Rosilov Mansur Sirgievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan oltingugurtli bitum olish texnologiyasini ishlab hiqish”, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/T437.
Ilmiy maslahatchi: Beknazarov Hasan.Soeibnazarovich., texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya Ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’sud Ubaedulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor; Kamolov Luqmon Sirojiddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Xaydarov Axtam Amonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: p-fenilendiamin, ftal kislotaning diamidi, kroton aldegid, anilin gidroxlorid, formalin va glisinlar asosida modifikatorlar olish, olingan modifikatorlar yordamida oltingugurtni modifikatsiyalash hamda modifikatsiyalangan oltingugurt bilan modifikatsiyalangan bitumlar olish va uning fizik-kimyoviy xossalarini asoslash hamda modifikatsiyalangan bitumlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
p-fenilendiamin, ftal kislotaning diamidi, kroton aldegid, anilin gidroxlorid, formalin va glisin kabi birikmalar asosida DA-1S, AG-1S va PFA-1S markali modifikatorlar sintez qilish usuli ishlab chiqilgan va sintez jarayonining optimal sharoitlari aniqlangan;
DA-1S, AG-1S va PFA-1S markali modifikatorlarning tarkibi va tuzilishi YaMR-, PMR-, IQ-spektroskopiyalari yordamida o‘rganilgan hamda ularning fizik-kimyoviy xossalari zamonaviy tahlil usullari yordamida aniqlangan;
DA-RM, AG-RM va PFG-RM markali modifikatsiyalangan bitumlarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari IQ-spektroskopiya, SEM-analizi, rengenofazaviy analiz kabi zamonaviy tahlil usullari yordamida aniqlangan;
sintez qilingan DA-1S, AG-1S va PFA-1S markali modifikatorlar bilan BND 60/90 markali bitum GOST R 52056-2003 bo‘yicha modifikatsiyalanganda hamda DA-RM, AG-RM, va PFG-RM markali modifikatsiyalangan bitumlar olishda oltingugurt: bitum nisbatlari 10:90 bo‘lganda yaxshi natijalar olinishi mumkinligi isbotlangan;
oltingugurt asosida modifikatsiyalangan markali bitumlar qo‘shimchaning turiga qarab, xuddi shu davrda modifikatsiyalangan asfaltbeton mustahkamligining oshishi quyidagicha bo‘lishi: DA-RM markali bitumda 1,34 baravar, AG-RM markali bitumda 1,26 baravar, PFG-RM markali bitumda esa 1,17 baravarga oshishi aniqlangan;
DA-RM, AG-RM, va PFG-RM markali modifikatsiyalangan bitumlarning elastiklik, reologik, yopishqoqlik, termik barqarorlik xususiyatlari GOST 31737-2003 bo‘yicha o‘rganilganda BND 60/90 markali bitumga nisbatan modifikatsiyalanga bitumning yopishqoqligi va elastikligi 3 va 5 barobargacha oshganligi aniqlangan;
DA-1S, AG-1S va PFA-1S markali modifikatorlar hamda DA-RM, AG-RM, va PFG-RM markali modifikatsiyalangan bitumlarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va texnik-iqtisodiy samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Modifikatsiyalangan oltingugurt bilan modifikatsiyalangan bitumlarni olish texnologiyasi va qoʻllanilishi boʻyicha olingan natijalar asosida:
modifikatsiyalangan oltingugurt bilan bitumlar olish texnologiyasi “Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning “2024-2029 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2024 yil 1 noyabrdagi OP02/BO-4241-son ma’lumotnomasi). Natijada, modifikatsiyalangan oltingugurt bilan modifikatsiya-langan bitumlar asosida import o‘rnini bosuvchi yangi bitum olish imkonini beradi;
yangi turdagi bitumlar asosida asfaltbeton uchun muhim material ishlab chiqarish “Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning “2024-2029 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2024 yil 1 noyabrdagi OP02/BO-4241-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft mahsulotlaridan olingan bi-tumning tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshirish imkoniyatini beradi;
modifikatsiyalangan bitumlar asosida izolyasiyalovchi qoplamalar olish usuli “SANOAT ENERGETIKA GURUHI” MChJ XKning “2024-2029 yillarda ama-liyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (SANOAT ENERGETIKA GURUHI” MChJ XK sining 2024 yil 1 noyabrdagi 02-19/2B59-son ma’lumotnomasi). Natijada, BND 60/90 markali bitumni modifikatsiyalash or-qali olingan izolyasiyalovchi qoplamalarning elastiklik va yopishqoqlik xususiyatlarini 35 % ga oshirish imkonini beradi.