Mamatov Zafar Mamadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyon mahsulotlarini kimyoviy tarkibini tadqiq qilish, sinflash va ulardan oqilona foydalanish”, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K728.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Alidjan Aminovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.K.10.06.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Mahsadjon Mo‘ydinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Dehqonov Raxmatilla Sultonovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston sharoitida etishtirilgan quyon go‘shtining kimyoviy tarkibini va ozuqaviy komponentlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston sharoitida etishtiriladigan quyon go‘shti va qo‘shimcha mahsulotlarining kimyoviy tarkibi zamonaviy fizik-tadqiqot usulari bilan isbotlangan;
ilk bor quyon ichki yog‘i, bo‘yin tashqi yog‘i va teri yog‘ining to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislota tarkibi gaz xromatografiyasi usuli orqali o‘rganilib, 17 ta komponent mavjudligi va ularning miqdoriy tarkibi aniqlangan;
ilk bor go‘shti va junining oqsil miqdori, aminokislotalar, organik kislotalar, flavonoidlar hamda vitamin tarkibi aniqlangan va quyon go‘shti asosiy oqsil tuzuvchi aminokislotlari va suvda eruvchan vitaminlar manbai ekanligi isbotlangan;
quyon go‘shti va qo‘shimcha mahsulotlari tarkibidagi 30 tagacha makro- va mikroelementning miqdoriy tarkibi induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya usuli va induktiv-bog‘langan plazmali optik-emission spektroskopiya yordamida aniqlangan;
quyon go‘shti tarkibidagi toksik elementlar miqdori SanQvaM da belgilanga qiymatlardan past ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyon mahsulotlarini kimyoviy tarkibini tadqiq qilish, sinflash va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida quyidagilar joriy qilingan:
quyon go‘shti asosida qaynatilgan kolbasa ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Sanitar-epidemiologik xulosa berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasining 2026 yil 20 yanvardagi № 496559-son xulosasi). Natijada, quyon go‘shti asosida yuqori biologik qiymatga ega, sog‘lom ovqatlanish uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
quyon go‘shti asosida qaynatilgan kolbasa, yarim dudlangan va qaynatilgan sosiska mahsulotlari  uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha 1601 00 990 2 kod raqami ishlab chiqilgan hamda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilish uchun qabul qilingan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2026-yil 28-yanvardagi 29/05-26-0058-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, eksport va import jarayonlarida quyon go‘shti asosida ishlab chiqilgan mahsulotlarini tasniflashni soddalashtirish hamda boj to‘lovlarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish