Ayubov Ilyos Ilxomovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda turizm sohasi investision salohiyatidan samarali foydalanishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt.957.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy maslahatchi: Safarov Bahodirhon Shahriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc. 22/2025.27.12.I.01.01
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Aziz Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi Davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlarda turizm sohasi investision salohiyatidan samarali foydalanishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash jarayonida ularning turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida turizm hududida turizm obektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur investisiya shart-sharoitlarini yaratish asosida mavjud salohiyatdan samarali foydalanish hisobiga Samarqand viloyatiga 6 million sayyoh olib kelish uchun Nurobod tumanida “Nurbuloq” tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi shaharchasining “Turistik master rejasi”ni ishlab chiqishda “Strategic Masterplan Concept” modelidan foydalanish bo‘yicha takliflar dalillangan;
respublika hududlarida yangi 108 ta mehmonxona, 375 ta oilaviy mehmon uyi va 123 ta xostel qurish, 745 ta kapsula va o‘tov uylari, apart-otel, modulli mehmonxonalar hamda 12 ta turizm qishlog‘i va turizm mahallasini tashkil etish maqsadida xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar bilan birgalikda turizm taqdimotlarini tashkil etish orqali biriktirilgan hududlardan turistlar oqimini oshirish hamda O‘zbekistonda zamonaviy turizm namoyishi obektlarini barpo qilish uchun investisiyalarni jalb etish asosida joylashtirish vositalari, yirik savdo majmualari va umumiy ovqatlanish shoxobchalari tomonidan o‘z hududlarida zamonaviy suzish havzalarini (basseyn) tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini qoplab berish uchun 100 million so‘mgacha subsidiya berish “Subsidies for modern swimming pools” usuli bo‘yicha takliflar asoslangan;
xalqaro turizm bozoridagi noaniqlik sharoitida hamda O‘zbekistonni xavfsiz va jozibador turistik yo‘nalish sifatida keng miqyosda targ‘ib qilish kampaniyasini yo‘lga qo‘yish, turizm uchun eng qulay davr hisoblanadigan aprel–iyun oylarida “O‘zbekistonda ochiq turizm mavsumi” dasturini amalga oshirish maqsadida ushbu muddatda aviakompaniyalarga yangi reyslar yoʻlga qoʻyib, olib kelingan har bir xorijiy sayyoh uchun 100 dollardan subsidiya berish hamda aviakompaniyalarga aeroport xizmatlari uchun 20 foiz chegirma taqdim etish asosida Samarqand viloyatini avia, temir yoʻl va avtomobil transporti bilan bogʻlangan hamda aeroportni respublika hududlari bilan bogʻlash imkonini beruvchi yirik transport-logistika xabiga aylantirishda “Tourism-transport hub” modelidan foydalanish bo‘yicha takliflar asoslangan;
turizm infratuzilmasini shakllantirish, turizm obektlarini joylashtirish uchun imkoniyat yuqori bo‘lgan hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, investorlarni jalb qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida turizm obektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida “Samarkand Foreign Student City” xalqaro talabalar mehmon uylarini investision loyiha sifatida amalga oshirishda strategik rejalashtirish, investision loyiha samaradorligining maqsadli mezonlarini belgilash, loyihani amalga oshirish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish hamda investision loyihani ro‘yobga chiqarish bosqichlarini shakllantirish “Tourism investment project” modeli (rentabellik indeksi RI > 1 bo‘lgan “o‘sish nuqtalari” aniqlangan holda) afzalliklari bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarda investision salohiyatidan samarali foydalanish omillarining ta’sirini hisobga olib, respublikada turizm sohasini barqaror rivojlantirish maqsadida YaIMdagi ulushini oshirish ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda turizm sohasi investision salohiyatidan samarali foydalanishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash jarayonida ularning turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida turizm hududida turizm obektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur investisiya shart-sharoitlarini yaratish asosida mavjud salohiyatdan samarali foydalanish hisobiga Samarqand viloyatiga 6 million sayyoh olib kelish uchun Nurobod tumanida “Nurbuloq” tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi shaharchasining “Turistik master rejasi”ni ishlab chiqishda “Strategic Masterplan Concept” modelidan foydalanish bo‘yicha dalillangan takliflar 2026-yil 16-martdagi 105-son “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi “Nazorat rejasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 30-martdagi 02-17/3252-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida mamlakatimizda hududlar o‘rtasida turistlar ichki oqimi 30% oshirilgan mintaqaviy turizm resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirib, ichki va xalqaro turizmni rivojlantirishga xizmat qilgan;
respublika hududlarida yangi 108 ta mehmonxona, 375 ta oilaviy mehmon uyi va 123 ta xostel qurish, 745 ta kapsula va o‘tov uylari, apart-otel, modulli mehmonxonalar hamda 12 ta turizm qishlog‘i va turizm mahallasini tashkil etish maqsadida xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar bilan birgalikda turizm taqdimotlarini tashkil etish orqali biriktirilgan hududlardan turistlar oqimini oshirish hamda O‘zbekistonda zamonaviy turizm namoyishi obektlarini barpo qilish uchun investisiyalarni jalb etish asosida joylashtirish vositalari, yirik savdo majmualari va umumiy ovqatlanish shoxobchalari tomonidan o‘z hududlarida zamonaviy suzish havzalarini (basseyn) tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini qoplab berish uchun 100 million so‘mgacha subsidiya berish “Subsidies for modern swimming pools” usuli bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 15-maydagi PF-87-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 30-martdagi 02-17/3252-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish, turizm sohasining yuqori rentabelli investision loyihalarga ehtiyojlarni ikki baravar oshirishga xizmat qilgan;
xalqaro turizm bozoridagi noaniqlik sharoitida hamda O‘zbekistonni xavfsiz va jozibador turistik yo‘nalish sifatida keng miqyosda targ‘ib qilish kampaniyasini yo‘lga qo‘yish, turizm uchun eng qulay davr hisoblanadigan aprel–iyun oylarida “O‘zbekistonda ochiq turizm mavsumi” dasturini amalga oshirish maqsadida ushbu muddatda aviakompaniyalarga yangi reyslar yoʻlga qoʻyib, olib kelingan har bir xorijiy sayyoh uchun 100 dollardan subsidiya berish hamda aviakompaniyalarga aeroport xizmatlari uchun 20 foiz chegirma taqdim etish asosida Samarqand viloyatini avia, temir yoʻl va avtomobil transporti bilan bogʻlangan hamda aeroportni respublika hududlari bilan bogʻlash imkonini beruvchi yirik transport-logistika xabiga aylantirishda “Tourism-transport hub” modelidan foydalanish bo‘yicha asosllangan takliflar 2022 yil 24 dekabrdagi PQ-455-son “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand — Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Nazorat rejasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 30-martdagi 02-17/3252-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish respublika davlat-xususiy sheriklikda tashkil etish va ausorsing mexanizmlarini keng joriy qilish imkoniyatini yaratganda mamlakatimizga xorijiy turistlar oqimini 30 foizga oshirishga imkoniyati vujudga kelgan;
turizm infratuzilmasini shakllantirish, turizm obektlarini joylashtirish uchun imkoniyat yuqori bo‘lgan hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, investorlarni jalb qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida turizm obektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida “Samarkand Foreign Student City” xalqaro talabalar mehmon uylarini investision loyiha sifatida amalga oshirishda strategik rejalashtirish, investision loyiha samaradorligining maqsadli mezonlarini belgilash, loyihani amalga oshirish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish hamda investision loyihani ro‘yobga chiqarish bosqichlarini shakllantirish “Tourism investment project” modeli (rentabellik indeksi RI > 1 bo‘lgan “o‘sish nuqtalari” aniqlangan holda) afzalliklari bo‘yicha asoslangan takliflar 2026 yil 16 martdagi 105-son “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi “Nazorat rejasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 30-martdagi 02-17/3252-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish, turizm sohasida erkin iqtisodiy hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni ikki martaba ko‘paytirib jalb etish natijasida yangi ish o‘rinlarini yaratish va mavsumiylik muammolarini bartaraf etishga xizmat qilgan;
hududlarda investision salohiyatidan samarali foydalanish omillarining ta’sirini hisobga olib, respublikada turizm sohasini barqaror rivojlantirish maqsadida YaIMdagi ulushini oshirish ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan, hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturlariga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 30-martdagi 02-17/3252-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2030-yilga borib prognozdagi nisbiy o‘sish orqali turizm sohasiga kiritiladigan investisiyalar hajmi 50 foizga oshirilishiga zamin yaratilgan.