Tolliboev Samad Tolliboy o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Masofaviy ish bilan bandlar mehnat faoliyatini rag‘batlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”. 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3311
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.03/2025.27.12.1.24.01
Rasmiy opponentlar: Mamadalieva Xafizaxon Xoldarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamarasulov Fazliddin Umarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida masofaviy ish bilan bandlar mehnat faoliyatini samarali rag‘batlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
masofaviy ish bilan bandlikni tashkil etish tizimi ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlarni onlayn birjalar vositasida tartibga solish, ijtimoiy kafolatlar berish jarayonini fuqarolik-huquqiy shartnomasiga ko‘ra optimallashtirish hamda kovorking markazlari faoliyatini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
masofada ishlovchi xodimlar mehnatini rag‘batlantirishning uslubiy asosi ish haqining o‘zgaruvchan qismi (ulushni oshirish), rag‘batlantirish va natijalar o‘rtasida mutanosiblikni o‘rnatish, doimiy ravishda aloqalarni o‘rnatish bilan bog‘liq tashqi hamda xodimda kuchli motivasiya, natijaga erishish, bilim, ijodkorlik, mansublik, mustaqillik, himoyalanganlik va tan olinishning ichki omillari komponentlariga ko‘ra guruhlashning maqsadga muvofiqligi uslubiy jihatdan asoslangan;
masofada ishlovchi xodimlar mehnat faoliyatini rag‘batlantirishni integral baholash usuli mehnat jarayonlariga KPI tizimini joriy etish, xodimning mehnat faoliyati bo‘yicha sifat ko‘rsatkichini aniqlash, ish vaqtiga amal qilish darajasi, xodimning ish jarayonidagi faollik darajasining vazn koeffisientlarini baholash asosida takomillashtirilgan;
masofaviy mehnatni tartibga solish usuli xodimlarning mehnat unumdorligi va rag‘batlantirish tizimi o‘rtasida shaffof bog‘liqlikni masofaviy mehnat jarayonlarini tashkil etishga ko‘ra o‘rnatish hamda shaxsiy ma’lumotlari va xizmat sirlari xavfsizligini ta’minlash, masofaviy mehnatning ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida masofaviy ish bilan bandlar mehnat faoliyatini samarali rag‘batlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
masofaviy ish bilan bandlikni tashkil etish tizimi ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlarni onlayn birjalar vositasida tartibga solish hamdaijtimoiy kafolatlar berish jarayonini fuqarolik-huquqiy shartnomasiga ko‘ra optimallashtirish hamda kovorking markazlari faoliyatini kengaytirish asosida takomillashtirish taklifi O‘zR Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Masofaviy bandlikni rivojlantirish va raqamli mehnat bozorini takomillashtirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 06/02/12-555-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kelgusida masofada ishlovchi xodimlar sonini 1,5 %ga hamda aholi daromadlaridan olinadigan soliqlar ulushini 1,2 %ga oshirish imkonini bergan;
masofada ishlovchi xodimlar mehnatini rag‘batlantirishning uslubiy asosi ish haqining o‘zgaruvchan qismi (ulushni oshirish), rag‘batlantirish va natijalar o‘rtasida mutanosiblikni o‘rnatish, doimiy ravishda aloqalarni o‘rnatish bilan bog‘liq tashqi hamda xodimda kuchli motivasiya, natijaga erishish, bilim, ijodkorlik, mansublik, mustaqillik, himoyalanganlik va tan olinishning ichki omillari komponentlariga ko‘ra guruhlashning maqsadga muvofiqligi uslubiy jihatdan asoslangan taklifi O‘zR Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Masofaviy bandlikni rivojlantirish va raqamli mehnat bozorini takomillashtirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqarti-rish va bandlik vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 06/02/12-555-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifmasofada ishlovchi xodimlar mehnatini rag‘batlantirish va natijalar o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlash orqali maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
masofada ishlovchi xodimlar mehnat faoliyatini rag‘batlantirishni integral baholash usuli mehnat jarayonlariga KPI tizimini joriy etish, xodimning mehnat faoliyati bo‘yicha sifat ko‘rsatkichini aniqlash, ish vaqtiga amal qilish darajasi, xodimning ish jarayonidagi faollik darajasining vazn koeffisientlarini baholash asosida takomillashtirish taklifi O‘zR Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Masofaviy bandlikni rivojlantirish va raqamli mehnat bozorini takomillashtirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 06/02/12-555-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifrahbar, mijoz va avtomatlashtirilgan tizimlari orqali subektiv baholar va obektiv ko‘rsatkichlar uyg‘unligini ta’minlagan holda rag‘batlantirish tizimining adolatli va shaffof bo‘lishi imkonini muayyan darajada kengaytirishga xizmat qilgan;
masofaviy mehnatni tartibga solish usuli xodimlarning mehnat unumdorligi va rag‘batlantirish tizimi o‘rtasida shaffof bog‘liqlikni masofaviy mehnat jarayonlarini tashkil etishga ko‘ra o‘rnatish hamda shaxsiy ma’lumotlari va xizmat sirlari xavfsizligini ta’minlash, masofaviy mehnatning ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zR Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Masofaviy bandlikni rivojlantirish va raqamli mehnat bozorini takomillashtirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 06/02/12-555-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif masofaviy ishchilarning huquqiy kafolat-larini mustahkamlash orqali masofaviy mehnat modeli barqaror amal qilish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish