Djuraev Kamoliddin Nuriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida bank ichki operatsiyalari hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit iqtsodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.2.PhD/I685.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori; Azizov Sherzod O‘ktamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tijorat banklarida bank ichki operatsiyalari hisobi va auditini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank ichki operatsiyalari hisobini yuritishda ishchi schetlar rejasi 16561 – “Ombordagi yangi kirim qilingan asosiy vositalar” va 16562 – “Omborga ekspluatatsiyadan qayta kirim qilingan asosiy vositalar” nomli schetlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
tijorat banklarida kapital ta’mirlanayotgan asosiy vositalarni dastlab qayta baholab hisobga olish asosida ularni balansda aks ettirish taklif etilgan;
yoqilg‘i-moylash materiallarini kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobidan alohida ob’ekt sifatida ajratish hamda ularning hisobini yuritishda 19922–“Bank binosidan tashqarida saqlanayotgan yoqilg‘i-moylash materiallari” nomli ishchi schetni kiritish taklif etilgan;
bank ichki operatsiyalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda muhimlik darajasini baholash bo‘yicha bank ichki operatsiyalari tarkibiga kiruvchi operatsiyalar uchun alohida muhimlik koeffisientini qo‘llash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarida bank ichki operatsiyalar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida bank ichki operatsiyalari hisobi bo‘yicha asosiy vositalarni hisobga oluvchi ishchi schyotlar rejasiga qo‘shimchalar kiritish yuzasidan berilgan amaliy taklif «Ipak yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki hisob siyosatiga kiritilgan («Ipak yo‘li» AITBining 2019 yil 26 iyundagi 10/6444-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi tijorat bankining yillik o‘rtacha 350 mln. so‘mlik asosiy vositalarning tegishli sintetik hisobvaraqda alohida yuritilishiga va analitik ma’lumotlarni shakllanishiga xizmat qilgan;
tijorat banklarida kapital ta’mirlash natijasida asosiy vositalarning balans qiymatidagi o‘zgarishlarni aks ettirish bo‘yicha taqdim etilgan taklif «Ipak yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan va amaliyotga joriy qilingan («Ipak yo‘li» AITBining 2019 yil 26 iyundagi 10/6444-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi tijorat bankining mol-mulk solig‘i kamayishiga ta’sir qilgan va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga olib kelgan;
tijorat banklari bank ichki operatsiyalari hisobida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning ishchi schyotlar rejasiga qo‘shimcha kiritish yuzasidan berilgan taklif «Ipak yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan («Ipak yo‘li» AITBining 2019 yil 26 iyundagi 10/6444-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi tijorat bankining yillik o‘rtacha 150 mln. so‘mlik kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarining tegishli sintetik hisobvaraqda yuritilishiga xizmat qilgan;
bank ichki operatsiyalari hisobining auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda muhimlik darajasini qo‘llash bo‘yicha berilgan ilmiy taklif «Ipak yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki tomonidan ichki audit faoliyatiga  joriy qilingan («Ipak yo‘li» AITBining 2019 yil 26 iyundagi 10/6444-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi oqibatida bankning ichki audit xizmatining sifati va samaradorligi oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish