Ibroximov Muhriddin Abduvaxob o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mineral o‘g‘itlar bilan boyitilgan gidrogellar olish va ularning xossalarini tadqiq etish”, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T5591.
Ilmiy rahbar: Shirinov Shavkat Davlatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertasiya bajarilgan muassa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Isroilov Oltinbek Ixtiyor o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi polimer xom ashyolar asosida mineral o‘g‘itlar va mikroelementlar bilan boyitilgan, tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga mos, suv va mineral resurslarni tejovchi, yuqori bo‘kuvchan va ekologik xavfsiz gidrogellar sintez qilish va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv tejovchi texnologiyalar, gidrogellar va ularning qishloq xo‘jaligida tabiiy suv resurslarini tejashdagi ahamiyati tadqiq etilgan, hamda, aniqlangan natijalar asosida gidrogellarga qo‘yiladigan zarur talablar ishlab chiqilgan;
ikkilamchi mahalliy xomashyo - gidrolizlangan poliakrilonitril va karboksimetilsellyuloza, formaldegid, ammofos, karbamid, mikroelementlar, ammoniy polifosfat va NPK o‘g‘itlari asosida yuqori bo‘kuvchan gidrogellar sintez qilingan va jarayonning maqbul sharoitlari aniqlangan;
gidrogellar sintez jarayonida mineral o‘g‘itlar va mikroelementlar qo‘shilishi gidrogellar tarkibida turli g‘ovaklarning hosil bo‘lishiga olib kelishi, bu esa bo‘kish darajasi va knetikasini oshirib, suv va suvda erigan minerallarning erkin harakatlanishini ta’minlashi orqali mineral o‘g‘itlarni er osti suvlariga yuvilib ketishini oldini olib, mineral o‘g‘itlar sarfini 27-34% gacha kamaytirishi aniqlangan;
olingan gidrogellarning polimer zanjiri va matrisasiga gidrofilligi yuqori bo‘lgan ammoniy polifosfat, karbamid, ammafos va kaliyli o‘g‘itlar qo‘shilishi natijasida gidrogellarning suv yutuvchanligi 25% ga, suvni ushlab turish vaqti esa 20% ga ortishi isbotlangan;
sintez qilingan gidrogellar qishloq xo‘jaligida qo‘llanganda, o‘simliklar hosildorligini 10-15% gacha oshirgan holda suv sarfini 20-25% gacha kamaytirishi aniqlangan va iqtisodiy samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mineral o‘g‘itlar bilan boyitilgan gidrogellar olish va ularning xossalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida sintez qilingan va mineral o‘g‘itlar hamda mikroelementlar bilan boyitilgan gidrogellar «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ da amaliyotga joriy qilingan («Dehqonobod kaliy zavodi» AJning 2025 yil 9 sentyabrdagi 02-02-1/1520-son ma’lumotnomasi) Natijada, «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ karerlar atrofidagi sug‘orish imkoniyati cheklangan hududlarda ekilgan daraxt ko‘chatlarini 95% gacha unib chiqishi ta’minlab, qum va tuz ko‘chishlarini oldini olishga imkon bergan;
GIPAN, KMS asosidagi gidrogellarni qo‘llash texnologiyasi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ va “QAXXOR OTA” fermer xo‘jaligining ekin maydonlarida amaliyotga joriy etilgan. («Dehqonobod kaliy zavodi» AJ ning 2025 yil 9 sentyabrdagi 02-02-1/1520-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orishdagi suv resurslari sarfini 20-25% gacha, mineral o‘g‘itlar sarfini 27-34% gacha tejab qolinishiga imkon bergan.