Adilov Zafar Yunusovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahmud az-Zamaxshariyning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fal207
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Ilmiy rahbar: Navruzova Gulchixra Nigmatovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Karimov Sayimnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, professor; Aytboev Mansurbek Yusupovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; O‘razboev Abdulla Durdiboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Mahmud az-Zamaxshariy ma’naviy merosining jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mahmud az-Zamaxshariy ilmiy merosidagi inson ma’naviy kamolotida adolat, tenglik, hurfikrlilik, nafs, halollik, o‘zaro hurmat, haq ishq, ilohiy ishq va ruhiy kamolotga erishish masalalarida komil inson, bag‘rikenglik, vatanga daxldorlik hamda tolerantlik xususidagi g‘oya va qarashlarining ontologik (botiniy va zoxiriy olam, kosmologik tuzilish), gnoseologik (naqliy va aqliy ilm, irfon), antropotsentrik (“Vahdat ul-vujud” va “Vahdati mavjud”) xususiyatlari ochib berilgan;
mutafakkirning “Rabiʼ al-abror”, “Atvakuʼz-zahab”, “Al Kashshof”, “Muqaddimat ul-adab” asarlarida keltirilgan “olam”, “vaqt”, “tabiat”, “me’yor”, “hikmatlar” va “hayot falsafasi”, “irfon ilmi” va “inson va tabiat dialektikasi” g‘oyalarining tartib va ilohiy hikmat, me’yor va axloqiy mas’uliyat, inson xulqi va ijtimoiy tajriba kabi xususiyatlari aniqlashtirilgan;
Mahmud az-Zamaxshariy qarashlaridagi irfon tushunchasining “ilm orqali dunyoni”, “irfoniy ilm orqali o‘zlikni anglash” va “xalqqa xizmat qilish orqali haqqa erishish” tamoyillari hamda inson kamolotida “ilm”, “tafakkur”, “aql va harakat” masalalari va “taqvo”, “botiniy ilm”, “zoxiriy ilm”larning ahamiyati dalillangan;
tana, ruh, irfon, nafs, haqiqat, shukronalik, haqiqatparvarlik, ayniqsa chidamlilik, qatʼiyatlilik, e’tiqod mustahkamligi, sabr-toqat, kamtarlik, iroda, ma’rifat yo‘li, nafs va hirsni boshqarishga oid ta’limiy-tarbiyaviy usullarining zamonaviy jamiyatni barpo etish va yoshlar tarbiyasida “fidokorlik”, “ijodkolik”, “tolerantlik” va “javonmardlik” fazilatlarni shakllantirishi isbotlangan;
Mahmud az-Zamaxshariy qarashlaridagi “vatanparvarlik va insonparvarlik”, “fidoiylik va ziyolilik”, “mehnatsevarlik va erksevarlik”, “tinchliksevarlik”, “sabr-toqat”, “muruvvatlilik” va “saxovatpeshalik” singari ta’lim-tarbiya tamoyillari Yangi O‘zbekistonning ma’naviy yangilanishida jamiyat taraqqiyotining mezonlari bo‘lgan adolatparvarlik, tenglik, burch va vijdon kabi ijtimoiy-axloqiy omillarni mazmunan boyitishi hamda yosh avlodni barkamol, mas’uliyatli, ijtimoiy faol va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahmud az-Zamaxshariyning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Mahmud az-Zamaxshariy ilmiy merosidagi inson ma’naviy kamolotida adolat, tenglik, hurfikrlilik, nafs, halollik, o‘zaro hurmat, haq ishq, ilohiy ishq va ruhiy kamolotga erishish masalalarida komil inson, bag‘rikenglik, vatanga daxldorlik hamda tolerantlik xususidagi g‘oya va qarashlarining ontologik (botiniy va zoxiriy olam, kosmologik tuzilish), gnoseologik (naqliy va aqliy ilm, irfon), antropotsentrik (“Vahdat ul-vujud” va “Vahdati mavjud”) xususiyatlariga doir umumlashma va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining faoliyatida, jumladan qonun hujjatlarini takomillashtirishda va “O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 74-maqsadi – “Buyuk ajdodlarimizning Boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish” bandini bajarishda targ‘ibot materiallari va ssenariylar, dasturlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2025-yil 14-apreldagi 14/4 son ma’lumotnomasi). Natijada, global axborotlashgan davrda yoshlarni ilm orqali olamni anglaydigan, bir nechta tillarni egallagan, kasb-hunari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladigan, vatanparvar, insonparvar, yot ua zarat|i g‘oyalarga qarshi kurasha oladigan barkamol avlod sifatida shakllantirishda, mamlakatimiz yoshlariga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ma’lum natijalarga erishishga xizmat qilgan;
mutafakkirning “Rabiʼ al-abror”, “Atvakuʼz-zahab”, “Al Kashshof”, “Muqaddimat ul-adab” asarlarida keltirilgan “olam”, “vaqt”, “tabiat”, “me’yor”, “hikmatlar” va “hayot falsafasi”, “irfon ilmi” va “inson va tabiat dialektikasi” g‘oyalarining tartib va ilohiy hikmat, me’yor va axloqiy mas’uliyat, inson xulqi va ijtimoiy tajriba kabi xususiyatlariga oid yangilik va tavsiyalardan “Imom Buxoriy” xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtma asosida tayyorlangan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” ensiklopedik kitobini tayyorlashda hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining “Buyuk Termiziylar” risolasi va “Termiziylar tasavvuf maktabi” kitobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 13-noyabrdagi 02/550-son hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 4-iyundagi 01-12-113-son ma’lumotnomalari). Natijada, buyuk ajdodlarimizning `ou ilmiy-ma’naviy merosini shuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishga, umuminsoniy qadriyatlar negizida taraqqiy topgan inson mohiyatining zamonaviy falsafiy jihatini o‘rganib chiqishga xizmat qilgan;
Mahmud az-Zamaxshariy qarashlaridagi irfon tushunchasining “ilm orqali dunyoni”, “irfoniy ilm orqali o‘zlikni anglash” va “xalqqa xizmat qilish orqali haqqa erishish” tamoyillari hamda inson kamolotida “ilm”, “tafakkur”, “aql va harakat” masalalari va “taqvo”, “botiniy ilm”, “zoxiriy ilm”larning ahamiyatiga doir ilmiy yangiliklari va taklif-tavsiyalaridan Urganch davlat universitetida bajarilgan IL-402104238-raqamli “Indigofera (Indigofera tinctoria l) o‘simligini etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish” (2022- 2024 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2025-yil 15-avgustdagi 04-145/2-son ma’lumotnomasi) Natijada, global axborotlashgan davrda yoshlarni ilm orqali olamni anglaydigan tabiatni asraydigan, bir necha tillarni biladigan, kasb-hunar bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan vatanparvar, insonparvar, yot zararli g‘oyalarga qarshi kurasha oladigan, barkamol avlod qilib shakllantirishga oid ilmiy asoslangan faoliyatni samarali tashkil qilishda xizmat qilgan;
tana, ruh, irfon, nafs, haqiqat, shukronalik, haqiqatparvarlik, ayniqsa chidamlilik, qatʼiyatlilik, e’tiqod mustahkamligi, sabr-toqat, kamtarlik, iroda, ma’rifat yo‘li, nafs va hirsni boshqarishga oid ta’limiy-tarbiyaviy usullarining zamonaviy jamiyatni barpo etish va yoshlar tarbiyasida “fidokorlik”, “ijodkolik”, “tolerantlik” va “javonmardlik” fazilatlarni shakllantirishiga doir xulosa va takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida, jumladan, 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Buyuk allomalar va ma’rifatparvar jadidlarning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ilmiy ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilishga doir chora-tadbirlar” 42-bandi “Buyuk alloma va ma’rifatparvar jadidlar hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 2-iyuldagi 10/404-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz aholisining ma’naviyatini yuksaltirishda va yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ma’lum natijalarga erishishga hamda Mahmud az Zamaxshariyning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlarini tahlil etishga xizmat qilgan;
Mahmud az-Zamaxshariy qarashlaridagi “vatanparvarlik va insonparvarlik”, “fidoiylik va ziyolilik”, “mehnatsevarlik va erksevarlik”, “tinchliksevarlik”, “sabr-toqat”, “muruvvatlilik” va “saxovatpeshalik” singari ta’lim-tarbiya tamoyillari Yangi O‘zbekistonning ma’naviy yangilanishida jamiyat taraqqiyotining mezonlari bo‘lgan adolatparvarlik, tenglik, burch va vijdon kabi ijtimoiy-axloqiy omillarni mazmunan boyitishi hamda yosh avlodni barkamol, mas’uliyatli, ijtimoiy faol va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qilishiga oid ilmiy asoslangan taklif, tavsiyalaridan Xorazm telekanali faoliyatida, jumladan 2024-yil mart-aprel oylarida efirga uzatilgan “Assalom Xorazm” nomli maxsus teleko‘rsatuvlarining Dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“Xorazm viloyati teleradiokanali” davlat muassasining 2025-yil 28-maydagi 369-son ma’lumotnomasi). Natijada, fikr va mulohazalari, xulosa, taklif va tavsiyalari mamlakatimiz yoshlariga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ma’lum natijalarga erishishga xizmat qilgan.