Otajonova Gulhayo Maqsud qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy statistika tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlarini takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3625.
Ilmiy rahbar: Umarov Omonilla Saidaminovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.16/2025.27.12.I.01.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kenjabaev Aman Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salaev Rasul Shavkatovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: raqamli texnologiyalar asosida statistika faoliyatini samarali tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
statistika faoliyatini tashkil etishda foydalanilayotgan axborot tizimlarining funksional imkoniyatlari va axborot oqimi tadqiq etilib, statistik ma’lumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tarqatish jarayonlarining optimallashtirilgan axborot oqimlari arxitekturasi tuzilgan, shuningdek, unda Milliy statistika qo‘mitasi uchun nisbatan yangi hisoblangan “Web Scraping” va “Crowdsourcing” usullaridan keng foydalanish taklif etilgan;
statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan aloqalarni samarali va tizimli tashkil qilishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish yoʻllari bo‘yicha taklifi “Statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan aloqalarni boshqarish” (StatConsult) axborot tizimiga joriy qilingan;
raqamli iqtisodiyot texnologiyalari shakllanib borishi muhitida aqlli texnologiyalar asosida ma’lumotlarni qabul qilishda aqlli qurilmalardan foydalanish, aqlli avtorizatsiya va autentifikatsiya tizimlari orqali qayta ishlash va vizualizatsiya hamda aqlli tarqatish usullarini o‘z ichiga olgan aqlli statistika tizimining konseptual tuzilishi ishlab chiqilgan, shuningdek, statistika tarmoqlari bo‘yicha ma’lumotlarni yigʻishda turli davlat tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiyalash bo‘yicha takliflar berilgan;
statistik faoliyatida bulutli texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorlik jihatlari asoslab berilgan bo‘lib, unda statistik ma’lumotlarni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash jarayonida bulutli hisoblash texnologiyalaridan foydalanish natijasida axborot texnologiyalari infratuzilmasiga qilinadigan xarajatlarning qisqarishi, dasturiy va texnik ta’minotlarni yangilash, lisenziyalarni xarid qilish xarajatining qisqarishi, material va mehnat resurslari tejalishi asoslab berilgan hamda bulutli texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Milliy statistika tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
statistika faoliyatini tashkil etishda foydalanilayotgan axborot tizimlarining funksional imkoniyatlari hamda axborot oqimlari o‘rganilib, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish jarayonlari uchun optimallashtirilgan axborot oqimlari arxitekturasi tuzilgan, shuningdek, unda nisbatan yangi hisoblangan “Web Scraping” va “Crowdsourcing” usullaridan keng foydalanish takliflar Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (Statistika qo‘mitasining 2025-yilning 20-iyundagi № 01/3-04-11-113-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yangi usullarni Milliy statistika qo‘mitasi tizimida foydalanilishi bevosita narx statistikasini shakllantirishda ma’lumotlarni yigʻishga ketadigan xarajatlarini qisqarishiga xizmat qildi. Tashkilotlar hamda aholi uchun tezkor va ishonchli axborotlardan foydalanish imkoniyatini beradi;
statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan aloqalarni samarali va tizimli tashkil qilishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish yoʻllari bo‘yicha takliflari “Statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan aloqalarni boshqarish” (StatConsult) axborot tizimi Statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (Statistika qo‘mitasining 2025-yilning 20-iyundagi № 01/3-04-11-113-sonli ma’lumotnomasi). “StatConsult” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi natijasida statistika organlari tomonidan ko‘rsatiladigan konsalting xizmatlari to‘gʻrisidagi ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlariga ketgan vaqt 2 barobarga qisqartirilgan hamda hududiy statistika boshqarmalari tomonidan ko‘rsatilayotgan konsalting xizmatlarini monitoring qilish tizimi yaratilgan. Ushbu tizim foydalanuvchilar bilan samarali muloqotni ta’minlab, tadqiqotchilar, davlat organlari va jamoatchilikni statistik axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga hizmat qiladi;
raqamli iqtisodiyot rivojlanib borayotgan muhitda ma’lumotlarni qabul qilish jarayonlarini aqlli texnologiyalar asosida tashkil etishda aqlli qurilmalardan foydalanish, aqlli avtorizatsiya va autentifikatsiya tizimlari orqali qayta ishlash va vizualizatsiya hamda aqlli tarqatish usullarini o‘z ichiga olgan aqlli statistika tizimining konseptual tuzilishi ishlab chiqilgan, shuningdek, statistika tarmoqlari bo‘yicha ma’lumotlarni yigʻishda turli davlat tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiyalash bo‘yicha takliflar Statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (Statistika qo‘mitasining 2025-yilning 20-iyundagi № 01/3-04-11-113-sonli ma’lumotnomasi). Berilgan takliflar narxlar statistika kuzatuvlari uchun statistik ma’lumotlarni yigʻish va qayta ishlashda onlayn-kassa tizimi bilan integratsiyalanganligi hisobiga xarajatlarni qisqartirishga erishilgan. Aqlli statistika tizimi davlat idoralari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yaxshilab, aniq va tezkor statistik qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi;
statistik faoliyatida bulutli texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorlik jihatlari asoslab berilgan hamda statistik ma’lumotlarni saqlash, qabul qilish va qayta ishlash jarayonlarida bulutli texnologiyalaridan foydalanish tufayli axborot texnologiyalari infratuzilmasiga sarflanadigan xarajatlarning kamayishi, shuningdek, dasturiy va texnik ta’minotni yangilash jarayonlarining soddalashuvi ta’kidlangan, lisenziyalarini xarid qilish xarajatining qisqarishi, material va mehnat resurslari tejalishi asoslab berilgan hamda bulutli texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan (Statistika qo‘mitasining 2025-yilning 20-iyundagi № 01/3-04-11-113-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar Milliy statistika qo‘mitasida mavjud server resurslarni optimallashtirishda va iqtisodiy samaradorlikka erishishda foydalanish uchun qabul qilingan bo‘lib, bulutli texnologiyalardan foydalanish statistik infratuzilma xarajatlarini kamaytirish orqali davlat resurslaridan samarali foydalanishga hamda statistika xizmatlarining barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish