Usmanova Inobat Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonning ibtidoiy jamoa tuzumi davri paleogeografiyasi (Oqchadaryo havzasi va Quyi Zarafshon vodiysi materiallari asosida), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tar2218.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sheripov Umarbek Atajanovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxit Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Satimov Bahodir Mengliboy o‘g‘li, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Janubiy Oqchadaryo va Quyi Zarafshon vodiysi neolit davri va bronza asri paleogeorafiyasini yoritish belgilab olingan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Geologik jarayonlar natijasida tarkib topgan Janubiy Oqchadaryo havzasi, unga geologik jihatidan ulanib ketgan Quyi Zarafshon vodiysi geografik holati, umumjihatlari, o‘ziga xos xususiyatlari oydinlashtirildi;
Amudaryoni Oqchadaryo havzasi hamda Quyi Zarafshon vodiysi hududlarini sernam va serunum tekisligida yog‘och ustunli turarjoylarda istiqomat qilgan neolit davri aholisining moddiy va ma’naviy madaniyati tarixiy ma’lumotlar asosida tahlil qilindi;
eneolit va bronza davri paleogeografiyasi sharoitida aholi ta’siri natijasida xo‘jalik-madaniy tiplarning vujudga kelishi, shakllanish va rivojlanish bosqichlari aniqlashtirildi;
Janubiy Oqchadaryo va Quyi Zarafshon vodiysi paleogeografiyasi tarixiga oid tadqiqot yaratildi haamda tosh asri mobaynida ikki tabiiy-iqtisodiy hududning geografik manzarasida yuz bergan o‘zgarishlar tahlil qilindi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekistonning ibtidoiy jamoa tuzumi davri paleogeografiyasi (Oqchadaryo havzasi va Quyi Zarafshon vodiysi materiallari asosida)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishidagi ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Dissertatsiyada ilgari surilgan Amudaryoni Oqchadaryo havzasi hamda Quyi Zarafshon vodiysi hududlarini sernam va serunum tekisligida yog‘och ustunli turar-joylarda istiqomat qilgan neolit davri aholisining moddiy va ma’naviy madaniyati tarixiy ma’lumotlar asosida taxlil qilinganligi bo‘yicha xulosalardan Qurolli Kuchlar Davlat muzeyi ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 2026-yil 28-fevralda 10/505-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekistonning ibtidoiy jamoa tuzumi davri poleogeografiyasi davri xronologik doirasidagi tarixi, manbalar taxlili, tarixiy geografiya, me’morchilik va binokorlik usullari, madaniyat va etnik jarayonlar mazmunini muzey tashrifchilari uchun ochib berishga xizmat qilmoqda;
Geologik jarayonlar natijasida tarkib topgan Janubiy Oqchadaryo havzasi, unga geologik jihatidan ulanib ketgan Quyi Zarafshon vodiysi geografik holati, umumjihatlari, o‘ziga hos hususiyatlari oydinlashtirildi tashkil qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 2026-yil 28-fevraldagi 10/505-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilimlarni boyitishga va madaniy merosni targ‘ib qilishga imkon beradi;
eneolit va bronza davri paleogeografiyasi sharoitida aholi ta’siri natijasida xo‘jalik-madaniy tiplarning vujudga kelishi, shakllanish va rivojlanish bosqichlari aniqlashtirilganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosadan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi senariylari ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokomponiyasi” “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 29-may 15-33/374-son ma’lumotnomasi) Tadqiqot natijalari ilmiy jamoachilikka, keng teletomoshabinlarga Janubiy Oqchadaryo va Quyi Zarafshon vodiysi aholisini geografiya xolatiga bo‘lgan munosabati borasida manaviyatida atrof - muhitni asrash, uni yashil ekologik maydon kabi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
Janubiy Oqchadaryo va Quyi Zarafshon vodiysi paleogeografiyasi tarixiga oid tadqiqot yaratildi hamda tosh asri mobaynida ikki tabiiy-iqtisodiy hududning geografik manzarasi yuz bergan o‘zgarishlar taxliliy xulosadan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Afsona va haqiqat” ko‘rsatuvi senariylari ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokomponiyasi” “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 29-may 15-33/374-son ma’lumotnomasi) Ko‘rsatuvda namoyish etilgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarning qadimgi O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.