Mirzaaxmedova O‘g‘iloy Abduxalimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: Bazalt armaturali egiluvchi beton to‘sinlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holati va mustahkamligi
Ixtisoslik shifri: 05.09.01– Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4306.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Razzakov Sobirjon Juraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.15.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Raxmanov Baxodir Kushakovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent;
Martazaev Abdurasul Shukirillaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan “Kelajak – S” X/K.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bazalt armaturali egiluvchi beton to‘sinlarning kuchlanganlik - deformatsiyalanganlik holati va mustahkamlini tadqiq qilishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadqiqot natijalariga asosan bazalt kompozit armaturalarning mexanik xossalarini nazariy va eksperimental tadqiq qilish orqali egiluvchi beton to‘sin konstruksiyalarida qo‘llash imkoniyatlari asoslab berilgan;
bazalt armaturali beton to’sinlarda darzlarning ochilish kengligi (acrc)ni aniqlashda bazalt armaturaning nisbiy deformatsiyalari (εsf)ni va to‘sinlarda darzlar oralig‘idagi masofa (lsf)ni hisobga olgan holda hisoblash usuli takomillashtirilgan.
bazalt armaturali egilishga ishlovchi beton to‘sinlarning normal va qiya kesimlarida armaturalash miqdorlariga bog‘liq holda beton va armaturada hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarning o‘zgarish qonuniyatlari asoslab berilgan;
bazalt armaturali egiluvchi beton to‘sinlarda ko‘ndalang armaturalar o‘rniga po‘lat xomutlarni qo‘llash hisobiga to‘sinning mustahkamligi va darzbardoshligini oshirish imkoniyatlari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bazalt armaturali egiluvchi beton to‘sinlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holati va mustahkamligini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bazalt armaturali egiluvchi elementlar Farg‘ona viloyati “Yangi O‘zbekiston” massivi “Eko shahar” hududida 2023-2024 yillarda qurilgan 75 ta 7 va 9 qavatli jami 2570 xonadonli turar-joy binolarida, shuningdek qavatlar sathidagi antiseysmik kamarlarida, eshik va deraza sarrovlarini loyihalashda Farg‘ona shahar 296 -“XIKMK” MChJ hamda Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 13.12.2024 yildagi №20-06/13290-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 13% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
bazalt armaturali to‘sinlarni chegaraviy holatlar bo‘yicha yoriqbardoshlikka hisoblash dasturi 296-“XIKMK” MChJ tomonidan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 13.12.2024 yildagi №20-06/13290-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ish sifati va mehnat unumdorligini ortishi hisobiga hisoblash jarayonlarini 1,3 martaga qisqartirilishiga erishilgan;
bazalt armaturali egiluvchi elementlarni mustahkamlikka hisoblash dasturi Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi loyihalash ishlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 13.12.2024 yildagi №20-06/13290-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash va hisoblash jarayonlariga sarflanadigan mehnat sarfini 20 % gacha tejash imkoniyati yaratilgan.