Muminov Kamoliddin Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: Gibrid po‘lat-kompozit armaturali beton to‘sinlarning mustahkamligi, deformatsiyalanuvchanligi va kompozit armaturaning betonga bog‘lanishi. Ixtisoslik shifri: 05.09.01 – Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4750.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xodjiev Nosir Raximjanovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.15.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zulpuev Abdivap Momunovich, texnika fanlari doktori, professor; Rizaev Boxodir Shamsitdinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan viloyati “Bunyodkor-3” MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gibrid po‘lat-kompozit armaturali egiluvchi temirbeton to‘sinlarning mustahkamligi, deformatsiyalanuvchanligi hamda kompozit armaturani beton bilan bog‘lanish mustahkamligini tadqiq qilishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
po‘lat va shisha kompozit armatura hamda betonning statik yuklanishdagi uch bosqichli kuchlanish–deformatsiya xususiyatlarini hisobga olgan holda, gibrid armaturalangan temirbeton to‘sinlarning tashqi yuklar ta’sirida yuzaga keladigan solqiligi (f) ni aniqlash formulasi takomillashtirilgan;
po‘lat va shisha kompozit armaturalar bilan gibrid armaturalangan to‘sinlarda armaturalarning sinergetik ishlashi hisobiga yuk ko‘tarish qobiliyatining ortish qonuniyatlari asoslab berilgan;
gibrid armaturalangan temirbeton to’sinlarda darzbardoshlik momentini (Mcrc) ni po‘lat va shisha kompozit armaturalarning fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga olgan holda analitik hisoblash formulasi takomillashtirilgan;
po‘lat va shisha kompozit armaturalar bilan gibrid armaturalangan to‘sinlarda kompozit armaturaning yuqori mustahkamligi hisobiga konstruksiyaning yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotgandan keyingi egiluvchanlik xususiyatlarini saqlab qolish mexanizmi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gibrid po‘lat-kompozit armaturali beton to‘sinlarning mustahkamligi, deformatsiyalanuvchanligi va kompozit armaturaning betonga bog‘lanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
po‘lat-kompozit armaturalar bilan gibrid armaturalash Namangan shahrida qurilgan 5 qavatgacha bo‘lgan kompleks konstruksiyali turar-joy binolarining eshik va deraza sarrovlari (peremichka) va seysmik belbog‘larini armaturalash uchun Namangan viloyati “Qishloqqurilishloyiha” davlat muassasasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “Qishloqqurilishloyixa” bosh loyiha instituti davlat muassasasining 2025-yil “03” sentyabr 978/01 - sonli ma’lumotnoma). Natijada, 25 % gacha mablag‘ tejalishiga erishilgan;
egiluvchi temirbeton elementlarni po‘lat va shisha kompozit armaturalar bilan gibrid armaturalash usuli Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga loyihalash ishlari uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “Qishloqqurilishloyixa” bosh loyiha instituti davlat muassasasining 2025-yil “03” sentyabr 978/01 - sonli ma’lumotnoma). Natijada, loyihalash va hisoblash jarayonlariga sarflanadigan mehnat sarfi vaqtini 10-15 % gacha tejalishiga erishilgan;
po‘lat-kompozit armaturalar bilan armaturalangan temirbeton elementlarni ishlab chiqarish “Chortoq temirbeton” MChJda yig‘ma temirbeton elementlar ishlab chiqarish uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “Qishloqqurilishloyixa” bosh loyiha instituti davlat muassasasining 2025-yil “03” sentyabr 978/01 - sonli ma’lumotnoma). Natijada, ularning yuk ko’tarish qobiliyati odatdagi temirbeton to‘singa nisbatan 12% gacha katta bo‘lganligi hisobiga xom-ashyo materiallarining tejalishiga erishilgan;
po‘lat-kompozit armaturalar bilan gibrid armaturalangan egiluvchi temirbeton elementlarni hisoblash Farg‘ona viloyati “Qishloqqurilishloyiha” davlat muassasasiga loyihalash jarayoni uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “Qishloqqurilishloyixa” bosh loyiha instituti davlat muassasasining 2025-yil “03” sentyabr 978/01 - sonli ma’lumotnoma). Natijada, 10-15 % gacha iqtisodiy tejamkorlikka erishilgan.