Juraev Kurbon Hafiz o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofadan zondlash ma’lumotlari asosida o‘rmon o‘simliklari degradatsiyasini geofazoviy tahlil qilish usulini takomillashtirish (Zomin milliy bog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi misolida)”, 11.00.07 - “Geoinformatika” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6066.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Inamov Aziz Nizamovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.10.08 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sultonov Murodjon Qilichovich – fan doktori (DSc), dotsent;Reymov Mamanbek Polatovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot – Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Geoaxborot tizimi va masofadan zondlash texnologiyalari asosida o‘rmon o‘simliklari degradatsiyasini geofazoviy tahlil qilish usulini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llagan holda, masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanib o‘rmon daraxtlari miqdorini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanib, o‘rmon xo‘jaligi hududlarida degradatsiyaga uchragan o‘simliklarning qayta tiklanish jarayonini  geofazoviy tahlillar orqali moniroting qilish usuli takomillashtirilgan;
geoinnovatsion texnologiyalarni inobatga olib, yong‘inga moyilligi bo‘lgan o‘rmon hududlarini masofadan zondlash ma’lumotlari asosida aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
o‘rmon hududidagi videllar va bo‘limlarni interaktiv tarzda ko‘rish, o‘simlik qoplami, daraxt turlarining tarqalishini va yong‘inga moyilligi bor hududlarni geovizuallashtirish hamda hududni kompleks baholash ishlari “GeoFire Monitoring” interaktiv veb-platformasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Masofadan zondlash ma’lumotlari asosida o‘rmon o‘simliklari degradatsiyasini geofazoviy tahlil qilish usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘rmon daraxtlarining sonini aniqlash hamda o‘rmon xo‘jaligi erlarida degradatsiyaga uchragan o‘simliklarni qayta tiklanish dinamikasini masofadan zondlash ma’lumotlari asosida monitoring qilish usullari Zomin o‘rmon xo‘jaligi va Zomin milliy tabiat bog‘ida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 10- noyabrdagi 03-03/1-03/3-11575-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zomin milliy bog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligidagi mavjud daraxtlarning soni va ularning joylashuvini aniqlash, o‘rmon xo‘jaligida yong‘in sodir bo‘lgan hududlarni aniqlash va qayta tiklash jarayonini monitoring qilish imkoniyati yaratilgan.
yong‘inga moyilligi bo‘lgan o‘rmon hududlarini masofadan zondlash ma’lumotlari asosida aniqlash algoritmi Zomin o‘rmon xo‘jaligi va Zomin milliy tabiat bog‘ida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 10-noyabrdagi 03-03/1-03/3-11575-son ma’lumotnomasi). Natijada, masofadan zondlash ma’lumotlari va xavf omillari (harorat, namlik, o‘smlik turlari) integratsiyasi orqali o‘rmondagi yong‘in xavfini oldindan aniqlash va uni oldini olish imkoniyati yaratildi.
“GeoFire Monitoring” nomli interaktiv veb-platforma Zomin o‘rmon xo‘jaligi va Zomin milliy tabiat bog‘ida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 10-noyabrdagi03-03/1-03/3-11575-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zomin milliy bog‘ va davlat o‘rmon xo‘jaligi hududlarini raqamli modulini ko‘rish, tahlil qilish, er maydonlarini aniqlash, o‘simliklar tarqalishini kuzatish, yong‘inga moyilligi bo‘lgan hududlarini hamda o‘rmon erlaridagi namlik va harorat ko‘rsatkichlarini masofadan turib aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish