Xamdamov Ilyosjon Farxodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Preeklampsiya kelib chiqishini homiladorilikning erta bosqichlarida prognozlash”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya, 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.4.PhD/Tib3999
Ilmiy rahbarlar: Kamilova Iroda Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Iriskulov Baxtiyar Uktamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash..
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Djahongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qayumov Abdurahmon Abdumavlyanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homiladorlik davrida preeklampsiya rivojlanishini differensial tashxislash va erta bashoratlash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollarda preeklampsiya xavfining oshishi bilan bog‘liq ijtimoiy-biologik va anamnestik xususiyatlar majmuasi chuqur tahlil qilingan hamda ularning prognostik ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlangan;
homiladorlikning 16-haftasidan boshlab dinamikada o‘lchangan eruvchan endoglin darajasining o‘zgarish tendentsiyasi preeklampsiya rivojlanishining erta bioximik markeri sifatida baholandi va uning prognostik qiymati isbotlangan;
homiladorlikning I trimestrida bachadon arteriyalaridagi qon oqimining dopplerometrik ko‘rsatkichlaridagi patologik o‘zgarishlar bilan keyinchalik preeklampsiya rivojlanishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy jihatdan aniqlandi va ularning erta bashoratdagi ahamiyati isbotlangan;
preeklampsiya rivojlanishini erta bashorat qilish maqsadida ijtimoiy-biologik, anamnestik, bioximik (eruvchan endoglin) va dopplerometrik ko‘rsatkichlarni birlashtiruvchi kompleks prognostik algoritm ishlab chiqildi va uning amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Preeklampsiya kelib chiqishini homiladorlikning erta muddatlarida bashorat qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda preeklampsiya xavfining oshishi bilan bog‘liq ijtimoiy-biologik va anamnestik xususiyatlar majmuasi chuqur tahlil qilinganligi hamda ularning prognostik ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlanganligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-iyunda №06-25/640-t son bilan tasdiqlangan “Xavf guruhidagi homiladorlarda preeklampsiyani erta tashxislashni bashorat qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan hamda Toshkent shahar 7-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2025 yil 23iyuldagi 76-sonli buyruq bilan, Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2025 yil 24-iyuldagi 194-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/49-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda preeklampsiya xavfini oshiruvchi ijtimoiy-biologik va anamnestik omillarning aniqlanishi yuqori xavf guruhini erta shakllantirish imkonini beradi, shuningdek preeklampsiyaning oldini olish, ona va perinatal asoratlar hamda o‘limni kamaytirishga, shuningdek, tibbiy yordam sifatini oshirish va sog‘lom avlodni shakllantirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollarda preeklampsiya xavfining oshishi bilan bog‘liq ijtimoiy-biologik va anamnestik xususiyatlar majmuasi chuqur tahlil qilinganligi hamda ularning prognostik ahamiyatini iqtisodiqiy samaradorligi 84 nafar ayol uchun xarajatlar 22% ga kamayib, 92400000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: homilador ayollarda preeklampsiya xavfini oshishining prognostik ahamiyatining ijtimoiy samaradorligi, har bir ayol uchun o‘rtacha 1100000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: homiladorlikning 16-haftasidan boshlab dinamikada o‘lchangan eruvchan endoglin darajasining o‘zgarish tendentsiyasi preeklampsiya rivojlanishining erta bioximik markeri sifatida baholandi va uning prognostik qiymatining isbotlanganligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-iyunda №06-25/640-t son bilan tasdiqlangan “Xavf guruhidagi homiladorlarda preeklampsiyani erta tashxislashni bashorat qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan hamda Toshkent shahar 7-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2025 yil 23-iyuldagi 76-sonli buyruq bilan, Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2025 yil 24-iyuldagi 194-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/49-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundaki, homiladorlikning 16-haftasidan boshlab eruvchan endoglin darajasining dinamik o‘zgarishini baholash preeklampsiyani erta bosqichda prognoz qilish imkonini beradi va bu esa yuqori xavf guruhidagi homilador ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, individual profilaktika va erta davolash choralarini qo‘llash orqali ona va perinatal asoratlar, onalar va chaqaloqlar o‘limi ko‘rsatkichlarini kamaytirishga xizmat qiladi, natijada akusherlik yordamining sifati oshadi va sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy ijtimoiy yo‘qotishlar qisqaradi. Iqtisodiy samaradorligi: erta tashxis va profilaktika choralari qo‘llanilishi natijasida 84 nafar ayol uchun umumiy 168000000 so‘m iqtisod qilindi, bu esa preeklampsiya bilan bog‘liq davolash xarajatlarini taxminan 25–30% ga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: erta tashxis va profilaktika choralari qo‘llanilishi natijasida ijtimoiy samaradorligi, har bir ayol uchun o‘rtacha 2000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: homiladorlikning I trimestrida bachadon arteriyalaridagi qon oqimining dopplerometrik ko‘rsatkichlaridagi patologik o‘zgarishlar bilan keyinchalik preeklampsiya rivojlanishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy jihatdan aniqlandi va ularning erta bashoratdagi ahamiyatini isbotlanganligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-iyunda №06-25/640-t son bilan tasdiqlangan “Xavf guruhidagi homiladorlarda preeklampsiyani erta tashxislashni bashorat qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan hamda Toshkent shahar 7-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2025 yil 23iyuldagi 76-sonli buyruq bilan, Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2025 yil 24-iyuldagi 194-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/49-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundaki, homiladorlikning I trimestridayoq bachadon arteriyalari qon oqimining dopplerometrik ko‘rsatkichlaridagi patologik o‘zgarishlar asosida preeklampsiya rivojlanishini erta bashorat qilish imkoniyati yaratildi, bu esa yuqori xavf guruhidagi homilador ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, profilaktik chora-tadbirlarni erta boshlash va asoratlarning oldini olishga xizmat qiladi, natijada onalar va perinatal kasallanish hamda o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish, sog‘lom avlodni shakllantirish va sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini qisqartirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: homiladorlikning I trimestrida bachadon arteriyalari qon oqimining dopplerometrik ko‘rsatkichlari asosida preeklampsiyani erta bashorat qilish natijasida 84 nafar homilador ayolda jami iqtisodiy samara 108000000 so‘mni tashkil etdi va davolash hamda asoratlarni bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar umumiy hisobda 25% ga qisqardi. Xulosa: homiladorlikning I trimestrida bachadon arteriyalari qon oqimining dopplerometrik ko‘rsatkichlari asosida preeklampsiyani erta bashorat qilish natijasida bir nafar homilador ayol hisobiga o‘rtacha 1200000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamga erishildi, bu umumiy tibbiy xarajatlarni 25% ga kamaytirish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: preeklampsiya rivojlanishini erta bashorat qilish maqsadida ijtimoiy-biologik, anamnestik, bioximik (eruvchan endoglin) va dopplerometrik ko‘rsatkichlarni birlashtiruvchi kompleks prognostik algoritm ishlab chiqildi va uning amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlanganligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-iyunda №06-25/640-t son bilan tasdiqlangan “Xavf guruhidagi homiladorlarda preeklampsiyani erta tashxislashni bashorat qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan hamda Toshkent shahar 7-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2025 yil 23-iyuldagi 76-sonli buyruq bilan, Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2025 yil 24-iyuldagi 194-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/49-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: preeklampsiya rivojlanishini erta bashorat qilish maqsadida ijtimoiy-biologik, anamnestik, biokimyoviy (eruvchan endoglin) va dopplerometrik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan kompleks prognostik algoritmning ishlab chiqilishi yuqori xavf guruhidagi homilador ayollarni erta aniqlash imkonini berdi, ushbu yondashuv profilaktik va davolovchi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qo‘llashga xizmat qilib, ona va perinatal asoratlar chastotasini kamaytirish, homilador ayollar hayot sifati va sog‘lom avlodni ta’minlashga qaratilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: preeklampsiya rivojlanishini erta bashorat qilish maqsadida ishlab chiqilgan ijtimoiy-biologik, anamnestik, biokimyoviy (eruvchan endoglin) va dopplerometrik ko‘rsatkichlarni birlashtiruvchi kompleks prognostik algoritmni 84 nafar homilador ayolda qo‘llanilganda jami iqtisodiy samara 109200000 so‘mni tashkil etdi hamda preeklampsiya bilan bog‘liq statsionar va intensiv davolash xarajatlari umumiy hisobda 27% ga kamaydi. Xulosa: bir nafar homilador ayol hisobiga o‘rtacha 1300000 so‘m iqtisodiy samaraga erishildi, bu umumiy tibbiy xarajatlarni 27% ga qisqartirishni ta’minladi.