Mannapova Nargiza Shakirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish motivatsiyasini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta`limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped367.
Ilmiy rahbar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirajiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Xalilov Faxriddin Nuritdinovich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish motivatsiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarida sog‘lom turmush tarzi motivatsiyasi bo‘lajak o‘qituvchilarning valeologik kompetentligini, pedagogik, jismoniy va gigienik tarbiyalashga (pedagoglar, tibbiy xodimlar, oila va axborot informatsion vositalarni) homohangligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
valeologik kadrlar tayyorlash tizimining pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy gigienik jihatdan sog‘lom turmush tarziga oid muayyan tibbiy va gigienik bilimlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan (kognitiv, tashkillashtirish va amaliy faoliyatda qo‘llash) optimallashtirish asosida kengaytirilgan;
talabalarda sog‘lom turmush tarzi motivatsiyasini shakllantirish modeli valeologik kompetensiyalarni rivojlantirish imkonini beruvchi omillarni sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarining imkoniyatlari bilan (maqsadli motivatsion, kreativ bilim va ko‘nikmalarga egalik hamda innovatsion faoliyatga yo‘naltirilganlik) integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘liqni saqlashga oid tibbiy-gigienik, jismoniy sog‘lomlashtiruvchi, hayot xavfsizligini ta’minlovchi, ekologik, sog‘liqni saqlovchi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda motivatsiyani takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish motivatsiyasini takomillashtirish asosida “Yosh fiziologiyasi, anatomiyasi va gigienasi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-son buyrug‘i, 531-233 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy gigienik jihatdan sog‘lom turmush tarziga oid muayyan tibbiy va gigienik bilimlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan optimallashtirish asosida “Pediatriya va bolalar gigienasi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i, 391-100 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish samaradorligi, motivatsiyasi hamda bilim darajalari ortgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi motivatsiyasini shakllantirish va malakali kadrlar tayyorlashning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar asosida “Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i, 394-237 raqamli guvohnoma hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish motivatsiyasi rivojlantirilgan.