Shoyusupova Muhabbat Afsamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qadimgi Shimoliy Baqtriya topografiyasini madaniyat kesimida o‘rganish, 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/San214.
Ilmiy rahbar: Pidaev Shokirjon Rasulevich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 05/2025.27.12.San.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor; Imamov Azizxon Avazxanovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Shimoliy Baqtriya yodgorliklarining tarixiy topografiyasi va madaniyatining o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va madaniy rivojlanish qonuniyatlarini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
antik davr shahar va qishloqlarining joylashuvi, suv manbalariga yaqinligi kabi topografik xususiyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ta’sirida tanazzulga uchrashi natijasida aholi manzilgohlarining migratsiyasiga gidrografik o‘zgarishlar, iqlim sharoitlari va geosiyosiy omillarning ta’siri isbotlangan;
antik davr yodgorliklarining joylashuvi, daryolar o‘zanlarining o‘zgarish sabablari, iqlimiy o‘zgarishlar (namlik va qurg‘oqchilik davrlarining almashinuvi), tektonik harakatlar tufayli relefning siljishi, sel va toshqin jarayonlarining faollashuvi, antropogen ta’sir, xususan, sun’iy sug‘orish inshootlari va qadimiy kanallar tizimining barpo etilishi natijasida aholi manzilgohlari va hunarmandchilik markazlarining hududiy joylashuvi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanib, gidrografik o‘zgarishlarning madaniy landshaft shakllanishidagi roli topografik-madaniy yondashuv asosida isbotlangan;  
mil. avv. IV milodiy IV asrlardagi Shimoliy Baqtriya madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida antropogen jarayonlar (yangi erlarning o‘zlashtirilishi, irrigatsiya tarmoqlarining kengaytirilishi, savdo yo‘llarining shakllanishi va boshqalar) natijasida ularning topografik tizimiga ta’siri antik davr tarixiy-madaniy makonning muhim tarkibiy omili ekanligi asoslangan;
Sherobod daryosining mil. avv. IV asrga oid taxminiy tiklangan suv sarflari va mil. avv. III asrlarda Kampirtepa atrofida kuzatilgan suv toshqinlari Amudaryoning yo‘nalishini o‘zgartirishi, suv sathining ko‘tarilishi hamda mavjud sug‘orish tizimlarining takomillashuvi bilan bog‘liqligi aniqlanib, mazkur gidrologik va antropogen jarayonlarning daryo bo‘ylarida joylashgan aholi manzilgohlari topografiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani, natijada ayrim madaniy markazlarning tanazzulga uchrashiga olib kelganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimgi Shimoliy Baqtriya topografiyasini madaniyat kesimida o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida: 
qadimgi aholi manzilgohlarining tipologiyasi, sug‘orish tizimlarining ahamiyati, shahar markazlarining topografiyasi (suv manbalariga yaqin joylashuvi), qadimgi xarobaga aylanib tashlab ketilgan aholi manzilgohlarining ko‘chish sabablari dalillangani va Sherobod daryosi o‘zani yo‘nalishining o‘zgarib borishi negizida aholi manzilgohlarining, shuningdek, madaniyat va san’at o‘choqlarining joylashuv qonuniyati asoslangani; antik davr yodgorliklarining joylashuvi, daryolar o‘zanlarining o‘zgarish sabablari, iqlimiy o‘zgarishlar (namlik va qurg‘oqchilik davrlarining almashinuvi), tektonik harakatlar tufayli relefning siljishi, sel va toshqin jarayonlarining faollashuvi, antropogen ta’sir, xususan, sun’iy sug‘orish inshootlari va qadimiy kanallar tizimining barpo etilishi natijasida aholi manzilgohlari va hunarmandchilik markazlarining hududiy joylashuvi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanib, gidrografik o‘zgarishlarning madaniy landshaft shakllanishidagi roli topografik-madaniy yondashuv asosida isbotlangani bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Surxondaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2026-yil 5-martdagi 04-07/1040-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy meros obektlarini tasniflashga, targ‘ibot qilish va sayyohlarni keng jalb qilishga xizmat qilgan;
antik davr shahar va qishloqlarining joylashuvi, suv manbalariga yaqinligi kabi topografik xususiyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ta’sirida tanazzulga uchrashi natijasida aholi manzilgohlarining migratsiyasiga gidrografik o‘zgarishlar, iqlim sharoitlari va geosiyosiy omillarning ta’siri; mil. avv. IV – mil. IV asrlardagi Shimoliy Baqtriya madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida antropogen jarayonlar (yangi erlarning o‘zlashtirilishi, irrigatsiya tarmoqlarining kengaytirilishi, savdo yo‘llarining shakllanishi va boshqalar) natijasida ularning topografik tizimiga ta’siri antik davr tarixiy-madaniy makonning muhim tarkibiy omili ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutida 2021-2024-yillarda t.f.n. Sh.R. Pidaev ilmiy rahbarligida bajarilgan “Arxeologik yodgorliklarni tadqiq etishda innovatsion geofizik, biologik, fizik-kimyoviy texnologiyalarni qo‘llash (Dalvarzintepa, Qoratepa, Xayrabodtepa va Loylagan mozor-qo‘rg‘oni misolida) (A-FA-2021-442)” nomli loyiha doirasidagi Kushon davri yodgorliklarini tadqiq etish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining 2026-yil 25-martdagi 60/01-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natija va xulosalarning qo‘llanishi loyihaning ilmiy ahamiyatini oshiradi va ayrim nazariy muammolarning echimiga xizmat qilgan; 
Sherobod daryosining mil. avv. IV asrga oid taxminiy tiklangan suv sarflari va mil. avv. III asrlarda Kampirtepa atrofida kuzatilgan suv toshqinlari Amudaryoning yo‘nalishini o‘zgartirishi, suv sathining ko‘tarilishi hamda mavjud sug‘orish tizimlarining takomillashuvi bilan bog‘liqligi aniqlanib, mazkur gidrologik va antropogen jarayonlarning daryo bo‘ylarida joylashgan aholi manzilgohlari va arxeologik yodgorliklar topografiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani, natijada ayrim madaniy markazlarning tanazzulga uchrashiga olib kelganligi isbotlangani bilan bog‘liq xulosalardan “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” davlat muassasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (“Ma’rifat ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2026-yil 10-martdagi 01-33/163-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish va yoshlarni vatanparvarlik, san’atni sevish ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish