Bekchanova Nazokat Ikrom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Autoimmmun tireoidit gipotireoz bosqichidagi bemorlarda gemostaz tizimidagi buzilishlar va endoteliy disfunksiyasining xususiyatlari” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4717.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Shaira Agzamovna, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Suleymanova Dilora Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimova Sapura Zaxidovna, tibbiyot fanlari doktori.
 Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: autoimmun tireoiditni gipotireoz bosqichidagi bemorlarda gemostaz tizimidagi buzilishlarning rivojlanishida endotelial disfunksiyaning rolini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
autoimmun tireoiditning gipotireoz bosqichida tomir-trombotsitar gemostazda trombotsitlarning adgeziya va agregatsiya qobiliyatining ishonchli darajada pasayishi, koagulyasion gemostaz bosqichida aniq gipokoagulyasion holatning kuzatilishi isbotlangan;
tireoid gormonlar darajasi bilan fibrinogen, faollashtirilgan qisman tromboplastin va protrombin vaqti, protrombin indeksi hamda trombotsitlarning funksional ko‘rsatkichlari o‘rtasida patogenetik ahamiyatga ega uzviy bog‘liqlik aniqlanib, gemostaz tizimidagi buzilishlarini yanada kuchaytiruvchi asosiy omil bu gormonlarning etishmovchiligi ekanligi asoslangan;
autoimmun tireoiditning gipotireoz bosqichida endotelial disfunksiya markerlari - fon Villebrand omili, eruvchan hujayralararo adgeziya molekulasi-1 va endotelin-1 bilan gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari o‘rtasida yuqori darajada ishonchli korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
fon Villebrand omilining nisbiy kamayishi, sICAM-1 va endotelin-1 konsentratsiyasining sezilarli ortishi endotelial, mikrotsirkulyator buzilishlarning bir vaqtda rivojlanishini ko‘rsatib, AIT gipotireoz bosqichida gemostaz tizimi buzilishlarining yetakchi patogenetik mexanizmi endotelial disfunksiya ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Autoimmmun tireoidit gipotireoz bosqichidagi bemorlarda gemostaz tizimidagi buzilishlar va endoteliy disfunksiyasining xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: autoimmun tireoiditning gipotireoz bosqichida tomir-trombotsitar gemostazda trombotsitlarning adgeziya va agregatsiya qobiliyatining ishonchli darajada pasayishi, koagulyasion gemostaz bosqichida aniq gipokoagulyasion holatning kuzatilishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 15 sentyabrdagi №255-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filialining 2025 yil 5 iyuldagi №43I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 01/11-sonli yagona xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: AIT gipotireoz bosqichida trombotsitlar adgeziya va agregatsiya faoliyatining pasayishi, gipokoagulyasion holat shakllanishi va endotelial disfunksiya belgilari erta bosqichda aniqlanishi bemorlarni dispanser kuzatuvda to‘g‘ri guruhlash, gemorragik asoratlar xavfini barvaqt baholash va kasallikning og‘ir kechishini oldini olish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Erta diagnostika orqali statsionar davolash, qo‘shimcha tahlillar va medikamentoz terapiya xarajatlarining oldi olindi. Profilaktik monitoring doirasida yiliga 2 marta koagulogramma va trombotsit testlari o‘tkazilishi belgilandi. Mazkur yondashuv 107 nafar bemorga nisbatan qo‘llanilganda umumiy xarajatlar yillik 45% ga iqtisodiy tejamkorlikka erishildi. Xulosa. Mazkur ilmiy yangilik asosida laboratoriya harajatlari qisqartirilib va gemostaz tizimidagi chuqur buzilishlari oldi olinishiga sabab bo‘ladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tireoid gormonlar darajasi bilan fibrinogen, faollashtirilgan qisman tromboplastin va protrombin vaqti, protrombin indeksi hamda trombotsitlarning funksional ko‘rsatkichlari o‘rtasida patogenetik ahamiyatga ega uzviy bog‘liqlik aniqlanib, gemostaz tizimidagi buzilishlarini yanada kuchaytiruvchi asosiy omil bu gormonlarning etishmovchiligi ekanligi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 15 sentyabrdagi №255-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filialining 2025 yil 5 iyuldagi №43I-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 01/11-sonli yagona xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: Bemorlarda gemostaz tizimidagi o‘zgarishlar kamaydi. Endokrinolog va gematologlar bemorlarni birgalikda tekshirishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: Gormonal ko‘rsatkichlar va gemostaz parametrlarini kompleks diagnostik yondashuv natijasida qo‘shimcha laborator tahlillar soni 1,3 barobarga kamaydi, xarajatlar esa 30–35% ga qisqardi. Xulosa. Ushbu ilmiy natijaga ko‘ra gormonal nomutanosiblik gemostaziologik kasalliklarda klinik qaror qabul qilish sifatini yaxshilaydigan va qo‘zg‘atadigan asosiy omil hisoblanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: autoimmun tireoiditning gipotireoz bosqichida endotelial disfunksiya markerlari - fon Villebrand omili, eruvchan hujayralararo adgeziya molekulasi-1 va endotelin-1 bilan gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari o‘rtasida yuqori darajada ishonchli korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 15 sentyabrdagi №255-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filialining 2025 yil 5 iyuldagi №43I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 01/11-sonli yagona xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: AIT gipotireoz bosqichida mikrotsirkulyator buzilishlar va qon tomir asoratlarini erta aniqlash imkoni yaratildi, profilaktik choralarni kuchaytirishga chora yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: Taklif etilgan yondashuv qo‘llanilishi natijasida ortiqcha tekshiruvlar hajmi 1,3 barobargacha qisqarib, diagnostik xarajatlar 1,25 barobarga kamaydi.  Xulosa. Ushbu yangilik endotelial disfunksiyani AIT gipotireoz bosqichida gemostaz tizimi buzilishlarining muhim tarkibiy qismi ekanlini baholash imkoniyatini yaratdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: fon Villebrand omilining nisbiy kamayishi, sICAM-1 va endotelin-1 konsentratsiyasining sezilarli ortishi endotelial, mikrotsirkulyator buzilishlarning bir vaqtda rivojlanishini ko‘rsatib, AIT gipotireoz bosqichida gemostaz tizimi buzilishlarining yetakchi patogenetik mexanizmi endotelial disfunksiya ekanligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filialining 2025 yil 5 iyuldagi №43I-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 01/11-sonli yagona xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: profilaktikaga yo‘naltirilgan yondashuvlar kuchaytirildi, asoratlar rivojlanish xavfi pasaydi, bemorlarni klinik kuzatuv samaradorligi oshirilib nazorat sifati yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: Endotelial disfunksiyani erta aniqlash va maqsadli korreksiya qilish natijasida stasionar davolash davomiyligi 1,4 barobarga qisqardi, bu esa umumiy xarajatlarni 35-40% ga kamaytirishga olib keldi. Xulosa qilib aytish mumkinki, barcha ilmiy yangiliklar amaliyotga joriy etilganda olingan natijalar monitoring va diagnostik xarajatlarga nisbatan 4,3 barobar yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega ekani isbotlandi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish