadriyat – ekologik mas’uliyat – ekologik xulq-atvor – ekologik faoliyat tizimini tartibga soluvchi ijtimoiy-madaniy mexanizm) tabiatga munosabatni meyorlashtirish, xatti-harakatni boshqarish, ijtimoiy nazoratni kuchaytirish va yoshlarning ekologik mas’uliyatini shakllantirishdagi funksional ahamiyati asoslangan;
milliy va umumbashariy etnoekologik madaniyatning yoshlar ma’naviy hayotida zamonaviy ekologik madaniyatning tabiatga daxldorlik, resurslardan oqilona foydalanish, kelajak avlodlar oldidagi javobgarlik kabi mezonlarini shakllantirishi hamda uning tarbiyaviy (tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish, ekologik xulq-atvorni barqarorlashtirish), me’yoriy (isrofgarchilikning oldini olish, tabiatdan foydalanish chegaralarini belgilash), identifikatsion (ekologik merosga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish va ekologik qadriyatlarni asrash), safarbar etuvchi (ekologik tashabbuslarga jalb etish va faollikni kuchaytirish) imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantiruvchi omillar va uni rivojlantiruvchi vositalar (oila, mahalla, ta’lim tizimi, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ekoturizm, ekologik volontyorlik) yaxlit ijtimoiy tizim sifatida yoshlarning ekologik madaniyatini lokal hududdan kengroq ijtimoiy-ekologik makonga ta’sir ko‘rsatuvchi fuqarolik mas’uliyati darajasiga ko‘tarishi (umumjamiyat va umuminsoniy javobgarlik tuyg‘usini shakllantiruvchi ijtimoiy mexanizm) dalillangan;
yoshlar ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishda ekologik ta’lim, raqamli ekologik ma’rifat, ekoturistik amaliyot, yoshlar ekologik volontyorligi, jamoatchilik nazorati, yashil tashabbuslar va ta’lim muassasalari hamda mahalla hamkorligini uyg‘unlashtirish “tabiat – jamiyat – inson” tizimida tabiatning muvozanati, ekologik barqarorlik va kelajak avlodlar manfaatlari bilan muvofiqlashtirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish omillarini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning (ekologik ong – ekologik qadriyat – ekologik mas’uliyat – ekologik xulq-atvor – ekologik faoliyat tizimini tartibga soluvchi ijtimoiy-madaniy mexanizm) tabiatga munosabatni meyorlashtirish, xatti-harakatni boshqarish, ijtimoiy nazoratni kuchaytirish va yoshlarning ekologik mas’uliyatini shakllantirishdagi funksional ahamiyatiga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Ekologik partiyasining “Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, mahalliylashtirishni ta’minlash, ekologik vaziyatni tiklash va sog‘lomlashtirish, boshqa ekologik noqulay hududlarda ekologik muammolarni hal etish va aholi salomatligini saqlashga yo‘naltirilgan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni, dastur va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash”da foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2024-yil 19-dekabrdagi 01/514-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda yoshlarning ekologik va estetik ongini shakllantirishda milliy qadriyatlarning ta’sir mexanizmlari hamda ularning ijtimoiy-madaniy omillari aniqlangan bo‘lib, ushbu taklif etilayotgan konseptual modellardan dasturiy maqsad va vazifalarini samarali amalga oshishiga xizmat qilgan;
milliy va umumbashariy etnoekologik madaniyatning yoshlar ma’naviy hayotida zamonaviy ekologik madaniyatning tabiatga daxldorlik, resurslardan oqilona foydalanish, kelajak avlodlar oldidagi javobgarlik kabi mezonlarini shakllantirishi hamda uning tarbiyaviy (tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish, ekologik xulq-atvorni barqarorlashtirish), me’yoriy (isrofgarchilikning oldini olish, tabiatdan foydalanish chegaralarini belgilash), identifikatsion (ekologik merosga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish va ekologik qadriyatlarni asrash), safarbar etuvchi (ekologik tashabbuslarga jalb etish va faollikni kuchaytirish) imkoniyatlariga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilda ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 9 yo‘nalishida belgilingan “Sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyat va tabiatni asrash masalalari” 41 bandi “Aholi, ayniqsa yosh avlodda atrof-muhit ozodaligi, shaxsiy gigiena, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ekologik tarbiya ishlarni kuchaytirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 20-dekabrdagi 10/224-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish omillarini ochib berishga hamda yoshlarda ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilgan;
yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantiruvchi omillar va uni rivojlantiruvchi vositalar (oila, mahalla, ta’lim tizimi, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ekoturizm, ekologik volontyorlik) yaxlit ijtimoiy tizim sifatida yoshlarning ekologik madaniyatini lokal hududdan kengroq ijtimoiy-ekologik makonga ta’sir ko‘rsatuvchi fuqarolik mas’uliyati darajasiga ko‘tarishi (umumjamiyat va umuminsoniy javobgarlik tuyg‘usini shakllantiruvchi ijtimoiy mexanizm)ga doir tavsif va umumlashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-2025-yillardagi faoliyati, jumladan 2025-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasi “VII. Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish”ga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 23-dekabrdagi 2-15-21-6871-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning o‘z yashash hududiga daxldorlik hissini kuchaytirish, ekologik mas’uliyatni kundalik turmush madaniyatiga aylantirish va ijtimoiy faolligini oshirishga hamda ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalarda ekologik ma’rifatni kuchaytirish, yoshlarni daraxt ekish, ko‘kalamzorlashtirish, tabiatni asrash va ekologik monitoring jarayonlariga jalb etishga xizmat qilgan;
yoshlar ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishda ekologik ta’lim, raqamli ekologik ma’rifat, ekoturistik amaliyot, yoshlar ekologik volontyorligi, jamoatchilik nazorati, yashil tashabbuslar va ta’lim muassasalari hamda mahalla hamkorligini uyg‘unlashtirish “tabiat – jamiyat – inson” tizimida tabiatning muvozanati, ekologik barqarorlik va kelajak avlodlar manfaatlari bilan muvofiqlashtirishga oid ilmiy dalillangan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-son “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzúsidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 23-maydagi 04/11-6510-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda farovon hayotning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy, ekologik asoslari barpo etishda, madaniy-ma’rifiy, ma’naviy sohani rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi, yoshlar ekologik tafakkurini yuksaltirishni, uni rag‘batlantiruvchi usul va vositalarni takomillashtirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish