Aliev Baxtiyor Xojayarovich ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Janubiy O‘zbekiston suv omborlarida gidrobiontlar bioxilma-xilligiga abiotik va antropogen faktorlar ta’siri”, 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V939.
Ilmiy rahbar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, PhD.08/2025.27.12.V.11.02.
Rasmiy opponentlar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor; Sheraliev Baxtiyor Maxmutali o‘g‘li, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy O‘zbekiston suv omborlarida ayrim gidrobiontlarning (Lymnaeidae, Physidae, Planorbidae, Corbiculidae, Astacidae, Cyprinidae, Gobionidae, Leuciscidae, Xenocyprididae, Poeciliidae, Percidae oilalari) bioxilma-xilligini aniqlash, ularga abiotik va antropogen omillar ta’sirini ochib berish va kamyob turlarni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy O‘zbekistonning suv omborlari va unga yondosh suv ekotizimlarida 11 oilaga mansub 25 turdagi gidrobiontlar: ikkipallali mollyuskalarning 5 turi, suv qorinoyoqli mollyuskalarning 8 turi, yuksak qisqichbaqalarning 1 turi hamda baliqlarning 11 turi aniqlangan;
Janubiy O‘zbekiston suv ekotizimlari faunasi uchun ilk bor 4 tur gidrobiont aniqlangan;
tadqiqot hududi ikkipallali mollyuskalaridan Corbicula fluminalis (O.F.Muller, 1774) mitoxondrial DNK (COI) geni va yuksak qisqichbaqalardan Pontastacus leptodactylus (Eschscholtz, 1823) ribosomal RNK (18S) geni bo‘yicha molekulyar identifikatsiyalangan;
Janubiy O‘zbekiston suv ekotizimlarida gidrobiontlarning biotoplar bo‘yicha turli populyasiyalarda taqsimlanishi, zichligi hamda suv omborlarda gidrobiontlarning ekologik guruhlari tavsiflangan, suv qoninoyoqli va ikki pallali mollyuskalarning bioindikatorlik xususiyatlari ochib berilgan;
suv ekotizimidagi abiotik va antropogen omillarning gidrobiontlar tarqalishiga va ulardagi o‘zgaruvchanlikka ta’siri isbotlangan hamda Janubiy O‘zbekiston suv omborlarida muhofazaga muhtoj turlarning cheklovchi omillari aniqlangan va saqlab qolishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy O‘zbekiston suv omborlarida gidrobiontlar bioxilma-xilligiga abiotik va antropogen omillar ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv omborlarda tarqalgan 25 tur gidrobiontlarning ro‘yxati shakllantirilgan, ularning ekologik tavsifi, tarqalishi, bioxilma-xilligi, abiotik va antropogen omillarning ta’siri, xo‘jalikdagi ahamiyati hamda muhofazaga muhtoj turlarni saqlab qolishga oid yangi ma’lumotlar va ishlab chiqilgan tavsiyalar Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 3-fevraldagi 03-03/1-03/3-1040-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo va Qashqadaryo havzasidagi suv omborlari gidrobiontlari bioxilma-xilligining davlat monitoringini olib borish, hayvonot dunyosi obektlari davlat kadastrini yuritish hamda gidrobiontlarning zamonaviy tur tarkibi, areallari va geoaxborot ma’lumotlari bazasini shakllantirish imkonini bergan;
Janubiy O‘zbekiston suv ekotizimlarida uchraydigan gidrobiontlarning bioindikatorlik xususiyatlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi faoliyatida suv havzalarini ekologik baholash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 3-fevraldagi 03-03/1-03/3-1040-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv havzalarining organik ifloslanganlik (saproblik) darajasini aniqlash va ekologik baholash imkonini bergan;
Janubiy O‘zbekiston suv omborlarida gidrobiontlarning tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar global bioxilma-xillik axborot bazasiga (GBIF, www.gbif.org) joylashtirilgan (Global bioxilma-xillik axborot bazasi sertifikati, 2024-yil 26-iyul). Natijada, Janubiy O‘zbekiston suv omborlaridagi gidrobiontlar tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xalqaro miqyosda foydalanish imkonini bergan;
Corbicula fluminalis (O.F. Miiller, 1774) va Pontastacus leptodactylus (Eschscholtz, 1823) turlarining nukleotidlar ketma-ketligi fragmentlari aniqlanib, olingan natijalar Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasida OR233337 va PP125709 inventar raqamlari orqali ro‘yxatga olingan (National Center for Biotechnology Information, 2023-yil 10-iyuldagi ma’lumotnoma). Natijada, dunyoning turli mintaqalarida tarqalgan ushbu turlarning identifikasiyasi va filogenetik tahlilini amalga oshirish boʻyicha xalqaro maʼlumotlar bazasi tarkibini boyitish imkonini bergan.