Norbekov Xursandmurod O‘ktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizmning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va uni tartiblashtirishni takomillashtirish” (Jizzax misolida)», 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3384.
Ilmiy rahbar: Ivatov Irisbek, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Narzullaeva Umidaxon Nodir qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizmning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va uni tartiblashtirishning nazariy-uslubiy va amaliy yondashuvlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turizmning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiy barqarorlik va jamiyat farovonligiga ko‘rsata oladigan ta’sir darajasini ifodalovchi tarkibiy kategoriya sifatida takomillashtirilgan;
Jizzax viloyatida turistik xizmatlar bozorini tartiblashtirishning ustuvor yo‘nalishi mahalliy turistik yig‘imlardan ajratma hisobiga infratuzilma obektlarini rivojlantirish (IO = 30%), turizm rivojlanishi jarayonlarini faollashtirishga xizmat qiluvchi logistika sifatini yaxshilash (LS = 25%) orqali turizm salohiyatidan samarali foydalanish asoslangan;
viloyatda iste’molchilarga turistik xizmatlarni sifatli ko‘rsatishni ta’minlash konsepsiyasi asosida xizmat ko‘rsatish jarayonlarining ko‘p bosqichli modeli tarkibida personallashgan xizmatlar ulushini ko‘tarish orqali turistlar qoniqish darajasini 20-25%ga oshirish imkoni asoslangan;
turizmning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va uni tartiblashtirishni takomillashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modellari asosida Jizzax viloyati turizm korxonalari innovatsion salohiyati rivojlanishining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Turizmning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turizmning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmunini iqtisodiy barqarorlik va jamiyat farovonligiga ko‘rsata oladigan ta’sir darajasini ifodalovchi tarkibiy kategoriya sifatida takomillashtirish bo‘yicha taklifi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizm va madaniy meros” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2025-yil 3-iyuldagi 265-son buyrug‘i) Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi talabalarda umumiy iqtisodiy barqarorlik va jamiyat farovonligiga ko‘rsata oladigan ta’sir darajasini ifodalovchi tarkibiy kategoriya sifatida takomillashtirilgan “turizmning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini bergan;
Jizzax viloyatida turistik xizmatlar bozorini tartiblashtirishning ustuvor yo‘nalishi mahalliy turistik yig‘imlardan ajratma hisobiga infratuzilma obektlarini oshirish (IO = 30%), logistika sifatini yaxshilash (LS = 25%) orqali turizm salohiyatidan samarali foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 17-iyuldagi 01-10-17-6525-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi Jizzax viloyatida turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subektlar uchun turizmning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va uni tartiblashtirishni takomillashtirish tizimini shakllantirish mexanizmlarini amalga oshirish ishlarida foydalanish imkonini bergan;
viloyatda iste’molchilarga turistik xizmatlarni sifatli ko‘rsatishni ta’minlash konsepsiyasi asosida xizmat ko‘rsatish jarayonlarining ko‘p bosqichli modeli tarkibida personallashgan xizmatlar ulushini ko‘tarish orqali turistlar qoniqish darajasini 20-25%ga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 17-iyuldagi 01-10-17-6525-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi har bir turistik resursdan foydalanish imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
turizmning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va uni tartiblashtirishni takomillashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modellari asosida Jizzax viloyati turizm korxonalari innovatsion salohiyati rivojlanishining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 17-iyuldagi 01-10-17-6525-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi amalga oshirilayotgan strategiyalar taktik harakatlari muvofiqligi hamda bashorat tahliliy ishlarni o‘tkazish bo‘yicha marketing qarorlarini qabul qilish imkonini yaratgan.