Mulloqulov Javohir Jamshid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reaktiv artritda faollanish jarayoni va bo‘g‘imdagi tuzilmaviy buzilishlarda anneksin A1 o‘zgarishining axamiyati” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4482.
Ilmiy rahbar: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna,  tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: reaktiv artritda bo‘g‘imdagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni erta aniqlashda Anneksin A1 oqsilining (ANXA1) o‘rnini va erta davoning klinik samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reaktiv artritda bo‘g‘im va umurtqa pog‘onasini zararlanishi hamda uning klinik ko‘rinishining anneksin A1 miqdori darajasiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan; 
reaktiv artritda anneksin A1 miqdorining kamayishi tufayli yallig‘lanish oldi sitokinlar (O‘NO- va IL-17A) ekspressiyasidagi buzilishlar hamda uning kasallikning faollanish (ASDAS) darajasi bilan ishonchli bog‘liqligi aniqlangan;
reaktiv artritda anneksin A1 miqdorining yaqqol kamayishi negizida umurtqa tog‘ay qismi destruksiyalanishi hamda uning tana qismi suyak to‘qimasida eroziyalanishi aniqlangan va kasallikning dastlabki bosqichida oqsil miqdorini baholash suyak-bo‘g‘im tuzilmalarida destruktiv o‘zgarishlar erta shakllanishidagi prognostik ahamiyati asoslangan;
reaktiv artritda anneksin A1 miqdori o‘zgarishlarni inobatga olgan davo-profilaktik tadbirlarining kasallikning klinik remissiyalanishini (ASDAS) ta’minlashi hamda bo‘g‘im (HAQ-DI) va umurtqa pog‘onasi funksional imkoniyatlarini (BASFI) yaxshilashdagi o‘rni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                                          
Reaktiv artritda faollanish jarayoni va bo‘g‘imdagi tuzilmaviy buzilishlarda anneksin A1 o‘zgarishining axamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: reaktiv artritda bo‘g‘im va umurtqa pog‘onasini zararlanishi hamda uning klinik ko‘rinishining anneksin A1 miqdori o‘zgarishiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlari asoslanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 2025-yil 28-yanvar 20-sonli buyruq, Buxoro viloyat Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi 2025-yil 10-fevral 819-2-41-TB/2025-sonli va 2025-yil 12-fevral 838-2-41-TB/2025-sonli buyruqlari va Xorazm viloyat Tuproqqal’a tibbiyot birlashmasi 2025-yil 27-yanvar 762-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025 yil 15-avgustdagi 23/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: anneksin A1 darajasiga asoslangan holda bo‘g‘im va umurtqa pog‘onasi zararlanishining klinik xususiyatlarini aniqlash kasallikni erta bosqichda tashxislash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: anneksin A1 darajasiga asoslangan holda kasallikni erta tashxislash imkoniyati klinik kech bosqichlarda yuzaga keladigan qimmat diagnostik va davolash tadbirlarini qisqartiradi. Xulosa: ReA bilan kasallangan bemorlarning bo‘g‘im tuzilmasida buzilishlar rivojlanishida anneksin A1 darajasini baholash qo‘shimcha laborator va instrumental tekshiruvlar, shuningdek uzoq muddatli statsionar davolanish xarajatlari kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: reaktiv artritda anneksin A1 miqdorining kamayishi tufayli yallig‘lanish oldi sitokinlar (O‘NO-α va IL-17A) ekspressiyasidagi buzilishlar hamda uning kasallikning faollanish (ASDAS) darajasi bilan ishonchli bog‘liqligi acoslanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 2025-yil 28-yanvar 20-sonli, Buxoro viloyat Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi 2025-yil 10-fevral 819-2-41-TB/2025-sonli va 2025-yil 12-fevral 838-2-41-TB/2025-sonli va Xorazm viloyat Tuproqqal`a tibbiyot birlashmasi 2025-yil 27-yanvar 762-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025 yil 15-avgustdagi 23/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ReA bilan kasallangan bemorlarda immunologik, klinik-biokimyoviy va instrumental tadqiqotlar natijalarining ahamiyati isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: ReA bilan kasallangan bemorlar bo‘g‘im tuzilmaviy buzilishi darajasini erta tashxislashda anneksin A1 miqdorining kamayishi fonida yallig‘lanish oldi sitokinlarining faollanish darajasini aniqlash orqali bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish, tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishilgan. Xulosa: ReA bilan kasallangan bemorlarning bo‘g‘im tuzilmasidagi dastlabki tuzilmaviy buzilishlarni erta aniqlash imkonini beruvchi ko‘rsatkichlar tahliliy jihatdan umumlashtirilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: reaktiv artritda anneksin A1 miqdorining yaqqol kamayishi negizida bo‘g‘im tuzilmasi destruksiyalanishi hamda suyak to‘qimasida eroziyalanishi aniqlangan va kasallikning dastlabki bosqichida oqsil miqdorini baholash suyak-bo‘g‘im tuzilmalarida destruktiv o‘zgarishlar erta shakllanishidagi prognostik ahamiyati asoslanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 2025-yil 28-yanvar 20-sonli, Buxoro viloyat Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi 2025-yil 10-fevral 819-2-41-TB/2025-sonli va 2025-yil 12-fevral 838-2-41-TB/2025-sonli  va Xorazm viloyat Tuproqqal`a tibbiyot birlashmasi 2025-yil 27-yanvar 762-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025 yil 15-avgustdagi 23/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ReA bilan og‘rigan bemorlarda immunologik yallig‘lanish oldi sitokinlari ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali erta tashxislash va bashorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: anneksin A1 darajasi o‘zgarishi tuzilmaviy uzgarishlar darajasini erta tashxislashda yallig‘lanish oldi sitokinlarining faollashish darajasini aniqlash orqali bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish, tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishilgan. Xulosa: ReA bilan kasallangan bemorlarda kasallik og‘irlik darajasi va klinik davrlariga ko‘ra anneksin A1 miqdorini baholash erta davr o‘zgarishlarini prognozlashda ahamiyatliligi tasdiqlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: reaktiv artritda anneksin A1 miqdori o‘zgarishlarni inobatga olgan davo-profilaktik tadbirlarining kasallikning klinik remissiyalanishini (ASDAS) ta’minlashi hamda bo‘g‘im (HAQ-DI) va umurtqa pog‘onasi funksional imkoniyatlarini (BASFI) yaxshilashdagi o‘rni asoslanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 2025-yil 28-yanvar 20-sonli, Buxoro viloyat Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi 2025-yil 10-fevral 819-2-41-TB/2025-sonli va 2025-yil 12-fevral 838-2-41-TB/2025-sonli va Xorazm viloyat Tuproqqal`a tibbiyot birlashmasi 2025-yil 27-yanvar 762-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025 yil 15-avgustdagi 23/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Reaktiv artritda anneksin A1 miqdori o‘zgarishlarini inobatga olgan holda qo‘llanilgan davo-profilaktik tadbirlar kasallikning klinik remissiyasiga erishish orqali bemorlarning hayot sifati va funksional faolligini yaxshilashga xizmat qildi. Ushbu yondashuv mehnatga layoqatlilikni saqlab qolish, nogironlik holatlarini kamaytirish hamda uzoq muddatli davolanish xarajatlarini optimallashtirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: anneksin A1 darajasiga asoslangan davo-profilaktik algoritmni qo‘llash natijasida statsionar davolanishga ehtiyoj 70% gacha kamayishiga olib kelgan. Xulosa: anneksin A1 asosidagi davo-profilaktika reaktiv artritda remissiyaga erishish, funksional holatni yaxshilash va statsionar davolanish ehtiyojini kamaytirishni ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish