Xodjaeva Bashorat Zafarjonovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda o‘rta asr qo‘lyozma varaqlarining ilmiy-amaliy restavratsiyasi”, 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/San182.
Ilmiy rahbar: Akilova Kamola Baltabaevna, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.12/2025.27.12.San.01.01. 
Rasmiy opponentlar: Madraimov Abdumajid Abduraimovich, tarix fanlari doktori, professor; Xadjimetov Behzod Bahodirovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston fondlarida saqlanayotgan o‘rta asr qo‘lyozma manbalarni ilmiy-amaliy restavratsiya qilishning nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli yondashuvni ishlab chiqish va kitoblarning badiiy, tarixiy va ilmiy ahamiyatini tiklashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta asrlarga oid risolalarda kitobat ustalarining restavratsiya faoliyati, amaliy tajribalari va qo‘lyozmalarni asrash bo‘yicha ishlab chiqqan innovatsion echimlari: 1) biologik repellent sifatida qog‘ozlar orasiga xushbo‘y gul va barglar qo‘yilgani; 2) antiseptik va insektisid xususiyatga ega achchiq qalampir qog‘oz massasiga qo‘shilgani; 3) zararkunanda va zamburug‘larga qarshi vosita sifatida achchiq toshdan qog‘oz oxorlash jarayonida foydalanilgani tizimli ravishda ochib berilgan hamda mazkur usullar zamonaviy restavratsiya amaliyotidagi “konservatsiya” va “profilaktik himoya” tamoyillarining ilk ko‘rinishlari sifatida baholanib, ularning bir necha asrlar avval Sharqda shakllangan ilmiy-amaliy maktab merosi ekanligi va  qo‘lyozma manbalarni saqlash tarixida muhim o‘rin tutishi asoslangan; 
qo‘lyozmalar qog‘ozlarining mexanik, biologik va fizik-kimyoviy zararlanish omillari bilan bog‘liq holda qog‘oz, siyoh va pigmentlar tarkibini hisobga olish, metall komponentli siyohlarda suv asosli usullarni qo‘llash metall ionlarining migratsiyasi, korroziya jarayonlarining faollashuvi va sellyulozaning destruksiyasiga olib kelishi, tarkibida simob mavjud pigmentlarda esa jelatin asosli materiallardan foydalanish ularning kimyoviy barqarorligini buzib, degradatsiya jarayonlarini tezlashtirishi mumkinligi sababli qo‘lyozma va restavratsiya materiallarining xususiyatlarini oldindan o‘rganmasdan turib, ulardan foydalanish maqsadga muvofiq emasligi dalillangan;
Sharq qo‘lyozmalarida rangli qog‘ozlardan foydalanish amaliyoti texnologik va semiotik tahlil asosida qayta baholanib, ko‘k rangli qog‘oz motam ma’nosini anglatishi asossiz ekani, aksincha, rangli qog‘ozlar ko‘zni charchatmaslik, matnni ravshan ko‘rsatish va kitobning badiiy qiymatini oshirish kabi amaliy va estetik vazifalar bilan bog‘liq ekanligi asoslangan;
qo‘lyozma manbalarni ta’mirlash amaliyotining rivojlanishi a) VIII asrdan qo‘lyozma kitoblarni biologik zararlanishdan muhofaza qilish maqsadida achchiq va o‘tkir hidli o‘simlik poyalari, barglari hamda mevalaridan foydalanishga asoslangan an’anaviy profilaktik usullar qo‘llanilgani; b) IX–XX asrlarda qo‘lyozma kitoblarni bakteriologik ta’sirdan va siyohlarning surkalishidan muhofaza qilish maqsadida ularni quruq va salqin muhitda saqlashga alohida eʼtibor qaratilgani; c) IX–XIX asrlarda qo‘lyozma kitoblar an’anaviy empirik usullar asosida, asosan sahhoflar tomonidan amaliy tajribaga tayangan holda ta’mirlangani; d) XIX asr oxiri — XX asrning birinchi yarmida qo‘lyozma kitoblarni ta’mirlashda ularning badiiy-tarixiy qiymatini saqlashdan ko‘ra, uning funksional holatini tiklashga ustuvor ahamiyat berilgani; e) XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilmiy restavratsiya yo‘nalishi shakllanib, fizik va kimyoviy tahlillar natijalariga tayangan holda qo‘lyozmalarni konservatsiya va restavratsiya qilishning ilmiy asoslangan usullari amaliyotga joriy etilgani kabi bosqichlarga bo‘linishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi o‘rta asr qo‘lyozma varaqlarining ilmiy-amaliy restavratsiyasi mavzusi tahlili bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
o‘rta asrlarga oid risolalarda kitobat ustalarining restavratsiya faoliyati, amaliy tajribalari va qo‘lyozmalarni asrash bo‘yicha ishlab chiqqan innovatsion echimlari: 1) biologik repellent sifatida qog‘ozlar orasiga xushbo‘y gul va barglar qo‘yilgani; 2) antiseptik va insektisid xususiyatga ega achchiq qalampir qog‘oz massasiga qo‘shilgani; 3) zararkunanda va zamburug‘larga qarshi vosita sifatida achchiq toshdan qog‘oz oxorlash jarayonida foydalanilgani tizimli ravishda ochib berilgan hamda mazkur usullar zamonaviy restavratsiya amaliyotidagi “konservatsiya” va “profilaktik himoya” tamoyillarining ilk ko‘rinishlari sifatida baholanib, ularning bir necha asrlar avval Sharqda shakllangan ilmiy-amaliy maktab merosi ekanligi va  qo‘lyozma manbalarni saqlash tarixida muhim o‘rin tutishi asoslanganligi yuzasidan takliflar Turkiya Respublikasining An’anaviy hunarmandchilikni asrash va saqlash assotsiatsiyasi (GESKODER) Prezidenti, konservator va restavrator Ayshegul Chebi tomonidan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2024-yilning 23-30-sentyabr va 28-oktyabr – 4-noyabr kunlarida o‘tkazilgan “Qo‘lyozmalar konservatsiyasi va restavratsiyasi” bo‘yicha xorijiy malaka oshirish kursini tashkill etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2024-yil 20-noyabrdagi 03-09/134-1663-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘lyozmalarning tashqi muhit ta’sirida zararlanishi, ularni konservatsiya va restavratsiya qilishda xalqaro etika  
qo‘lyozmalar qog‘ozlarining mexanik, biologik va fizik-kimyoviy zararlanish omillari bilan bog‘liq holda qog‘oz, siyoh va pigmentlar tarkibini hisobga olish, metall komponentli siyohlarda suv asosli usullarni qo‘llash metall ionlarining migratsiyasi, korroziya jarayonlarining faollashuvi va sellyulozaning destruksiyasiga olib kelishi, tarkibida simob mavjud pigmentlarda esa jelatin asosli materiallardan foydalanish ularning kimyoviy barqarorligini buzib, degradatsiya jarayonlarini tezlashtirishi mumkinligi sababli qo‘lyozma va restavratsiya materiallarining xususiyatlarini oldindan o‘rganmasdan turib, ulardan foydalanish maqsadga muvofiq emasligi dalillanganligi hamda Sharq qo‘lyozmalarida rangli qog‘ozlardan foydalanish amaliyoti texnologik va semiotik tahlil asosida qayta baholanib, ko‘k rangli qog‘oz motam ma’nosini anglatishi asossiz ekani, aksincha, rangli qog‘ozlar ko‘zni charchatmaslik, matnni ravshan ko‘rsatish va kitobning badiiy qiymatini oshirish kabi amaliy va estetik vazifalar bilan bog‘liq ekanligi asoslanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2024-yil 20-noyabrdagi 03-09/134-1663-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘lyozma varaqlaridagi bezak va xatlarning kimyoviy zararlanishi kabi muhim masalalarga oid tahlil va xulosalar kurs ishtirokchilariga nazariy bilim berishga katta hissa qo‘shgan; 
qo‘lyozma manbalarni ta’mirlash amaliyotining rivojlanishi a) VIII asrdan qo‘lyozma kitoblarni biologik zararlanishdan muhofaza qilish maqsadida achchiq va o‘tkir hidli o‘simlik poyalari, barglari hamda mevalaridan foydalanishga asoslangan an’anaviy profilaktik usullar qo‘llanilgani; b) IX–XX asrlarda qo‘lyozma kitoblarni bakteriologik ta’sirdan va siyohlarning surkalishidan muhofaza qilish maqsadida ularni quruq va salqin muhitda saqlashga alohida eʼtibor qaratilgani; c) IX–XIX asrlarda qo‘lyozma kitoblar an’anaviy empirik usullar asosida, asosan sahhoflar tomonidan amaliy tajribaga tayangan holda ta’mirlangani; d) XIX asr oxiri — XX asrning birinchi yarmida qo‘lyozma kitoblarni ta’mirlashda ularning badiiy-tarixiy qiymatini saqlashdan ko‘ra, uning funksional holatini tiklashga ustuvor ahamiyat berilgani; e) XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilmiy restavratsiya yo‘nalishi shakllanib, fizik va kimyoviy tahlillar natijalariga tayangan holda qo‘lyozmalarni konservatsiya va restavratsiya qilishning ilmiy asoslangan usullari amaliyotga joriy etilgani kabi bosqichlarga bo‘linishi dalillanganligi kabi xulosalaridan O‘zbekiston tarixi kanalining “Javohir” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 01-44-549-son ma’lumotnomasi). Natijada, kitobat ishining vujudga kelishi va shakllanishi, uning san’at darajasiga ko‘tarilib rivojlanish bosqichlarida restavratorlarga bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishi haqidagi tushunchalar boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish