Sizdikxodjaev Sardorxuja Axmadjonuglining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda ul`tratovush navigatsiya samaradorligini baholash», 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Tib3643.
Ilmiy raxbar: Altibaev Uygun Uchkunovich, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzabaev Marat Jumabekovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamadalieva Yashnar Mamasalievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intraoperatsion ul`tratovush navigatsiyani qo‘llash asosida bosh miya o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miyada chuqur joylashgan o‘smalarni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashda intraoperatsion ul`tratovush navigatsiya kortikotomiya uchun optimal joyni aniqlashda intraoperatsion vizualizatsiya nuqtai nazaridan yuqori samaradorlikka ega ekanligi isbotlangan;
o‘smaning chuqurligiga bog‘liq holda intraoperatsion ul`tratovush navigatsiya algoritmini qo‘llash davomida: o‘smaning chuqurligi 30 mm gacha bo‘lgan hollarda 7–10 MGs chastotali V-rejimdan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi, 30 mm dan ortiq chuqurlikda joylashgan o‘smalarda esa 2–5 MGs chastotali V-rejimda intraoperatsion ul`tratovush assistensiya qo‘llash zarurligi asoslangan;
gipo- va giperexogen markerlardan foydalangan holda o‘smani olib tashlash radikalligi darajasini baholash metodikasi bosh miya glial o‘smalarini deyarli radikal olib tashlash imkonini berishi isbotlangan;
o‘smani olib tashlashning barcha bosqichlarida real vaqt rejimida jarrohlik manipulyasiyalarini monitoring qilish va intraoperatsion «brain shift» (miya siljishi) ni dinamik korreksiya qilish imkonini beruvchi uzluksiz intraoperatsion ul`tratovush assistensiya usuli asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 2026 yil 15 fevraldagi 12/60-son xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy jihatdan asoslandiki, supratentorial bosh miya o‘smalarida intraoperatsion ul`tratovush navigatsiyasi va assistensiyasini tizimli qo‘llash o‘smaning haqiqiy anatomik joylashuvi hamda intraoperatsion miya siljishi (brain shift) darajasini hisobga olgan holda xirurgik kirish yo‘lini, ensefalotomiya chuqurligi va traektoriyasini optimal tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishning ilmiy ahamiyati intraoperatsion ul`tratovush nazorati ma’lumotlari asosida xirurgik taktikani real vaqt rejimida individuallashtirib tanlash imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Bu o‘smani radikal olib tashlash darajasini oshirish bilan bir vaqtda bosh miyaning funksional jihatdan ahamiyatli zonalariga shikast etkazish va operatsiyadan keyingi nevrologik defisit rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Amaliyotga joriy etish: dissertatsion tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash muassasalarining neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga, jumladan Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2024 yil 21 oktyabrdagi 150-I-sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiĭ-amaliĭ tibbiët markazi Buxoro filialiga 2024 yil 02 oktyabrdagi 117-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish xirurgik taktikani yanada asoslangan holda tanlash imkonini berdi, bosh miya o‘smalarini olib tashlashda xavfsizlik va radikallikni oshirdi, operatsiyadan keyingi asoratlar, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarining kamayishiga, shuningdek bemorlarning funksional tiklanishini yaxshilashga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: intraoperatsion ul`tratovush nazoratini qo‘llash asoratlar chastotasining kamayishi va qayta xirurgik aralashuvlar ehtiyojining qisqarishi hisobiga shifoxonada yotish muddatini kamaytirish imkonini berdi. Operatsiyadan keyingi nevrologik defisit darajasining pasayishi bemorlarning erta reabilitatsiyasiga va ularning ijtimoiy hamda mehnat faoliyatiga tezroq qaytishiga xizmat qildi, bu esa uzoq muddatli davolash, dori-darmon terapiyasi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarining kamayishiga olib keldi. Xulosa: intraoperatsion ul`tratovush navigatsiyasini ilmiy asoslangan va individuallashtirilgan tarzda qo‘llash bosh miya o‘smalarini xirurgik davolashda intra- va operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytiradi, davolashning yaqin va uzoq muddatli natijalarini yaxshilaydi hamda neyroxirurgik yordamning klinik va iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydi;
ikkinchi ilmiy yangilik: bosh miya o‘smasining joylashish chuqurligiga bog‘liq holda intraoperatsion ul`tratovush navigatsiyasini qo‘llash algoritmi ilmiy jihatdan asoslandi. O‘sma chuqurligi 30 mm gacha bo‘lgan hollarda 7–10 MGs chastotadagi V-rejimda ul`tratovush skanerlashni qo‘llash maqsadga muvofiq ekani ko‘rsatildi, bu esa yuqori fazoviy aniqlikni ta’minlab, yuzaki va subkortikal tuzilmalarni aniq vizualizatsiya qilish imkonini beradi. 30 mm dan chuqur joylashgan o‘smalarda esa 2–5 MGs chastotadagi V-rejimda intraoperatsion ul`tratovush assistensiyasini qo‘llash zarurligi ilmiy jihatdan asoslandi. Ushbu yondashuv brain shift (miya siljishi) sharoitida chuqur tuzilmalarni adekvat vizualizatsiya qilish, signal barqarorligini ta’minlash va rezeksiya jarayonini real vaqt rejimida ishonchli nazorat qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu ilmiy yangilikning ahamiyati o‘smaning anatomik xususiyatlarini hisobga olgan holda intraoperatsion ul`tratovush nazorati parametrlarini standartlashtirilgan va ayni paytda individual tarzda tanlash imkoniyati bilan belgilanadi. Taklif etilgan algoritm o‘sma chegaralarini vizualizatsiya qilish aniqligini oshiradi, funksional jihatdan ahamiyatli tuzilmalarga shikast etkazish xavfini kamaytiradi hamda operatsiyaviy travma ortib ketmasdan xirurgik aralashuv radikalligini oshirishga xizmat qiladi. Amaliyotga joriy etish: intraoperatsion ul`tratovush navigatsiyasini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm sog‘liqni saqlash muassasalari neyroxirurgiya bo‘limlari klinik amaliyotiga, jumladan Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2024 yil 21 oktyabrdagi 150-I-sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiĭ-amaliĭ tibbiët markazi Buxoro filialiga 2024 yil 02 oktyabrdagi 117-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: intraoperatsion ul`tratovush nazoratining differensirlangan algoritmini qo‘llash operatsiyadan keyingi nevrologik asoratlar chastotasini kamaytirishga, bemorlarning funksional tiklanishini yaxshilashga va nogironlik darajasini pasaytirishga xizmat qildi, bu esa bemorlar hayot sifatining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: intraoperatsion ul`tratovush tekshiruvi parametrlarini optimallashtirish asoratlar va qayta aralashuvlar sonining kamayishi hisobiga xirurgik aralashuvlar hamda operatsiyadan keyingi gospitalizatsiya davomiyligini qisqartirish imkonini berdi. Bu esa sog‘liqni saqlash amaliyotiga metodni joriy etishning iqtisodiy samaradorligini ta’minladi. Xulosa: bosh miya o‘smasining joylashish chuqurligini hisobga olgan holda intraoperatsion ul`tratovush navigatsiyasini qo‘llashning ilmiy asoslangan algoritmi xirurgik davolashning klinik samaradorligini oshiradi, asoratlar xavfini kamaytiradi va neyroxirurgiya xizmati resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi;
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miya o‘smasini olib tashlash radikallik darajasini baholashning gipo- va giperexogen ul`tratovush markerlaridan foydalanishga asoslangan metodikasi ishlab chiqildi va ilmiy jihatdan asoslandi. Ushbu yondashuv o‘sma chegaralari hamda rezeksiya lojasini real vaqt rejimida ob’ektiv intraoperatsion vizualizatsiya qilishni ta’minlashi va funksional jihatdan ahamiyatli tuzilmalarga shikast etkazish xavfini oshirmagan holda glial bosh miya o‘smalarini deyarli radikal olib tashlashga erishish imkonini berishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu ilmiy yangilikning ahamiyati patologik va intakt miya to‘qimasining exostrukturaviy xususiyatlariga asoslangan holda o‘smani olib tashlash to‘liqligini ob’ektiv intraoperatsion verifikatsiya qilish imkoniyati bilan belgilanadi. Gipo- va giperexogen markerlardan foydalanish qoldiq o‘sma to‘qimasini perifokal shish va o‘zgarishsiz miya moddasidan farqlash imkonini berib, rezeksiya radikalligini oshiradi va rezidual o‘sma fragmentlarining saqlanib qolish ehtimolini kamaytiradi. Amaliyotga joriy etish: ul`tratovush exomarkerlarini qo‘llagan holda o‘smani olib tashlash radikalligini baholashning ishlab chiqilgan metodikasi sog‘liqni saqlash muassasalarining neyroxirurgiya bo‘limlari klinik amaliyotiga, jumladan sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2024 yil 21 oktyabrdagi 150-I-sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiĭ-amaliĭ tibbiët markazi Buxoro filialiga 2024 yil 02 oktyabrdagi 117-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: rezeksiya radikalligini ul`tratovush orqali baholash metodikasini qo‘llash operatsiyadan keyingi nevrologik defisit chastotasini kamaytirishga, qayta xirurgik aralashuvlar sonini qisqartirishga hamda glial bosh miya o‘smalari bo‘lgan bemorlarda davolashning funksional natijalarini yaxshilashga olib keldi, bu esa bemorlar hayot sifatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘smani olib tashlash to‘liqligini ob’ektiv intraoperatsion nazorat qilish qayta operatsiyalar, uzoq muddatli gospitalizatsiya va keyingi reabilitatsiya bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirish imkonini berdi, bu esa metodikani neyroxirurgiya amaliyotiga joriy etishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ta’minladi. Xulosa: gipo- va giperexogen ul`tratovush markerlaridan foydalangan holda bosh miya o‘smalarini olib tashlash radikalligini baholashning ishlab chiqilgan metodikasi klinik jihatdan samarali va iqtisodiy asoslangan intraoperatsion nazorat vositasi bo‘lib, rezeksiya radikalligini oshirishga, funksional natijalarni yaxshilashga hamda tibbiy va ijtimoiy xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bosh miya o‘smalarini olib tashlash jarayonining barcha bosqichlarida xirurgik manipulyasiyalarni real vaqt rejimida monitoring qilish va intraoperatsion brain shift (miya siljishi) fenomenini dinamik tarzda korreksiyalashni ta’minlovchi uzluksiz intraoperatsion ul`tratovush assistensiyasi konsepsiyasi ilmiy jihatdan asoslandi. Rezeksiya bosqichida ul`tratovushning doimiy qo‘llanilishi o‘sma, rezeksiya lojasi va atrofdagi tuzilmalar o‘rtasidagi fazoviy o‘zaro munosabatlarning o‘zgarishini o‘z vaqtida aniqlash, shuningdek operatsiya jarayoni davomida xirurgik manipulyasiyalarning chuqurligi va yo‘nalishini korreksiya qilish imkonini berishi ko‘rsatildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu ilmiy yangilikning ahamiyati intraoperatsion nazoratga nisbatan mutlaqo yangi yondashuvni shakllantirishda namoyon bo‘ladi, bunda ul`tratovush assistensiyasi epizodik vosita sifatida emas, balki uzluksiz navigatsiya va xavfsizlik instrumenti sifatida qo‘llaniladi. Bu brain shift bilan bog‘liq holda predoperatsion rejalashtirish aniqligining pasayishini kompensatsiya qilish, rezeksiya aniqligini oshirish hamda qon tomirli va funksional jihatdan ahamiyatli tuzilmalarga shikast etkazish xavfini kamaytirish imkonini beradi. Amaliyotga joriy etish: uzluksiz intraoperatsion ul`tratovush assistensiyasi konsepsiyasi sog‘liqni saqlash muassasalari neyroxirurgiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga, jumladan Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2024 yil 21 oktyabrdagi 150-I-sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiĭ-amaliĭ tibbiët markazi Buxoro filialiga 2024 yil 02 oktyabrdagi 117-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: uzluksiz ul`tratovush assistensiyasini qo‘llash intra- va erta operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirishga, operatsiyadan keyingi nevrologik defisit darajasini pasaytirishga va bemorlarning funksional tiklanishini tezlashtirishga xizmat qildi, bu esa ularning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: uzluksiz intraoperatsion ul`tratovush nazorati konsepsiyasini qo‘llash asoratlar va qayta operatsiyalar sonining kamayishi hisobiga xirurgik aralashuvlar hamda operatsiyadan keyingi gospitalizatsiya davomiyligini qisqartirish imkonini berdi, bu esa bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishni ta’minladi. Xulosa: uzluksiz intraoperatsion ul`tratovush assistensiyasining ilmiy asoslangan konsepsiyasi brain shift ni dinamik nazorat qilish va bosh miya o‘smalarini xirurgik davolash xavfsizligini oshirishda samarali vosita hisoblanadi, aralashuvlarning yaqin va funksional natijalarini yaxshilaydi hamda neyroxirurgik yordamning klinik va iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydi.