Jaxonov Temurxon Xakim o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Kushonlar davri Shimoliy Baqtriya shaharsozlik madaniyati, 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/San147.
Ilmiy rahbar: Pidaev Shokirjon Rasulevich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.San.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Muxsinova Zebiniso Suxrobovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shimoliy Baqtriya hududidagi kushonlar davri shaharsozlik madaniyatining asosiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kushon davri shaharlarining asos solingan davriga qarab to‘rt guruhga: so‘nggi bronza va ilk temir davrida paydo bo‘lgan hamda kushonlar davrida ham mavjud shaharlar, asosi ahamoniylar davrida qurilgan hamda kushonlar davrida ham mavjud bo‘lgan shaharlar, yunon-makedon bosqinidan keyin qurilgan va kushonlar davrida ham mavjud bo‘lgan shaharlar, kushonlar davrida bunyod etilgan shahar-qal’alarga bo‘lingani asoslangan;
kushonlar davrida ayrim diniy majmualarning (xususan, buddaviylikka oid ibodatxonalar va stupalarning) shahar devorlaridan tashqarida joylashgani kuzatilib, bu holat keyingi tarixiy davrlarda shahar atrofida ibodat, ziyorat va xo‘jalik faoliyati jamlangan tashqi hududning shakllanishiga turtki bo‘lganligi aniqlangan;
shaharsozlik madaniyatining shakllanishiga tabiiy-geografik muhit, shaharlar asos solingan davr, mahalliy va tashqi shaharsozlik an’analari, siyosiy-iqtisodiy ahvol, diniy e’tiqodlar, shaharlarning Kushon davlatida tutgan o‘rni kabi omillar ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan;
Dalvarzintepa yodgorligidagi hunarmandchilik markazidan olingan spektr tahlillari asosida xumdonlarni bunyod etishda foydalanilgan g‘ishtlarda kremniy (Si)ning deyarli yo‘qligi sababli bu materiallarning anʼanaviy qurilish g‘ishtlaridan farqli ravishda maxsus tanlangan xom-ashyo asosida tayyorlanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoliy Baqtriyaning kushonlar davri shaharsozlik madaniyatini tadqiq etish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida:
kushonlar davrida ayrim diniy majmualarning (xususan, buddaviylikka oid ibodatxonalar va stupalarning) shahar devorlaridan tashqarida joylashganligi kuzatilib, bu holat keyingi tarixiy davrlarda shahar atrofida ibodat, ziyorat va xo‘jalik faoliyati jamlangan tashqi hududning shakllanishiga turtki bo‘lganligi aniqlanganligi hamda Dalvarzintepa yodgorligidagi hunarmandchilik markazidan olingan spektr tahlillari asosida xumdonlarni bunyod etishda foydalanilgan g‘ishtlarda kremniy (Si)ning deyarli yo‘qligi sababli bu materiallarning anʼanaviy qurilish g‘ishtlaridan farqli ravishda maxsus tanlangan xom-ashyo asosida tayyorlanganligining isbotlanganligini asoslovchi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Surxondaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasining viloyatdagi kushon davri yodgorliklarining muhofaza etish hududlarini qayd etishda hamda Termiz arxeologiya muzeyi turli vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kushon podsholigi durdonalari Termiz arxeologiya muzeyi xazinasidan” mavzusidagi ko‘rgazmani tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2026-yil 5-martdagi 04-07/1041-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey ekspozisiyasida kushon davri shaharsozlik madaniyati bilan bog‘liq ma’lumotlar orqali muzeyga tashrif buyuruvchilarda aniq tarixiy tasavvur shakllantirishga hamda Surxondaryo viloyatidagi kushon davri yodgorliklarining muhofaza hududlarini aniq belgilab olishga xizmat qilgan.
kushon davri shaharlarining asos solingan davriga qarab to‘rt guruhga: so‘nggi bronza va ilk temir davrida qurilgan hamda kushonlar davrida ham mavjud shaharlar, asosi ahamoniylar davrida qurilgan hamda kushonlar davrida ham mavjud bo‘lgan shaharlar, yunon-makedon bosqinidan keyin qurilgan va kushonlar davrida ham mavjud bo‘lgan shaharlar, kushonlar davrida bunyod etilgan shahar-qal’alarga bo‘linganligini asoslanganligi hamda shaharsozlik madaniyatining shakllanishiga tabiiy-geografik muhit, shaharlar asos solingan davr, mahalliy va tashqi shaharsozlik an’analari, siyosiy-iqtisodiy ahvol, diniy e’tiqodlar, shaharlarning Kushon davlatida tutgan o‘rni kabi omillar ta’sir ko‘rsatganligining dalillanganligini asoslovchi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining ayrim ko‘rsatuvlar ssenariysini shakllantirishda xususan, “Tarix maydoni” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Ma’rifat» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 2026-yil 10-martdagi 01-33/161- son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p qatlamli kushon shaharlarining shakllanishi haqidagi ma’lumotlar tomoshabinda kushon davri borasida aniqroq tasavvur shakllantirishga xizmat qilgan.