Ergasheva Hayotxon Samandarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Burhoniddin Marg‘inoniy diniy-falsafiy qarashlarida ma’naviy barqarorlik masalalari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fal956
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02  
Ilmiy rahbar: Shamsutdinova Nigina Karimovna, falsafa fanlari doktori, dotsent
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Burhoniddin Marg‘inoniyning ma’naviy barqarorlik haqidagi qarashlarining falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asarida ilgari surilgan “qiyos ilmi” konsepsiyasidagi huquqiy masalalarning mashru’ (qonuniy) va nomashru’ (g‘ayriqonuniy) ekanligini aniqlashda naqliy dalillar (Qur’oni karim oyatlari, Payg‘ambar sunnati va hadislar, ijmo‘) va so‘ng aqliy dalillar (qiyos, ta’lil, istinson) mezoni orqali hukm chiqarish haqidagi yondashuvi jamiyat ma’naviy barqarorligini qonun ustuvorligi, adolat, ijtimoiy mas’uliyat va huquqiy madaniyat tamoyillari asosida rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan;
mutafakkirning “Muxtorotun-navozil” asarlaridagi insof va diyonat, mehr-oqibat, o‘zganing mol-mulkiga ko‘z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, “ijob va qabul” lafzlari, shart, tayin qilish, ko‘rish, ayb ixtiyori, ixtiyor erkinligi kabi axloqiy mezonlar jamiyatda “halollik vaksinasi” tamoyilini amalga oshirish mexanizmlari sifatida dalillangan;
Burhoniddin Marg‘inoniy falsafiy qarashlaridagi “jamiyatga xizmat qilish” g‘oyasi inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirishda fuqarolarda ijtimoiy mas’uliyat va burch hissini shakllantirish, davlat va jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirish, adolat va qonun ustuvorligi asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, jamiyatda bag‘rikenglik, hamjihatlik va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlash hamda ijtimoiy loqaydlik, huquqiy nigilizm va ma’naviy begonalashuvning oldini olishi asoslangan.
mutafakkir ilmiy merosidagi adolat, ehson, mas’uliyat, silai rahm kabi ma’rifatga undovchi komillik mezonlari ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlashda adolatparvarlik va qonunga hurmat madaniyatini mustahkamlashi, mehr-oqibat, hamjihatlik va o‘zaro ishonch muhitini shakllantirishi, yoshlar ongida ma’rifatparvarlik va axloqiy immunitetni rivojlantirish xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Burhoniddin Marg‘inoniy diniy-falsafiy qarashlarida ma’naviy barqarorlik masalalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asarida ilgari surilgan “qiyos ilmi” konsepsiyasidagi huquqiy masalalarning mashru’ (qonuniy) va nomashru’ (g‘ayriqonuniy) ekanligini aniqlashda naqliy dalillar (Qur’oni karim oyatlari, Payg‘ambar sunnati va hadislar, ijmo‘) va so‘ng aqliy dalillar (qiyos, ta’lil, istinson) mezoni orqali hukm chiqarish haqidagi yondashuvi jamiyat ma’naviy barqarorligini qonun ustuvorligi, adolat, ijtimoiy mas’uliyat va huquqiy madaniyat tamoyillari asosida rivojlantirishga xizmat qilishiga oid yangiliklar va takliflardan “O‘zbekiston” teleradiokanali “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining 2025-yil yanvar va mart oylarida efirga uzatilgan ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 19-martdagi 05-09-338-son ma’lumotnomasi). Natijada, Natijada, halollik, kamtarinlik, insoflilik, murosa, daxldorlik kabi ezgu g‘oyalari har qanday jamiyat taraqqiyoti uchun dasturil amal vazifasini bajarishi insonparvarlik, o‘zaro yordam, ishonch, hamjihatlik, tinchliksevarlik, vatanparvarlik, adolatlilik, odamiylik, qonuniylik kabi tamoyillar jamiyatda ma’naviy barqarorlikning rivojlanishiga xizmat qilgan;
mutafakkirning “Muxtorotun-navozil” asarlaridagi insof va diyonat, mehr-oqibat, o‘zganing mol-mulkiga ko‘z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, “ijob va qabul” lafzlari, shart, tayin qilish, ko‘rish, ayb ixtiyori, ixtiyor erkinligi kabi axloqiy mezonlar jamiyatda “halollik vaksinasi” tamoyilini amalga oshirish mexanizmlari ekanligiga doir xulosa va takliflardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “Burhoniddin Marg‘inoniy haqida 10 ta haqiqat” nomli ilmiy tahliliy materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 14-martdagi 02/123-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom fiqhining mazmun-mohiyatini, xalqimizga, qolaversa keng jamoatchilikka xolis va haqqoniy etkazishga xizmat qilgan; 
Burhoniddin Marg‘inoniy falsafiy qarashlaridagi “jamiyatga xizmat qilish” g‘oyasi inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirishda fuqarolarda ijtimoiy mas’uliyat va burch hissini shakllantirish, davlat va jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirish, adolat va qonun ustuvorligi asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, jamiyatda bag‘rikenglik, hamjihatlik va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlash hamda ijtimoiy loqaydlik, huquqiy nigilizm va ma’naviy begonalashuvning oldini olishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturini, jumladan II. Ma’naviy yuksalish va madaniyatni rivojlantirish qadriyatlarga tayangan taraqqiyot yo‘nalishida belgilangan “Davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasidan kelib chiqib ish ko‘rish, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanish” vazifalari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-yil 7-yanvardagi 02/02-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlari jamiyat hayotiga tatbiq etishga xizmat qilgan;
mutafakkir ilmiy merosidagi adolat, ehson, mas’uliyat, silai rahm kabi ma’rifatga undovchi komillik mezonlari ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlashda adolatparvarlik va qonunga hurmat madaniyatini mustahkamlashi, mehr-oqibat, hamjihatlik va o‘zaro ishonch muhitini shakllantirishi, yoshlar ongida ma’rifatparvarlik va axloqiy immunitetni rivojlantirish xususiyatlariga oid ilmiy yangiligi, falsafiy tahlillari, ilmiy-nazariy xulosa va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtiriladigan “Baxtli oila” markazida bajarilgan 81-09/171-son “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini barham toptirish orqali oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga erishish” loyihasida belgilangan IV yo‘nalishining 6-bandidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2026-yil 17-fevraldagi 01-06/40-son-son ma’lumotnomasi). Natijada, oila mustahkamligiga oid yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalar haqidagi g‘oyalar jamiyat ma’naviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish