Abdullaev Elbek Abduqahhor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Amir Temur boshqaruvi davrida Markaziy Erondagi siyosiy jarayonlar, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tar1490
Ilmiy rahbar: Usmonov Baxriddin Axmedovich – tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01.
Rasmiy opponentlar: Bilal Koch – tarix fanlari doktori, dotsent, Buzrukov Muhammadixon Jamolovich – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Yetakchi tashkilot: Temuriylar tarixi davlat muzeyi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Amir Temur boshqaruvi davrida Markaziy Erondagi siyosiy jarayonlar tarixini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Eronning Amir Temur davlati tarkibiga qo‘shilishi uch bosqichda amalga oshirilganligi; birinchi bosqich 1385–1387-yillar (bu bosqichda Isfahon egallangach, qolgan hududlar ixtiyoriy ravishda bo‘ysunishi natijasida, Markaziy Eron sulola vakillari orasida qayta taqsimlandi), ikkinchi bosqich 1387–1393-yillar (Amir Temur Oltin O‘rda va Mo‘g‘ilistonga qarshi kurash bilan band bo‘lganligi sababli Muzaffariylarning amalda mustaqil bo‘lib olishi 1393-yilda hududning qaytadan zabt etilishiga hamda sulola hukmronligining tugatilishiga olib keldi), uchinchi bosqich 1395–1397-yillarni (chekka hududlardagi qarshiliklar bostirilib, o‘lkada to‘liq Amir Temur hokimyati o‘rnatildi) o‘z ichiga olishi aniqlangan.
Markaziy Eronda Muzaffariylar sulolasi vakillari o‘rtasidagi o‘zaro nizolarning kuchayishi, iqtisodiy inqirozning chuqurlashishi, xalqning ijtimoiy hayotini zaiflashishi natijasida hukmron suloladan norozilikning oshib borishi hududni Temuriylar davlati tarkibiga kiritilishini tezlashtirganligi asoslangan.
1387-yili Isfahondagi isyonni bostirish jarayonida aholining qatliom qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning juda bo‘rttirilganligi, mubolag‘adan iborat ekanligi, 1388-1392-yillardagi o‘zaro urushlarda shaharning o‘z siyosiy mavqeyini saqlab qolganligi, XIV asrning so‘nggi choragida ham uning iqtisodiy taraqqqiyotini davom etganligi, siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini yo‘qotmaganligidan kelib chiqib asoslangan.
Markaziy Eronning Amir Temur davlati tarkibiga kiritilishi bu hududlardagi o‘zaro urushlarga barham berganligi, buning natijasida ishlab chiqarish, savdo-sotiq va dehqonchilik rivojlanib, hududning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining tezlashganligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amir Temur boshqaruvi davrida Markaziy Erondagi siyosiy jarayonlar tahlilini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Markaziy Eronning Amir Temur davlati tarkibiga qo‘shilishi uch bosqichda amalga oshirilganligi; birinchi bosqich 1385–1387-yillar (bu bosqichda Isfahon egallangach, qolgan hududlar ixtiyoriy ravishda bo‘ysunishi natijasida, Markaziy Eron sulola vakillari orasida qayta taqsimlandi), ikkinchi bosqich 1387–1393-yillar (Amir Temur Oltin O‘rda va Mo‘g‘ulistonga qarshi kurash bilan band bo‘lganligi sababli muzaffariylarning amalda mustaqil bo‘lib olishi 1393-yilda hududning qaytadan zabt etilishiga hamda sulola hukmronligining tugatilishiga olib keldi), uchinchi bosqich 1395–1397-yillarni (chekka hududlardagi qarshiliklar bostirilib, o‘lkada to‘liq Amir Temur hokimyati o‘rnatildi) o‘z ichiga olishiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasi “O‘zbekiston tarixi” telaradiokanali tomonidan tayyorlangan “Tarix maydoni” dasturi senariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlatining 2025-yil 25-noyabrdagi 01-33/881-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning Amir Temur va temuriylar tarixiga oid ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
Markaziy Eronda Muzaffariylar sulolasi vakillari o‘rtasidagi o‘zaro nizolarning kuchayishi, iqtisodiy inqirozning chuqurlashishi, xalqning ijtimoiy hayotini zaiflashishi natijasida hukmron suloladan norozilikning oshib borishi hududni Temuriylar davlati tarkibiga kiritilishini tezlashtirganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasi “O‘zbekiston tarixi” telaradiokanali tomonidan tayyorlangan “Tarix maydoni” dasturi senariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlatining 2025-yil 25-noyabrdagi 01-33/881-son ma’lumotnomasi). Bu orqali tomoshabinlarning O‘zbekiston tarixi xususan Amir Temur va temuriylar davri haqidagi bilimlari yangi ma’lumot va xulosalar bilan boyitilishi ta’minlandi;
1387-yili Isfahondagi isyonni bostirish jarayonida aholining qatliom qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning juda bo‘rttirilganligi, mubolag‘adan iborat ekanligi, 1388-1392-yillardagi o‘zaro urushlarda shaharning o‘z siyosiy mavqeyini saqlab qolganligi, XIV asrning so‘nggi choragida ham uning iqtisodiy taraqqqiyotini davom etganligi, siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini yo‘qotmaganligiga doir materiallardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Tarix” bo‘limi manbalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 19-noyabrdagi 04-05/4599-sonli ma’lumotnomasi). Tadqim etilgan materiallar muzeyga tashrif buyuruvchilarda Amir Temur davridagi Markaziy Eron bo‘yicha bilim va tasavvurlarini yanada boyitilishiga xizmat qilgan;
Markaziy Eronning Amir Temur davlati tarkibiga kiritilishi bu hududlardagi o‘zaro urushlarga barham berganligi, buning natijasida ishlab chiqarish, savdo-sotiq va dehqonchilik rivojlanib, hududning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining tezlashganligi asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 19-noyabrdagi 04-05/4599-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu materiallar muzeyning “Tarix” bo‘limi fondini boyitishga, ilmiylik va ishonchlilik jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish