Karabaeva Marjona Aminjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallangan tug‘adigan ayollarda tug‘ruq jarayonini buzilishining patogenetik asoslari", 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2609.
Ilmiy raxbar: Xudoyarova Dildora Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12. Tib.17.01.
Rasmiy opponentlar:  Zokirova Nodira Islamovna, tibbiyot fanlari  doktori, professor; Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot unversiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir tanqislik anemiyasining bilan kasallangan tug‘ayotgan ayollarning reaktivligiga bog‘liq holda tug‘ruq jarayonining buzilishlarining patogenetik asoslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tug‘ayotgan ayollarda temir tanqislik anemiyasining darajasiga bog‘liq holda simpatoadrenal tizimning aktivligini ortib borishi, adaptiv reaktivligini buzilishi va idora etish jarayonini markazlanishi, tug‘ish davrining davomiyligini qisqarishiga, tug‘ruqning birinchi, ikkinchi davrini tezlashishiga, uchinchi davrini esa sekinlashishiga, bachadon involyusiyasini kechikishiga olib kelishi aniqlangan;
o‘rta va og‘ir darajali temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallangan o‘ta yuqori zo‘riqishli dezadaptiv reaktivlikka ega tug‘ayotgan ayollarda rivojlangan gematometrani yuzaga kelishida prooksidant xamda endogen intoksikatsiya ko‘rsatkichlarining oshishi, antioksidant tizimi faolligining va oqsilning chidamlilik koeffisientining pasayishi natijasida kelib chiqishi asoslangan;
temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallangan tug‘ayotgan ayollarda homila-yo‘ldosh, MDA-katalaza va oqsilni chidamlilik koeffisientlari xamda simpatik (LF%%),  parasimpatik (HF%%) nerv tizimi va  gumoral boshqaruvi (VLF%%) nisbiy ko‘rsatkichlari  prognostik marker bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan;
temir tanqislik anemiyasini darajasiga bog‘liq holda tug‘ruq jarayonlarini olib borish, tug‘ish jarayonidagi va tug‘ishdan keyingi asoratlarni kamaytirish va oldini olish maqsadida homila-yo‘ldosh koeffisientini, gematometrani rivojlanishini va neyrogumoral boshqaruvni buzilishini e’tiborga olgan xolda terapevtik chora tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallangan tug‘adigan ayollarda tug‘ruq jarayonini buzilishining patogenetik asoslarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tug‘ayotgan ayollarda temir tanqislik anemiyasining darajasiga bog‘liq holda simpatoadrenal tizimning aktivligini ortib borishi va idora etish jarayonini markazlashishi tug‘ish davrining davomiyligini qisqarishiga, tug‘ishning birinchi, ikkinchi davrini tezlashishiga,uchinchi davrini sekinlashishiga, bachadon involyusiyasini kechikishiga olib kelishini aniqlanganligi bo‘yicha takliflar,  Samarqand davlat tibbiyot universitetining 26-fevral 2025-yil 7 -sonli Ilmiy kengashining qarori bilan tasdiqlangan. “Temir tanqislik anemiyasi bilan kasallangan tug‘adigan ayollarda tug‘ruq jarayonini avtonom nerv tizimining reaktivligiga bog‘liq holda olib borish” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Olingan natijalar Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani  TTB boshqarmasi akusherlik bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan 2025 -yil 15-apreldagi 1527-7101-TV/2025-sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot muassasasi Andijon filialiga 2025- yil 18-aprelidagi  18/46 buyrug‘i bilan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17-noyabr 29/45-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: temir tanqislik anemiyasi bilan kasallangan tug‘ayotgan ayollarning reaktivligiga bog‘liq holda tug‘ruq jarayonining buzilishlarining patogenetik asoslarini aniqlash natijasida tug‘ruq jarayonlarini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni aniqlash, profilaktikasini optimallashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: temir tanqislik anemiyasining bilan kasallangan tug‘ayotgan ayollarning reaktivligiga bog‘liq holda tug‘ruq jarayonining buzilishlarining patogenetik asoslarini aniqlash natijasida, tug‘dirish taktikasini to‘g‘ri tanlash orqali kasalxonada bemorlarning yotoq kuni muddati 2 kunga qisqardi va har bir bemorga 83010 so‘mni mablag‘ iqtisod qilindi.
 ikkinchi ilmiy yangilik: o‘rta va og‘ir darajali temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallangan o‘ta yuqori zo‘riqishli dezadaptiv reaktivlikka ega tug‘ayotgan ayollarda yuzaga kelgan gematometrani yuzaga kelishida prooksidant, endogen intoksikatsiya ko‘rsatkichini oshishi, antioksidant tizimini aktivligini, oqsilni chidamlilik koeffisentini pasayishini tutgan o‘rnini baholanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 26-fevral 2025-yil 7 -sonli Ilmiy kengashining qarori bilan tasdiqlangan. “Temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallangan tug‘adigan ayollarda tug‘ruq jarayonini buzilishini prognozlash” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Olingan natijalar Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani  TTB boshqarmasi akusherlik bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan 2025-yil 15-aprelidagi 1527-7101-TV/2025-sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot muassasasi Andijon filialiga 2025-yil 18-aprelidagi 18/46 buyrug‘i bilan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 17-noyabridagi 29/45-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: temir tanqislik anemiyasining engil, o‘rta og‘ir, og‘ir darajasi bilan kasallangan tug‘ayotgan ayollarda tug‘ruq jarayonini o‘zgarishlaridagi o‘zaro munosabatlarining buzilishini patogenetik asoslarini yoritilish asosida tug‘ruq jarayonini olib borish va davolash mexanizmlari ishlab chiqildi. Iqtisodiy samaradorlik: temir tanqislik anemiyasining bilan kasallangan tug‘ayotgan ayollarda anemiya darajasini aniqlash orqali bu holatlarni o‘z vaqtida va maqsadli korreksiya qilish hisobiga statsionar davolanishning o‘rtacha davomiyligi 2 yotoq kunga qisqardi, bu esa har bir bemorga byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallangan tug‘ayotgan ayollarda homila-yo‘ldosh koeffisientini pasayishi asosida, temir tanqislik anemiyasining darajasini, MDA-katalaza koeffisientini va MSM254-ni ortib borishi, oqsilni chidamlilik koeffisientini  pasayib borishiga bog‘liqligini baholanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 26-fevral 2025-yil 7 -sonli Ilmiy kengashining qarori bilan tasdiqlangan. “Temir tanqislik anemiyasi bilan kasallangan tug‘adigan ayollarda tug‘ruq jarayonini avtonom nerv tizimining reaktivligiga bog‘liq holda olib borish” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Olingan natijalar Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani  TTB boshqarmasi akusherlik bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan 2025-yil 15-aprelidagi 1527-7101-TV/2025-sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot muassasasi Andijon filialiga 2025-yil 18-aprelidagi 18/46 buyrug‘i bilan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 17-noyabridagi 29/45-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: temir tanqislik anemiyasining bilan kasallangan tug‘ayotgan ayollarda homila-yo‘ldosh koeffisientini, anemiyag darajasini, MDA-katalaza koeffisientini va MSM254-ni, oqsilni chidamlilik koeffisientini  aniqlash natijasida ayollarni individual yondashuv asosida olib borish ta’minlandi.Iqtisodiy samaradorlik: kompleks davolash va profilaktika chora tadbirlarni qo‘llash orqali tug‘ruq asoratlarini davolash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: temir tanqislik anemiyasini darajasiga bog‘liq holda tug‘ruq davrlarida, homila-yo‘ldosh koeffisientini pasayishida, bachadon involyusiyasini kech qolishida, gematometrani yuzaga kelishida, holsizlik sindromini oldini olishda va neyrogumoral boshqaruvni buzilishini aniqlashda, funksional holat indeksi, simpatik nerv tizimini nisbiy ko‘rsatkichi (LF%%), gumoral boshqaruvni nisbiy ko‘rsatkichi (VLF%%), parasimpatik nerv tizimining nisbiy ko‘rsatkichi (HF%%) prognoztik marker bo‘lib hizmat qilishini baholanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 26-fevral 2025-yil 7 -sonli Ilmiy kengashining qarori bilan tasdiqlangan. “Temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallangan tug‘adigan ayollarda tug‘ruq jarayonini buzilishini prognozlash” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Olingan natijalar Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani  TTB boshqarmasi akusherlik bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan 2025-yil 15-aprelidagi 1527-7101-TV/2025-sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot muassasasi Andijon filialiga 2025-yil 18-aprelidagi 18/46 buyrug‘i bilan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 17-noyabridagi 29/45-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: temir tanqislik anemiyasini darajasiga bog‘liq holda tug‘ruq davrlarini olib borish natijasida gospitalizatsiya kunini qisqarishi, anesteziologik ta’sirlar ehtiyojining kamayishi hamda tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarni tiklanish davrini sezilari kamayishini ta’minlandi. Iqtisodiy samaradorligi: temir tanqislik anemiyasini darajasiga bog‘liq holda homiladorlikni olib borish  hisobiga har bir ayol uchun statsionarda yotish va anesteziya xarajatlari tejami ta’minladi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish