Qurbonov Samandar Pulatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish kontekstida ish bilan unumli bandlik darajasini baholashning metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Iqt551.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.03/2025.27.12.1.24.01   
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Israilova Dilfuza Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kambag‘allikni qisqartirish kontekstida ish bilan unumli bandlik darajasini baholashning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati ish bilan bandlik, unumli bandlik, ish bilan band kambag‘allik, ishsizlik va unumli bandlik taqchilligi ko‘rsatkichlari asosida klasterli toifalar yuqori o‘rta va quyi darajalarida baholanib, unga ko‘ra unumli bandlik darajasini baholashning tashkiliy-iqtisodiy algoritmik modeli taklif etilgan;
ish bilan band shaxslarni minimal iste’moli xarajatlariga etarli mehnat daromadi, munosib mehnat tamoyillari va ish bilan bandlik sifatini o‘zida jamlagan ish haqi etarlilik indeksi (IW, 0≤IW≤1) va unumli bandlik indeksi (IPE, 0≤IPE≤1) va ish bilan unumli bandlik taqchilligi darajasi (DEP, foizda) kabi mezonlar va integral ko‘rsatkichlarni kiritish asosida ish bilan inklyuziv unumli bandlikni rag‘batlantirish modeli ishlab chiqilgan; 
ish bilan unumli bandlik darajasini mehnat bozoridagi istiqbolli maqsadlar, tizimli monitoring va muvofiqlashtirish asosida doimiy baholab borish kambag‘allik darajasini qisqartirish, ishsiz shaxslarni  kasb-hunarga o‘qitish, ish bilan band shaxslarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish asosida mehnat daromadlarini oshirishning samarali istiqbollari bo‘yicha tashkiliy-funksional model taklif etilgan; 
ish bilan band, ishsiz, kambag‘al va farovon shaxslar kesimida ish beruvchilar, kasaba uyushmalari, mehnat va ijtimoiy himoya institutlari faolligini tizimli va strategik muvofiqlashtirishga asoslangan unumli bandlik taqchilligini qisqartirish mexanizmi taklif qilingan;
ish bilan unumli bandlik darajasi va unumli bandlik taqchilligini baholash uslubiyoti ayrim toifadagi aholining iqtisodiy nofaollik tarkibidagi, xususan ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan o‘quvchilar va talabalar rasmiy ish bilan bandligidagi so‘nggi o‘zgarishlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda kambag‘al-likni qisqartirish kontekstida ish bilan unumli bandlik darajasini baholashning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati ish bilan bandlik, unumli bandlik, ish bilan band kambag‘allik, ishsizlik va unumli bandlik taqchilligi ko‘rsatkichlari asosida klasterli toifalar yuqori o‘rta va quyi darajalarida baholanib, unga ko‘ra unumli bandlik darajasini baholashning tashkiliy-iqtisodiy algoritmik modeli O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni  qisqartirish  va  bandlik  vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari faoliyatida bevosita foydalanish uchun qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi   “Kambag‘allikdan  farovonlik  sari”  dasturini  amalga oshirish  bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli Qarori 1-ilovasida tasdiqlangan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasida  belgilanganidek, 2024-yil  yakuniga  qadar 500 ming  nafar aholini  kambag‘allikdan  chiqarish choralarini ko‘rish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda muhim ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkich  sifatida  keng foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 01/00-12647-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif har bir klasterning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish darajasidan kelib chiqib, ularga nisbatan maxsus chora-tadbirlar va strategiyalar ishlab  chiqilishida aniqlik yanada oshishiga hamda klasterli toifalar bo‘yicha strategik chora-tadbirlar ishlab chiqilishida har bir hududning o‘ziga xos ehtiyojlari va salohiyatini asosli tarzda hisobga olinishining uslubiy imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan; 
ish bilan band shaxslarni minimal iste’moli xarajatlaridan yuqori  mehnat daromadi, munosib mehnat tamoyillari va ish bilan bandlik sifatini o‘zida jamlagan ish haqi etarlilik indeksi (IW, 0≤IW≤1) va unumli bandlik indeksi (IPE, 0≤IPE≤1) va ish bilan unumli bandlik taqchilligi darajasi (DEP, foizda) kabi mezonlar va integral ko‘rsatkichlarni kiritish asosida ish bilan inklyuziv unumli bandlikni rag‘batlantirish modelidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston-2030” Strategiyasining “Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqarti-rishga bo‘yicha islohotlar” ro‘yxatida 27-maqsad – mamlakatda 2030-yilga qadar kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi daromadini oshirish bo‘yicha tegishli dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 01/00-12647-son ma’lumotnomasi). Mazkur model mamlakatda inklyuziv ish bilan unumli bandlik va bandlik darajasini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan; 
ish bilan unumli bandlik darajasini mehnat bozoridagi istiqbolli maqsadlar, tizimli monitoring va muvofiqlashtirish asosida doimiy baholab borish kambag‘allik darajasini qisqartirish, ishsiz shaxslarni  kasb-hunarga o‘qitish, ish bilan band shaxslarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish asosida mehnat daromadlarini oshirishning samarali istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan tashkiliy-funksional modeldan   (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 01/00-12647-son ma’lumotnomasi). Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik  vazirligi  tegishli  boshqarmalari  va  Kambag‘allik  va  mehnat  bozori tadqiqotlari  instituti ilmiy tadqiqotlari faoliyatida “O‘zbekiston-2030” strategiyasi  doirasida mamlakatda kambag‘allik darajasini qisqartirish, aholini daromadli  mehnat  bilan ta’minlash  va  fuqarolarni  kasb-hunarga  o‘qitish  orqali  zamonaviy  texnika  va texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan bir qator  maqsadlarga  erishish  uchun  aholining  unumli  bandligi  darajasini  bo‘yicha o‘rganishlar  olib  borish,  tizimli  monitoring  va  muvofiqlashtirishni  joriy  etishda keng  foydalanilgan.  Unumli  bandlik  darajasini  dinamikasini  asosli  kuzatish  va baholashda  muhim  hisoblangan  tashkiliy-funksional  model  aholining  mehnat bozoridagi  barqaror  o‘rnini  mustahkamlash  va  yuqori  mehnat  daromadiga  ega manbalarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etgan.
ish bilan band, ishsiz, kambag‘al va farovon shaxslar kesimida ish beruvchilar, kasaba uyushmalari, mehnat va ijtimoiy himoya institutlari faolligini tizimli va strategik muvofiqlashtirishga asoslangan unumli bandlik taqchilligini qisqartirish mexanizmidan O‘zbekiston Respublikasi  Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi” hamda “Kambag‘al oilalarga ko‘mak choralarini ijtimoiy shartnoma asosida ko‘rsatish tartibi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda keng foylanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 01/00-12647-son ma’lumotnomasi). Ushbu mexanizm kambag‘al oilalarning mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli a’zolarini ijtimoiy shartnoma asosida unumli bandlik taqchilligi tarkibidan olib chiqishdagi imkoniyatlarni 4 barobarga oshirsa, iqtisodiy xarajatlar qisqarishi kafolatini 2 barobarga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan; 
ish bilan unumli bandlik darajasi va unumli bandlik taqchilligini baholash uslubiyoti ayrim toifadagi aholining iqtisodiy nofaollik tarkibidagi, xususan ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan o‘quvchilar va talabalar rasmiy ish bilan bandligidagi so‘nggi o‘zgarishlar asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 83-son qarori 1-ilovasi (2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar)da O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ulligidagi 8-maqsad, 8.3- va 8.5-milliy vazifalar ijrosi natijadorligini ta’minlashda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 01/00-12647-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif unumli bandlik taqchilligini baholash, monitoringini olib borish hamda kambag‘allik xavfi ostidagi uy xo‘jaliklari a’zolari mehnat daromadlarini oshirish tegishli chora-tadbirlarni o‘z vaqtida ko‘rish imkoniyatlarini kengaytirishga va mehnat resurslari balansini shakllantirishda ayrim toifadagi iqtisodiy nofaollikdagi o‘zgarishlar (ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar)  inobatga olinish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish