Yo‘lbarsova Mashxuraxon Vaxobovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Qizilqum fosforitlaridan murakkab o‘g‘itlar olishning fizik-kimyoviy asoslari va takomillashgan texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T958.
Ilmiy maslahatchi: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.19.06.
Rasmiy opponentlar: Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Umirov Farxod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi karbamidning kislotali komplekslari va Markaziy Qizilqum fosforitlaridan murakkab o‘g‘itlar olishning fizik-kimyoviy asoslari va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
SO(NH2)2-NNO3-N2O, CO(NH2)2-H2SO4-H2O, SO(NH2)2-N3RO4-H2O va CO(NH2)2-[64,0% H3PO4+36,0% H2O]-H2O tizimining politermik eruvchanlik diagrammasi tahlillari asosida ularning politermik eruvchanlik diagrammalari qurilgan;
sistemalarda quyidagi tarkibli yangi kimyoviy birikmalar hosil bo‘lishi aniqlangan: SO(NH2)2·NNO3, CO(NH2)2·H2SO4, 2CO(NH2)2·H2SO4, CO(NH2)2·H3PO4 va diagrammalarda ularning kristallanish maydonlari chegaralangan, hamda bu birikmalar tarkiblari kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda isbotlangan;
karbamidning kislotali komplekslarining 20 °C dagi suvda eruvchanligi quyidagi tartibda oshib borish qatori (CO(NH2)2·HNO3 - 20,4% < CO(NH2)2·H3RO4(EFK) - 49,2% < CO(NH2)2·H3PO4 – 50,0% < 2CO(NH2)2·H2SO4 – 80,0%) aniqlangan;
karbamidning mineral kislotali kompleks eritmalarini ammiak bilan ammoniylashtirish natijasida tarkibida ammoniy nitrat, ammoniy sulfat, monoammoniyfosfat bo‘lgan hamda ularning karbamid bilan kompleks aralashmalari mavjud bo‘lgan barqaror aralash-o‘g‘itlar olinishi ilmiy jihatdan asoslangan;
yuqori karbonatli Qizilqum fosforit namunalarini KKK faollashtirish xususiyatiga egaligi aniqlangan va ular asosida tarkibida to‘liq o‘zlashuvchan ozuqa moddalariga ega bo‘lgan nordon va sekin ta’sir etuvchi murakkab aralashmali o‘g‘itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy Markaziy Qizilqum fosforitlari va karbamidning kislotali komplekslaridan N-P-Ca-S asosidagi murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishning ilmiy natijalari asosida:
fosforitni nitrat karbamidi bilan faollashtirish asosida sekin ta’sir etuvchi murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2027–2029-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2025 yil 20 oktyabrdagi 93- son ma’lumotnomasi). Natijada, fosfat xomashyosini KKK yordamida qayta ishlab qishloq xo‘jaligi uchun samarali, sekin ta’sir etuvchi murakkab donador o‘g‘it olish imkoniyatini beradi;
fosforitni sulfat karbamidi bilan faollashtirish asosida samarali murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2027–2029-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2025 yil 20 oktyabrdagi 93-son ma’lumotnomasi). Natijada, samarali, sekin ta’sir etuvchi murakkab N-P-Ca-S tutgan o‘g‘itlar olish imkonini beradi;
fosforitni ekstraksion fosfat karbamidi bilan faollashtirish asosida samarali murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2027–2029-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2025 yil 20 oktyabrdagi 93- son ma’lumotnomasi). Natijada, samarali, sekin ta’sir etuvchi murakkab N-P-Ca tutgan o‘g‘itlar olish imkonini beradi.